Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Gulga koʻp suv berilsa, chiriydi. Insonga ham ortiqcha eʼtibor berilsa quturarkan.

#hikmat
Do‘st tutinmoq bayoni haqida

Bilgil, ey farzandi arjumandim, inson modomiki tirik ekan, do‘stlardan qochmaydi. Chunki do‘stsiz bo‘lgandan ko‘ra, aka-ukasiz bo‘lgan afzaldir, derlar. Darhaqiqat, bir donishmanddan: “Aka-uka yaxshimi yoki do‘stmi?”, - deya so‘ralganida, Donishmand javoban: “Aka-ukaning ham do‘st bo‘lgani yaxshi” debdi.

Shunday ekan, do‘stlik rishtalarini qanday asrash haqida o‘yla. Do‘stga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgan. Chunki kim o‘z do‘stlarining ishi bilan qiziqsa, do‘stlari ham uning ishiga qiziqadi. Agar u parvo qilmasa, do‘stlar ham parvo qilmaydi. Binobarin, do‘stining ishiga befarq bo‘lgan odamga hech kim do‘st bo‘lmaydi.
So‘ngra har vaqt do‘st orttirishni odat qilki, do‘stlaring ko‘p bo‘lsin. Chunki ko‘p do‘stlar orasida insonning ayblari yashiriladi, mahorati, fazilati oshkor bo‘ladi. Ammo yangi do‘st topganingda eski do‘stlaringdan zinhor yuz o‘girma.

Sen bilan do‘stligi chala-yarim, xo‘jako‘rsinga bo‘lgan do‘stdan saqlan. Agar shunday do‘stligi yo‘q odamlarga duch kelsang, ularga yuzaki do‘stlik ko‘rsat, doimo yaxshilik qil, ularning fe’l-atvoriga qarab ish tut. Yaxshi yoki yomon kunlaringda ularga hamroh bo‘l. Ular sendan yaxshilik ko‘rsalar, bu safar balki sen bilan chin dildan do‘st tutinar.

Kaykovusning "Qobusnoma"sidan

#hikmat #mutoola

@shmirzayevofficialblog