Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Viloyat rahbari U.Qosimov, shahar hokimi O'.To'rayev, hokim o'rinbosarlari Termiz shahrining “Shodlik” mahallasida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish komissiyasi yigʻilishida ishtirok etdi. Mutasaddilarning suhbatidan soʻng 2 ta oila yarashtirildi. Masʼullarga ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
📢Hurmatli surxondaryoliklar!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining telegram messenjerdagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling. Unda vohamiz hayotiga oid eng soʻnggi xabar va yangiliklar, viloyatdagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyatiga oid materiallar eʼlon qilib boriladi.

Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga quyidagi havola orqali aʼzo boʻlishingiz mumkin:

➡️https://t.me/AOKA_Surxondaryo

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

✈️Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumki, mamlakatimiz rahbarining joriy yil 13-mart kuni viloyatimizga tashrifi chogʻidagi topshirigʻiga koʻra, maktablarda oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasida otalarning oʻrnini oshirish maqsadida “Otalar yigʻilishi”, “Otalar qabul kunlari” kabi amaliyotlar hayotga tatbiq etilib, Surxondaryo tajribasi sifatida respublika boʻylab ommalashtirilgan edi.

Kuni kechaTermiz muhandislik texnologiya institutida ota-onalar kongressi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda viloyat hokimining òrinbosari I.Saparov, Termiz shahar hokimining òrinbosari K.Ashurov hamda "Nuroniy" jamg'armasi Termiz shahar bo'limi raisi T.Berdiyev va keng jamoatchilik faollari, ota-onalar ishtirok etdi.

Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarining hayotiy tajribalari to'g'risida so'zlab, hozirgi vaqtda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish to'g'risida to'xtalib o'tishdi. Shu bilan birga farzand tarbiyasida otalarning o'rni ahamiyatli ekanligi to'grisida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir guruh faol nuroniylar taqdirlandi.

Kuni kecha Termiz shahar 26-umumta'lim maktabida shahar hokimi O'. To'rayev, “Yuksalish umummilliy harakati” viloyat bo'linmasi rahbari G.Amirova, "Nuroniy" jamg'armasi Termiz shahar bo'limi raisi T.Berdiyev, keng jamoatchilik faollari, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ishtirokida "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-sonli qarori 5-bandiga asosan nuroniylarni jamiyat hayotiga yanada faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o'rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ'ib qilish va ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etayotgan keksalar "Bir nuroniy 10 nafar yoshga mas'ul" tamoyili asosida Termiz shahridagi 37 ta mahalla fuqarolar yig'inlaridan muammolari mavjud, uyushmagan yoshlarga biriktirilgan, 37 nafar "Keksalar maslahati guruhi" raislari Termiz shahar hokimi O'.To'rayev tomonidan rag'batlantirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

✈️Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari nimalardan iborat boʻladi?

mahalla raisi — ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;

hokim yordamchisi — ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;

yoshlar yetakchisi — yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;

xotin-qizlar faoli — ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

soliq xodimi — mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;

ijtimoiy xodim — yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanishi lozim.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦅Surxondaryo – taʼrifi xamsaga sigʻmaydigan gavhar, tariximizning bebaho ziynati, ishonch va irodaning mustahkam qoʻrgʻoni.

🦅Surxondaryo – bir-biridan goʻzal manzilgohlari, qadamjolari bisyor, maftunkor tabiat va betakror qadriyatlarga ega voha.

🗣Keling, koʻring, zavq oling. Bundan oladigan taassurotlaringiz arzirli va koʻngilga xush yoquvchi boʻlajak!

🗣Biz Sizni Surxondaryoda kutamiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟡Termiz shahridagi 16 ta mahalla isteʼmolchilarining tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida, “Qoraqir” AGRSdan kesimi D-219 mm boʻlgan 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmogʻini tortish ishlari davom etmoqda.

Hozirda Surxon daryosidan quvurlarni tortib oʻtkazish va himoyalash ishlari olib borilmoqda. Loyiha yakunida 10 mingga yaqin aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM