Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
284 photos
24 videos
20 files
215 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Assalomu alaykum, musulmon aka-ukalar, muslima opa-singillar!


Hammangizni kirib kelgan Ramazon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. Mana bir oy davomida kanalda postlar qoʻyilmadi. Boisi - shu bir oylik fursatni ibodatlarga, gunohlardan tiyilishga, nafsni jilovlashga, ilm olishga, avvalgidan koʻra fazilatliroq bandaga aylanishga bagʻishlash edi. Bir oy yomon odatlardan xalos boʻlish, yangi odatlarni kasb qilishga, Allohga qurbat hosil qilishga yetarlicha muddat boʻldi deb oʻylayman.

Tilaymanki, ushbu Ramazonda qilgan ibodatlarimiz qabul boʻlsin, tavbalarimiz sahih boʻlib, gunohlarimizni Alloh Taolo kechirsin, hastalar komil shifo, mazlumlar zulmdan panoh, qarzdorlar qarzlardan najot topsin, ilm talabida yurganlarni zehnlari ochilsin. Alloh yoʻldan adashganlarga oʻzi hidoyat nasib qilsin, hidoyatiga yurganlarni oʻzi asrasin. Kelgusi Ramazon oylarini bundan ham aʼlo saviyada oʻtkazishga muvaffaq qilsin.

Hammamizga yana bir bor Ramazon Hayiti muborak boʻlsin!


#ramazon #hayit

@shmirzayevofficialblog