Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Oʻzbek tili bayrami umumxalq sayliga marhamat!

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz toʻrt yilligi va “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan ertaga, 21-oktabr kuni Termiz shahrida “Oʻzbek tili oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida umumxalq sayli oʻtkaziladi.

Saylda vohamizning taniqli sanʼatkorlari va folklor jamoalarining chiqishlari hamda kitoblar, hunarmandchilik mahsulotlari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

🗺Manzil: Termiz shahri, Sanʼat saroyi hududi.

Vohamiz ahli va mehmonlarini umumxalq sayliga taklif etamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣TAʼLIMGA EʼTIBOR-KELAJAKKA EʼTIBOR

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qoshidagi doimiy komissiyalarining navbatdagi qoʻshma yigʻilishida Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati, shuningdek 2022-2023 oʻquv yilining 7 ta koʻrsatkichi boʻyicha erishilgan ijobiy va salbiy natijalari tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi.

Yigʻilishda sohaning rahbar va mutasaddi xodimlari, masalaga aloqador maktab direktorlari ishtirok etishdi. Qoʻshma yigʻilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar prokuraturasi hamda IIV Akademiyasi tomonidan, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari va ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar markazi” binosida kengaytirilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida sportning "GIMNASTRADA" turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

Termiz shahridagi "Gimnastika bolalar sport maktabi" da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning "Gimnastrada" turi bo'yicha 4 ta sektorlardagi jamoalar o'rtasida Termiz shahar birinchiligi uchun musobaqalarning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bellashuvni Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig'i Bekzod Saidqulovich ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ushbu musobaqada 40 nafar 14-30 yosh toifasida o'g'il-qizlar o'zlarining ajoyib chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

✏️Bellashuv natijalari:

🥇1-o'rin 1-sektor jamosi
🥈2-o'rin 3-sektor jamosi
🥉3-o'rin 2-sektor jamosi

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM