Shaxzodning sahifasi
Modari Xon Majmuasi
Navbatdagi manzil - Modari Xon Majmuasi 🕌
Navbatdagi manzil - Qöqon Jome Masjidi obidasi
Amir Umarxonning buyrugʻiga binoan, 1819-yilda qurib bitkazilgan.

Qo‘qon Jome masjidi katta hovlisiga ega. Masjid hovlisining gʻarbiy qismida tomi 98 ta ustun bilan mustahkamlangan katta ayvon, shuningdek, xonaqohlar joylashgan. Hovli markazida baland minora oʻrnatilgan boʻlib, minoraning tepasi mezana holiga keltirilgan. Mezana - muazzinlar azon aytadigan maxsus joy, azon tovushi barchaga eshitilishi uchun asosan minoralar tepasidan joy oladi.
Mahalliy xalqning aytishicha, 98 ustun va 1 minoraning ramziy maʼnosi boʻlib, bu ramziy maʼno Allohning 99 ismiga hamda ulardan eng asosiysi Alloh ismiga ishorat qiladi. Ana shunaqa, qadrdonlar!

Va nihoyat, Fargʻona boʻylab sayohatimiz itmomiga yetdi, doʻstlar.
Safar asnosida quyidagi manzillarda boʻldim:
1. Xonlik Oʻrdasi ✅
2. Dasturxonchi Madrasasi ✅
3. Norbötabiy Madrasasi (Madrasai Mir) ✅
4. Modari Xon Maqbarasi Majmuasi ✅
5. Daxmayi Shohon Maqbarasi Majmuasi ✅
6. Qoʻqon Jome Masjidi ✅
7. Hamza teatri ✅
8. Miyon Hazrat (Ahad) madrasasi yoxud (Sohibzoda Hazrat madrasasi) ✅
9. Muqimiy hujra-muzeyi ✅
Bu mening Fargʻonaga ilk bor borishim edi. Rosti gap, mazza qildim. Sabablari:
Birinchidan, Fargʻonaning iqlimi, manzaralari, unga borishdagi dovon (перевал) chiroyli. Koʻchalari juda saranjom. Ichki yoʻllargacha asfalt yotqizilgan. Yoʻl chetida oʻsib yotgan yantoqlar, begona oʻtlarni koʻrmaysiz.
Ikkinchidan, odamlari mehmondoʻstlikni qoyilmaqom qilisharkan. Har ikki gapida ikkilanmay "biz tomonga oʻting, mehmon qilaman" deb baralla aytishadi. Mabodo Surxonga kimdir mehmon boʻlib kelsa, shaxsan men "mehmon qilaman", - deyishim uchun obdon oʻylasam kerak. 😂
#sayohat
@shmirzayevofficialblog

Va nihoyat, Fargʻona boʻylab sayohatimiz itmomiga yetdi, doʻstlar. Safar asnosida quyidagi manzillarda boʻldim: 1. Xonlik Oʻrdasi ✅ 2. Dasturxonchi Madrasasi ✅ 3. Norbötabiy Madrasasi (Madrasai Mir) ✅ 4. Modari Xon Maqbarasi Majmuasi ✅ 5. Daxmayi Shohon…
#sayohat
...davomi
Uchinchidan, choyxonalari yoqdi. Dizaynini qoyillatishibdi. Xuddi xonliklar davriga tushgandek boʻldim. Sopoldan yasalgan buyumlar bilan atrofni bezatishgan ekan.
Yana bir jihati, shevasiga mazza qildim😅😅😂 bir ikkitasini keltiraman: xopomen omalekin, shobodalatippo'yipti, monov, v.h.klar. Surxondaryoga kelishsa ular ham boshqa olamga tushib qolsa kerak, sheva va madaniyat tafovutini koʻrib.
Oxir kalom, siqilgan paytlaringizda sayohat qilib turing, faqat esi-hushingiz uyoqdan buyoqqa daydish ham boʻlmasin😅. Muvozanatni ushlash ham yaxshi fazilat.
Hammaga xayrli tun!😴

Bugun bomdod o'qidingizmi? | To'liq
@audio_toplam
🎧 Bugun bomdod o'qidingizmi?
✍🏻 Rog'ib Sirjoniy
Qismlar:
00:00:00 - 1-qism
01:06:24 - 2-qism
02:06:08 - 3-qism
Audio kitob to'plam
✍🏻 Rog'ib Sirjoniy
Qismlar:
00:00:00 - 1-qism
01:06:24 - 2-qism
02:06:08 - 3-qism
Audio kitob to'plam