⏺Maktabgacha ta'lim agentligi bilan hamkorlikda UNICEF xalqaro tashkiloti Yevropa ittifoqining ko'magi asosida ta'lim sohasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo'lmagan jamoalar uchun
Termiz shahridagi 9-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etilgan ko'p tilli innovatsion, inklyuziv muqobil guruhning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.
⏺Tadbir avvalida loyihaning maqsadi va undan ko'zlangan natijalar borasida maʼlumotlar berildi. So'ngra, yaqinlashib kelayotgan
21-oktabr "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidan so'zlovchi
bayram kechasi o'tkazildi. ⏺Tadbirda maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib raqslar va ona tilimizni madh etuvchi kuy-u qo'shiqlar, she'riy chiqishlar barchaga ko'tarinki ruh bag'ishladi.
🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh