Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Ijtimoiy masalalar doimo e`tibor markazida

Termiz shahriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori Olloyorov Mansurbek Polvonovich boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan bir qator manzillarda ijtimoiy masalalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

Jumladan, 335 nafar koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga "Brayl" alifbosidagi qo'llanmalar bilan, kitobxonlikni keng targ'ib etib kelayotgan Termiz shahridagi viloyat koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyati bilan tanishildi.

“Alpomish” mahallasidagi migratsiya doirasida ishga ketganlar hamda qaytganlar, mehr operatsiyasidan qaytganlar, odam savdosi qurbonlariga alohida e'tibor bilan psixiologik konsultatsiyalar berib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish bilan shug'ullanib kelayotgan “Barqaror hayot xalqaro ijtimoiy maʼrifat markazi” faoliyati bilan tanishildi.

21 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga kasb-hunar o'rgatib kelayotgan “Shodlik” mahallasidagi Surxondaryo viloyati “Nogironligi boʻlgan shaxslarni himoya qilish” nodavlat-notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.

Qolaversa, Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Termiz shahridagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi hamda “Maʼrifat” mahallasida inspektor psixolog bilan IPXMga yoʻnaltirish jarayonlari, Termiz shahar "Ijtimoiy psixologik xizmat koʻrsatish" markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi va o'rganishlar natijasida yanada ish kesimining rivoji uchun xodimlarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryodagi qator bogʻchalarda koʻp tilli muqobil guruhlar ochildi

Xabar berilganidek, ayni kunlarda BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchixonasi qoʻshma delegatsiyasi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Maktabgacha taʼlim agentligi bilan hamkorlikda UNICEF xalqaro tashkiloti va Yevropa ittifoqi koʻmagi asosida taʼlim sohasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati boʻlmagan jamoalar uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat bogʻchalarida oʻnta koʻp tilli innovatsion, inklyuziv muqobil guruhlari ish boshladi.

Xususan, Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur guruhlarning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda qoʻshma delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etib, loyihaning maqsadi va undan koʻzlangan natijalar borasida maʼlumot berishdi.

Ushbu bogʻchada ish boshlagan koʻp tilli muqobil guruhlarga yordamga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari hamda viloyatda yashovchi afgʻon bolalari qamrab olinadi.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasi va Yevropa Ittifoqi elchixonasi qoʻshma delegatsiyasi Termiz shahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlishdi. Mazkur maktab afgʻonistonlik talabalar va mahalliy aholi farzandlari uchun darslarni oʻzlashtirish va ijtimoiy-emotsional qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshiruvchi maktab sifatida tanlab olingan.

Qoʻshma delegatsiya aʼzolari hamda soha mutasaddilari tomonidan “Inklyuziv taʼlim” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Afgʻon bolalarini oʻqitishdagi mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan afgʻon bolalari va ularning ota-onalari bilan taʼlim jarayonlari xususida suhbat qilindi.

Maʼlumot uchun, loyiha doirasida maktabga bormaydigan bolalarga taʼlim tizimi xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratilib, dasturda asosiy eʼtibor ijtimoiy-emotsional taʼlim berish va inklyuziyaga qaratilgan. Natijada hozirgi kunda 210 nafar afgʻonistonlik bolalar Termiz shahridagi maktablarning qoʻshimcha darslarida ishtirok etishmoqda.

🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM