Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahrida oʻz hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bagʻishlagan "O'qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlandi

Termiz shahridagi “Best” restoranida
1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni"ga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda shahrimizdagi taʼlim muassasalari mutasaddilari, eng ilgʻor va faol oʻqituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustozlar ishtirok etdi.

Karnay-surnay sadolari ostida, ishtirokchilar chehralarida chinakam bayramona kayfiyat bilan fayzli boshlangan tantanali marosimda shahar hokimi Oʻktam Toʻrayev o'qituvchi va murabbiylarni oliyjanob va mas'ulyatli faoliyatlariga kuch-g'ayrat, yutuq va omadlar, xonadonlariga esa baxtu saodat, fayzu baraka tilagan holda umumxalq bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga shahar hokimining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tashkil etilgan qiziqarli konsert dasturida sahnalashtirilgan chiqishlar barchaga a'lo kayfiyat bag'ishlab, elimiz suygan sanʼatkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlar barchani raqsga chorladi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida oʻz hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bagʻishlagan "O'qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlandi

Taʼlim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir.

Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bogʻliq” degan soʻzlari o'qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatlariga berilgan yuksak bahodir!

Eng goʻzal soʻzlar, ezgu tilaklar ila barchamizning kamol topishimiz, jamiyatda munosib oʻrin egallashimizda bor bilim va tajribasini, qalb haroratini baxsh etib kelayotgan mehridaryo ustozlarimizga chin yurakdan minnatdorlik bildiramiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh