Shaxzodning sahifasi
332 subscribers
284 photos
24 videos
20 files
213 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Alvido Vatan...

Bu hafta A'zam Hoshimiyning qalamiga mansub "Alvido Vatan" kitobini oʻqib tugatdim. Asar muallifning boshidan kechirganlarini hikoyasidan iborat. Markaziy Osiyoning ruslar istibdodiga qarshi kurashgani va yengilganini alam bilan yoritib berilgan. Vatandan, ota-onadan, dindan ajralish, xoinlikka guvoh boʻlish va sotqinlik haqida gaplar yozilgan. Tavsiya qilishimga hojat yoʻq, allaqachon mashhur boʻlib ulgurgan. Lekin shunda ham yana bir bor bu kitobni oʻqishingizni istardim.

Go’zal Turkiston senga ne bo’ldi?
Sahar vaqtida gullaring so’ldi,
Chamanlar barbod qushlar ham faryod
Hammasi mahzun bo’lmas mi dilshod?


(Abdulhamid Choʻlpon)

#mutoola_vaqti

@shmirzayevofficialblog
👍3