Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣TAʼLIMGA EʼTIBOR-KELAJAKKA EʼTIBOR

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qoshidagi doimiy komissiyalarining navbatdagi qoʻshma yigʻilishida Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati, shuningdek 2022-2023 oʻquv yilining 7 ta koʻrsatkichi boʻyicha erishilgan ijobiy va salbiy natijalari tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi.

Yigʻilishda sohaning rahbar va mutasaddi xodimlari, masalaga aloqador maktab direktorlari ishtirok etishdi. Qoʻshma yigʻilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar prokuraturasi hamda IIV Akademiyasi tomonidan, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari va ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar markazi” binosida kengaytirilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida sportning "GIMNASTRADA" turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

Termiz shahridagi "Gimnastika bolalar sport maktabi" da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning "Gimnastrada" turi bo'yicha 4 ta sektorlardagi jamoalar o'rtasida Termiz shahar birinchiligi uchun musobaqalarning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bellashuvni Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig'i Bekzod Saidqulovich ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ushbu musobaqada 40 nafar 14-30 yosh toifasida o'g'il-qizlar o'zlarining ajoyib chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

✏️Bellashuv natijalari:

🥇1-o'rin 1-sektor jamosi
🥈2-o'rin 3-sektor jamosi
🥉3-o'rin 2-sektor jamosi

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining taʼlim sifati koʻrsatkichlari muhokama qilindi.

Bugun Termiz shahar hokimligining faollar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasi oʻtkazilib, sessiyada deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari va shahar hokimining masʼul oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

Sessiyada umumiy oʻrta taʼlim maktablarining taʼlim sifati koʻrsatkichlari muhokama qilinib, erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi hamda taʼlim muassassalari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Bugungi boʻlib oʻtgan sessiyaning tegishli qaroriga muvofiq, Termiz shahridagi eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 3-,9-,12-sonli maktab direktorlarini bir oylik ish haqi miqdorida hokimlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish belgilangan boʻlsa, aksincha taʼlim sifati boʻyicha eng past koʻrsatkichlarni qayd etgan Termiz shahridagi 5-,24-,25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbarlarining hisobotlari tinglanib, 5-sonli hamda 24-sonli umumtaʼlim maktablarining faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining 67 sessiyasi yakunida taʼlim muassasalarida kamchiliklarni bartaraf etish va pedagogik jamoaning masʼuliyatini oshirish, taʼlim sifatini va kadrlar salohiyatini hamda muhim koʻrsatkichlar boʻyicha natijalarni yaxshilash boʻyicha masʼul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM