Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.4K photos
4.76K videos
70 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Термиз шаҳри ва Термиз туманида топшириқлар ижроси ўрганилди

Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов масъуллар билан бирга Термиз шаҳри ва Термиз туманидаги автомобиль йўллари ва кўчалар бўйлаб ободонлаштириш, кўп қаватли уйларни таъмирлаш ишларининг бориши, яшил ҳудудларни кенгайтириш ва гул кўчатлари экиш жараёнлари билан танишди.

Шунингдек, Термиз шаҳри маҳаллаларида ҳамда Ибн Сино, Истиқлол, Баркамол авлод, Ислом Каримов, Алишер Навоий кўчаларида инфратузилмани яхшилаш, йўллар ва йўлакларни таъмирлаш, маҳалла гузари, болалар майдончалари қуриш ишлари кўздан кечирилди.

Термиз шаҳри ва Термиз тумани ҳокимлари олиб борилаётган ишлар ва берилган топшириқлар ижроси юзасидан манзилларда ахборот беришди. Мутасаддиларга йўлбўйи инфратузилмасини яхшилаш, ҳудудларни ободонлаштириш бўйича янги вазифалар белгилаб берилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
АҚШда амалий ташриф билан бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни ҳамюртларимиз кўтаринки руҳда кутиб олди, ўзбекона таом — ош ҳам ташкиллаштирилди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod boʻldi” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari o‘z nutqida oʻzbek paxtasiga boykotlar eʼlon qilingani, mamlakat esa yillar davomida “qora roʻyxat”larga kiritilganini esladi.

“Yangi Konstitutsiyamizda majburiy mehnat taqiqlanishi kafolatlab qoʻyildi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni butun dunyo miqyosida kuchaytirish zarur, deb hisoblayman. Bizning tajribamiz shuni koʻrsatmoqdaki, bunga chek qoʻyish imkoni bor”, — dedi prezident.


🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: “Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”

Davlat rahbariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligi – mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan eng muhim shartga aylanmoqda.

“Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy oʻziga xoslikni anglash tuygʻusi birlashtirmoqda va bu tuygʻu tobora kuchayib bormoqda. Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas!”, — dedi prezident.


🇺🇿Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh