Shaxzodning sahifasi
342 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Va nihoyat, Fargʻona boʻylab sayohatimiz itmomiga yetdi, doʻstlar.

Safar asnosida quyidagi manzillarda boʻldim:

1. Xonlik Oʻrdasi
2. Dasturxonchi Madrasasi
3. Norbötabiy Madrasasi (Madrasai Mir)
4. Modari Xon Maqbarasi Majmuasi
5. Daxmayi Shohon Maqbarasi Majmuasi
6. Qoʻqon Jome Masjidi
7. Hamza teatri
8. Miyon Hazrat (Ahad) madrasasi yoxud (Sohibzoda Hazrat madrasasi)
9. Muqimiy hujra-muzeyi

Bu mening Fargʻonaga ilk bor borishim edi. Rosti gap, mazza qildim. Sabablari:

Birinchidan, Fargʻonaning iqlimi, manzaralari, unga borishdagi dovon (перевал) chiroyli. Koʻchalari juda saranjom. Ichki yoʻllargacha asfalt yotqizilgan. Yoʻl chetida oʻsib yotgan yantoqlar, begona oʻtlarni koʻrmaysiz.

Ikkinchidan, odamlari mehmondoʻstlikni qoyilmaqom qilisharkan. Har ikki gapida ikkilanmay "biz tomonga oʻting, mehmon qilaman" deb baralla aytishadi. Mabodo Surxonga kimdir mehmon boʻlib kelsa, shaxsan men "mehmon qilaman", - deyishim uchun obdon oʻylasam kerak. 😂

#sayohat

@shmirzayevofficialblog
Shaxzodning sahifasi
Va nihoyat, Fargʻona boʻylab sayohatimiz itmomiga yetdi, doʻstlar. Safar asnosida quyidagi manzillarda boʻldim: 1. Xonlik Oʻrdasi 2. Dasturxonchi Madrasasi 3. Norbötabiy Madrasasi (Madrasai Mir) 4. Modari Xon Maqbarasi Majmuasi 5. Daxmayi Shohon…
#sayohat

...davomi

Uchinchidan,
choyxonalari yoqdi. Dizaynini qoyillatishibdi. Xuddi xonliklar davriga tushgandek boʻldim. Sopoldan yasalgan buyumlar bilan atrofni bezatishgan ekan.

Yana bir jihati, shevasiga mazza qildim😅😅😂 bir ikkitasini keltiraman: xopomen omalekin, shobodalatippo'yipti, monov, v.h.klar. Surxondaryoga kelishsa ular ham boshqa olamga tushib qolsa kerak, sheva va madaniyat tafovutini koʻrib.

Oxir kalom, siqilgan paytlaringizda sayohat qilib turing, faqat esi-hushingiz uyoqdan buyoqqa daydish ham boʻlmasin😅. Muvozanatni ushlash ham yaxshi fazilat.

Hammaga xayrli tun!😴

@shmirzayevofficialblog