Shaxzodning sahifasi
334 subscribers
282 photos
24 videos
20 files
213 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Kanallar röyxati

Kecha izohlarda kimdir mendan kanalda grantlar, stipendiyalar, loyihalar haqida eʼlonlar berib borishimni söradi. Maʼlumki, bu vazifani aʼlo darajada bajarayotgan kanallar talaygina. Grantlarni qayta-qayta tarqatishning foydasi yöq, balki ularni (kanallar) sizlarga jamlab havolalarini shu yerda qoldirsam foydali böladi deya tushundim. Quyida ularni mazmunan yaqinligiga köra tasniflab, yiğib chiqdim.

Özbek tilida yuritiladigan kanallar:

• | @grantgouz

• | @grantxuz

• | @grantlar

• | @grantlar_namuna

Xorijliklar tashkil etgan kanallar:

• | @scholarshipscorner

• | @scholarships365

• | @BrightScholarship

• | @scholarshipsee

• | @scholarship

• | @opportunitiescircleofficial

• | @opcorners

• | @fullopportunities

Arab ölkalaridagi taʼlim haqidagi kanallar:

• | @arabiyyuz

• | @islomiyuniversitetlar

• | @MadinaUniversiteti

• | @eduarabia

• | @saudiya_universitetlari_ilmnur

Yana shunday takliflar bölsa, izohlarda bemalol qoldirishingiz mumkin!

#talabalarga_maslahatlar

Telegram | Instagram | Linkedin
👍2👏2😢1🎉1🏆1
2024-yil uchun ta'limdagi ustuvor vazifalar

Kecha 2024-yildagi Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Raqamlashtirish, Madaniyat va Sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shundan men professional va oliy ta’lim sohalaridagi vazifalar haqida yozmoqchiman. Belgilangan vazifalarga ko'ra:

Kasbiy ko‘nikmalarni belgilash va ularni baholash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Talab yuqori 100 ta kasb tanlanib, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlari ishlab chiqiladi. Oliygoh, texnikum va kollejlarda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish "Akademik" va "Ishchi kasb" ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi. Texnikumlarda ham "kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan "kreditlar" oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli "kredit" to‘plagan o‘quvchilar "2+2" yoki "2+3" dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Buni yozishimdan maqsad nima deb so'rasangiz, javob quyidagicha. Hozirda ko'pchilik (bir vaqtlar o'zim ham) davlatdan norozilik, chet elga ketish, adolatsizlik kabi fikrlar bilan yashayapti. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar va ularga bildirilgan izohlardan ham bilib olishimiz mumkin. Ayblash - eng oson ish. Lekin qilingan mehnatni e'tirof etish, aybni o'zlikdan qidirish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Yuqorida belgilangan vazifalarni kelasi yilgacha amalga oshirilishini nazorat qilib boring. Kerak bo'lsa, ro'yxatga aylantirib, har safar qaysi bir vazifa bajarilganda ustidan chizib qo'ying. Shunda va'dalar quruq va'daligicha qoldimi yoki bajarildimi ayon boladi. Jamoatchilik nazorati subyektlari sifatida davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishini nazorat qilishingiz mumkin. Balkim shundagina sizda joriy islohotlar, tashabbuslar va ertangi kunga ishonch hissi paydo bo'lar. Quruq nolish bilan hech narsa bo'lmaydi.

#soha_yangiliklari #talabalarga_maslahatlar

©️ @shmirzayevofficialblog
🔥4