Shaxzodning sahifasi
335 subscribers
285 photos
24 videos
20 files
213 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Young Leaders Development Progam - 10-Avlod!

Yuqoridagi omadsizliklarimga hozir shukr qilaman. Chunki ulardan afzal ishda, mashğulotlardaman hozir. Yaxshiyamki, ösha payt meni rad etishgan ekan, - deyman ba'zida. Xullas, YLDPga kelsak, bundan keyin kanalda #yldp , #UzTEA , #MahoratManagement ruknlari ostida turkum xabarlar qöyib boriladi. Demak, YLDP haqida qisqacha ma'lumot bersam:

YLDP is a youth-led community aiming at equipping youth with necessary knowledge, skills and resources for self-growth.


10-fevral kuni Mahorat&Management ofisida YLDP 10-avlod ishtirokchilari hamda dastur tashkilotchi, murabbiylari bilan ilk uchrashuv bölib ötdi. Guruhlarga bölindik, murabbiylar bilan, ularning ilmiy va kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari bilan tanishdik. Asosiy ma'ruzachi Mirjalol aka böldi. Dastur taqdimotidan söng, har birimiz 1 daqiqalik tanishtiruv nutqi qilishimiz kerak edi. Lekin tanishtiruv 1 daqiqaga bormasdan tugadi (balkim ilk marta uchrashganimiz uchun hayajon, uyalish bölgandir). Shunga qaramay, ishtirokchilar anchayin iste'dodli, salohiyatli ekanligi sezilib turardi. Buning sababi kuchli raqobat natijasida saralanganligida deb öylayman.

Murabbiylarga kelsak, moliya, ta'lim, axborot texnologiyalari, boshqaruv (management), atrof-muhit sohasidagi yetakchi mutaxasislardan tarkib topgan jamoa ekan. Masalan,

- Feruza Rashidova ta'lim sohasida,
- Xudoynazar Qurbonov moliyada,
- Farhod Furqatov Axborot Texnologiyalari (IT)da,
- Sadoqat Kaziyeva dizaynda,
- Temur Ahmedov ekologiyada,
- Mirjalol Mirsobitov ta'lim va boshqaruv (management)da ixtisoslashganlar.

Men ta'lim va moliya sohasida tajribamni oshirmoqchiman. Ustiga ustak, kasb yönalishim ham shu sohalarga yaqinroq. Shu sababli ushbu ikkala sohani amaliyotim uchun tanladim. Amaliyot davomida böladigan mashğulotlar, yangiliklar, örgangan bilim va könikmalarim bilan sizlarni xabardor qilib boraman.

@shmirzayevofficialblog
🏆3👍2😱1🆒1