Dasturlardan maqsad…
O‘tgan yil bu dasturga ariza topshirishning oxirgi kunida zo‘rg‘a ulgurganman, ammo arizam rad etilgan. Biroz xafa bo‘lganman o‘shanda. Orangizda “Bir oylik dasturga shunchami?”, - deydiganlar bo‘lishi mumkin. Sizga xursandchiligimning sababini tushuntirmoqchiman. Avvallari (universitetga kirganimdan keyin, pandemiya paytlari) men shunaqa konferensiyalar, dasturlarga sertifikat uchun qatnashar edim. Buni tabiiy hol deb bilaman, chunki u paytda tevarak atrofimdagi tengdoshlarim ham har kuni sertifikatlar olardi. Shundan rang olib, men ham “sertifikatxo‘rlik sindromi (hastaligi, vasvasasi)”ga mubtalo bo‘lganman.
Alhamdulillah, keyinroq anglab yetdimki, bunaqa sertifikatlarning bir tiyinlik foydasi yo‘q, biroq o‘sha dasturda ishtirok etayotgan iqtidorli, aqlli talabalar bilan do‘stona aloqalar (networking) o‘rnatish, ular bilan bilim va tajriba almashish menga ko‘proq asqotar ekan. Hozirgi sizga havola qilayotgan dasturga ham saralash bosqichi juda sermashaqqat bo‘lganligi uchun iqtidorli, salohiyati (potensiali) bor talabalar qabul qilinadi. Binobarin, Alloh qodir qilsa, ular bilan ham yangi-yangi loyihalar ustida ishlash, fikr almashish va aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘laman. Quyida dastur haqida ma’lumotlarni qoldiraman.
Sabringiz uchun tashakkur,
Shaxzod
#mushohada #shaxsiyrivojlanish #networking #accepted
Toshkand, O‘zbekiston
12:11
10-May, 2023