Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.87K subscribers
38.4K photos
4.99K videos
73 files
12.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termizda “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi

Bugun, 14 iyun kuni Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Surxondaryo viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida konferensiya oʻtkazildi.

Viloyatimizda bugun “Ayol - jamiyat koʻzgusi” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida oʻtkazilgan konferensiyada Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Rahima Mirxoliqova, Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Zulxumor Xidirova, Oʻzbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, olima ayollar hamda liboslar boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiyada kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va buguni, mavjud muammo va kamchiliklar boʻyicha fikr almashildi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube  | Facebook| Web-site
👍61
Термиз шаҳридаги 5 та маҳаллада топшириқлар ижроси ўрганилди

Вилоят раҳбари Термиз шаҳрининг "Нурли келажак", "Мехробод", "Янги Ўзбекистон", "Соҳил" ва "Алпомиш" маҳалларида олиб борилаётган ишлар ва белгилаб берилган топшириқлар ижросини ўрганди.

Шаҳар маҳаллаларида топшириққа мувофиқ кўп қаватли уйлар атрофини ободонлаштириш, фасад қисмини бўяш, болалар майдончаларини таъмирлаш, йўлбўйи инфратузилмасини яхшилаш, яшил ҳудудлар ташкил этиш, ичимлик ва оқова сув тармоқлари тортиш ҳамда пиёдалар йўлаклари барпо этиш ишлари олиб борилмоқда.

Вилоят раҳбари олиб борилаётган ишлар билан танишиб, мутасаддиларга мавжуд камчиликларни кўрсатиб ўтди ҳамда ҳар бир манзил бўйича келгусидаги вазифалар белгилаб берилди.

Термиз шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Каналга уланиш: https://t.me/termizshh
Telegram YouTube  | Facebook| Web-site
👍5
Joriy yilning 11-aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida turli ijtimoiy toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish borasida bir qator yangi tashabbuslar ilgari surilgandi.

Termiz shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev o‘ziga biriktirilgan hudud - "Manguzar", "Bog'ishamol", "Gulira’no" va “Guliston” mahallasida yashovchi jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar xonadonida bo‘lib, ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, muammolarini yaqindan o‘rganligi haqida xabar bergan edik.

Termiz shahar hokimi ushbu jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashib, ular tomonidan so'ralgan 3 ta tikuv mashinkalari va elektron nogironlar aravachalarini topshirdi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram YouTube  | Facebook| Web-site
👍4