Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.5K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Prezident topshirig'i Termiz shahrida amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kuni kecha turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini toʻliq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Yigʻilish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.

Shuningdek, yurtimizda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha, “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinib, respublikamiz boʻylab mavsum davomida 85 million tup koʻchat ekilishi rejalashtirildi.

Ushbu yigʻilishda berilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Termiz shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamli ishlar jadal sur'atlarda boshlab yuborildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Arxitektura va qurilish texnikumining oʻquvchilari bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Viloyat hokimi U.B.Qosimov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Termiz shahar hokimi Oʻ.Toʻrayev tadbirkor “Termiz tezkor qurilish” ITQK rahbari H.Allamurodov bilan birgalikda Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qurilish texnikumida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv ustaxonasi faoliyati va oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish jarayonlari bilan tanishilib, texnikum oʻquvchilari va oʻqituvchilari bilan samimiy muloqot qilindi hamda oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv soʻngida “Termiz tezkor qurilish” ITQK rahbari H.Allamurodov, Arxitektura va qurilish texnikumi direktori Oʻ.Omonov va texnikumning oʻquvchilari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanib, oʻquvchilarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, ularning amaliyot oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va bitirgandan soʻng ishga qabul qilish hamda doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi muhim masalalar kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozimki, ushbu texnikumda bugungi kunda 6 ta kasb boʻyicha 202 nafar oʻquvchilarga 18 nafar ishlab chiqarish taʼlim ustalari va pedagog xodimlar kasb-hunar oʻrgatib kelishmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM