Shaxzodning sahifasi
340 subscribers
284 photos
24 videos
20 files
215 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
🌞 Summer School of Law - "Modern Problems of Criminalistics"

📚 Program Description:

Petersburg State University invites bachelors, masters & graduate students, criminalistics scientists and everyone who is passionate about the modern achievements of criminal law! The program includes theoretical and practical aspects of the investigation of crimes of past years, master classes of forensic practitioners and a round table with leading specialists of St. Petersburg.

📅 Duration of training: 1 week;

🎓 Type of program: Advanced training;

🏛 Form of training: Full-time;

📜 Issued document: Certificate of advanced training of St. Petersburg State University;

💰 Cost of training: 5000 rubles;

📆 Training schedule: June 2024;

🗣 Language of instruction: Russian language;

🎓 What will the participant learn?

Participant learns the achievements of modern criminalistics, development trends in digitalization, the modern level and possibilities of expert research, didactic features of criminal law training.

🔍 According to the results of the training, the participant will be able to:
- Use forensic recommendations in law enforcement activities
- Plan and carry out up-to-date scientific criminalistic research
- Develop programs for teaching criminalistics;

📖 Content:

The program includes theoretical and practical problems of crime investigation, master classes, analysis of educational cases and a round table on the prevention of criminal suicides. Enrich your knowledge together with leading specialists of St. Petersburg in the field of forensics, psychology, psychiatry and sociology!

Telegram | Instagram | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo ila ololmaysan dunyoning qadrin,
Buyuklikning tarkibidir ilmning bari,
Har qadamda ilm olib amir bölasan,
Amirlikning izmidadir dunyoning bari.
Legal Language - A Hurdle to Justice

Each of us must have faced very complicated and tangled sentences in contracts, statements of claims, memorandums and in general in all legal documents. Why they are written in a terrible langugae style? For whom? Laws are written by professor. Probably, for professors. It's a joke, indeed!

We live during an age of civilisation. Laws have to be written for people. Nevertheless, all the legal framework is written by "professor" deputies in a language which it is difficult for lawyer to understand even. Seriously, if we put aside all legislation - how often deputies, that is legislative body, think and ask themselves at the end of the day: "So, who reads this law? Am I presenting this idea in a clear form or not?". I think that this aspect might be ignored.

So, for whom such difficullt language?

- For the client to read and get surprised that he/she does not understand anything? As for page 20 of the contract: "Yes, my lawyer knows the something precious. Though I do not give it so much money in vain".

- Or for the judge who after hours-long disputable court sessions is forced to stake on papers of the lawyer?

- Or to brag of eloquence of the language, making difficult expressions, to show off?

If you do not understand what you are reading for the fifth time, then the lawyer wrote it.

©️ Will Rogers


Telegram | Instagram | Linkedin
Hech qaysi tizim xavfdan xoli emas!

Bilamizki, dunyo miqyosida kiber hujumlar böyicha ruslar va hindlar yalovbardor hisoblanadi. Ötgan hafta bu shovvozlar yana bir hunar körsatishibdi. Odatda tizimlarga hujumlar tijoriy sirlar, shaxsiy ma'lumotlar, elchilik va siyosiy munosabatlardagi xat va yozishmalar kabi qimmatli axborotlarni öğirlash maqsadida uyushtiriladi. Bunisi qolgan holat(case)lardan tubdan farq qiladi.

Xabarlarga köra, bu hujum "Tun böroni" (Midnight Blizzard) hakerlar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan bölib, ularning asosiy maqsadi Microsoft kompaniyasi ular haqida nima bilishlari haqidagi axborotga qaratilgan. Lekin shaxsan men bu iddaoga shubha bilan qarayman.

Nega deysizmi? Faraz qiling: siz Rossiya Federatsiyasidek imperiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan haker guruhi sardorisiz va ushbu buyruqni bajarish uchun 2023-yil noyabr oyidan beri harakat qilib, ne azoblarda tizimni yorib kirdingiz. Shu paytda oddiygina özingiz haqingizdagi ma'lumotlar bilan qanoatlanmasangiz kerak, albatta. Microsoftga katta ziyon yetkazilgani aniq. Bu xulosaga kelishimning sababi shuki, Microsoft endi zudlik bilan joriy xavfsizlik chora-tadbirlarini Microsoftga tegishli eski tizimlar va ichki biznes jarayonlarga qöllashga majbur bölyapti. Va hattoki bu özgarishlar Microsoftning biznesiga katta zarar keltirsa ham. Buni tan olib Microsoft özi saytida e'lon qildi.

Bu hujumga javoban texnik tadbirlar bilan bir qatorda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tartibga solish organlari bilan ishlashni boshlashibdi. Aftidan, Microsoft ötgan yilgi dashnomlardan kerakli xulosani chiqarmagan körinadi.

Huquqshunoslik talabalariga savol:

Mazkur ishda kim, qayerga, qanday normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda murojaat qiladi? Microsoft zararni qanday qoplaydi? Vaziyatga huquqiy baho bering!

#soha_yangiliklari #kiber_huquq

Telegram | Instagram | Linkedin
#savol

Akademik Litsey "High School"ga tengmi?

ikkilanyapman.
Shaxzodning sahifasi pinned «Joriy yilda kanalimda ba'zi özgarishlar kiritmoqchiman. Töğri, bir xillik odamni zeriktiradi. Bundan tashqari, özim ham ilmiy va kasbiy jihatdan o'sishni, yangi narsalarni örganishni xohlayman. Ushbu sabablarni hisobga olgan holda, siz azizlarga bir qator…»
Bölarkan-u, shunaqa xabarlarni olish! Anchadan beri "rejection" olaverib, rejectionga örganib qolibman. Sizlarda nima gap?


@shmirzayevofficialblog
Night owls, what's up???
Xöööshshsh! Nimalar ekan?? Kimlarga shunday xat kelibdi? Biir yozinglarchi...👀

@shmirzayevofficialblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Journey through Data: My Experience with Silk Crusaders Data Literacy Program

21-noyabrda Webster Career Development kanali "Silk Crusaders Data Literacy" dasturi uchun arizalar ochilganligini eʼlon qildi. 11-dekabr kuni dasturga qabul qilinganim haqida xat oldim. Biz 16-dekabr kuni Google Meet yordamida birinchi onlayn uchrashuvimizni ötkazdik, u yerda men boshqa ishtirokchilar va ustozimiz bilan gaplashdik, tanishdik. Biz 26-yanvargacha Google Meet yordamida birgalikda Data Literacyni o‘rganishni davom ettirdik.

Dastur tufayli men ma'lumotlar bilan ishlash böyicha könikmalarga ega böldim. Axborotni qanday saralash, tozalash, undan kerakli xulosani chiqarish, tasvirga aylantirish haqida bilimlarga ega böldim. Albatta, besh haftada bir yumalab data scientist bölib qolmadim. Har xolda, kunlarim bekor ötmadi, miyam foydali bilim bilan mashğul böldi. Quyida besh haftalik mavzularni qoldiraman.

Week 1: Data in Industry:
- Data Lifecycle
- Data Analytics Lifecycle
- Analysis - Types of Analysis
- Data Classification
- Data Types
- Data Structures
- Data Sources
- Introduction to file types
- Data Privacy
- Privacy by Design

Week 2: Excel:
- Importing data with Excel
- Using filters, checking for data types, and referencing cells
- Checking for consistency and uniqueness
- Checking for accuracy and completeness
- Making a pivot table
- Aggregating data in Excel
- Measures of spread
- VLOOKUPS, HLOOKUPS, and XLOOKUPS
- Using INDEX MATCH
- Visualisations

Week 3: Database Fundamentals:
- Introduction to Databases
- Data Modeling
- Data Integrity
- Data Security

Week 4: SQL:
- Introduction to SQL
- Selecting Data
- Filtering Data
- Sorting Data
- Joining Tables
- Modifying Data
- Basic Database Design Principles

Week 5: Power BI Tools and Presentation:
- Joining data
- Working with dashboards
- Visualisation Tutorial
- Choosing the correct visual
- Incorporating privacy by design
- How our brains interpret data ?
- Intro to UX
- Principles of accessible design

Eslatma: Darslar ingliz tilida bölganligi sababli mavzular ham ingliz tilida berildi.

Telegram | Instagram | Linkedin
Kanallar röyxati

Kecha izohlarda kimdir mendan kanalda grantlar, stipendiyalar, loyihalar haqida eʼlonlar berib borishimni söradi. Maʼlumki, bu vazifani aʼlo darajada bajarayotgan kanallar talaygina. Grantlarni qayta-qayta tarqatishning foydasi yöq, balki ularni (kanallar) sizlarga jamlab havolalarini shu yerda qoldirsam foydali böladi deya tushundim. Quyida ularni mazmunan yaqinligiga köra tasniflab, yiğib chiqdim.

Özbek tilida yuritiladigan kanallar:

• | @grantgouz

• | @grantxuz

• | @grantlar

• | @grantlar_namuna

Xorijliklar tashkil etgan kanallar:

• | @scholarshipscorner

• | @scholarships365

• | @BrightScholarship

• | @scholarshipsee

• | @scholarship

• | @opportunitiescircleofficial

• | @opcorners

• | @fullopportunities

Arab ölkalaridagi taʼlim haqidagi kanallar:

• | @arabiyyuz

• | @islomiyuniversitetlar

• | @MadinaUniversiteti

• | @eduarabia

• | @saudiya_universitetlari_ilmnur

Yana shunday takliflar bölsa, izohlarda bemalol qoldirishingiz mumkin!

#talabalarga_maslahatlar

Telegram | Instagram | Linkedin
Forwarded from Muhammad Diyorning blogi
Tasavvur qiling. Milodiy 10-asrda yashayapsiz. Buxoroyi Sharif. Somoniylar hukmronligi oʻzining eng gullagan davri. Shahar yashnab yotibdi. Hayot qizgʻin.

Urf-odatlar, tutumlar, tafakkur va dunyoqarash bugungi zamondagisi bilan yer bilan osmoncha tafovutda. Islomdagi ilm olish tamoyili va Allohning yaratiqlarini oʻrganib, tadqiq etib, Uning buyukligiga iqror boʻlish umumiy tafakkurning asosiy va birlamchi qismini tashkil etadi.

Bir hunarmand farzandisiz. Uning sizni oʻqitishga, biror bir ulamo, faqih va yoki ilm ahli huzuriga shogirdlikka berishga, yoki bu yoʻlda safarga joʻnatishga yetgulik daromadi bor. Otangiz sizni ilm vakili boʻlishingizni, Alloh buyurgani yangligʻ diniy yoki dunyoviy demasdan, umringizni ilmga baxshida etishingizni chin dildan istaydi. Mahalla ichkarisida ko'rimsizgina uyingiz, kichikroq oʻlchamdagi hovlingiz bor.

Dunyoqarash, fikrlash va zehniyat shu darajadaki, toʻy uchun, uyni ta'mirlash uchun yoki boʻlsa ulov uchun umrining salmoqli qismini sarflab, koʻp yillar qadar pul yigʻib terish zamondosh va millatdoshlaringizning xayoli va aqliga sigʻadigan koʻyda emas. Ular bu haqida tasavvur ham qila olishmaydi. Oddiylik, samimiylik, dinga ixlos bilan yondashish, amal qilish, itoatda boʻlish, Ilmga, xalqning moddiy, ma'naviy va tafakkur ravnaqiga oʻzining arzimas boʻlsa-da, hissasini qoʻshishni istaydigan qoʻshnilaringiz, yurtdoshlaringizni koʻrganingiz zahoti, ichingizni bir tuygʻu qamrab olib, sizni qayerdan kelishidan qatʼi nazar haqiqatni izlashga, uni tadqiq etib, avlodlarga meros oʻlaroq qoldirishga, shogirdlarga ilm tahsil berib, oʻzingizdan kitoblar, tadqiqotlar, risolalar qoldirishga turtki berib turibdi. Motivatsiya va pozitiv undov sizni moddiyatning har qanday koʻrinishlari, pul, doʻstlar, yaxshi, barqaror hayotga intilishdan toʻsib turibdi.

Otangiz mablagʻ yigʻib ot sotib olib berdi sizga. Uzoqroq mahalladagi tanish va oʻrtogʻining qizini oʻzaro kelishuv asosida nikohingizga oldingiz. Ortiqcha dabdabasiz, hashamatsiz, isrofgarchilik va xarajatlarsiz bir kunlik nikoh toʻyi oʻtdi. Oilali boʻldingiz. Maqsadingiz tayin, ilm yoʻlida dunyo boʻylab safar qilmoqchisiz.
Ilm ortidan moddiyat topish, pul jamgʻarish, kattagina obroʻ va martabaga ega boʻlish siz uchun shu qadar yot orzu-istaklarki, ilmni yolgʻiz Alloh rizoligidan boshqa maqsadlar uchun egallashni xayolingizga ham keltira olmaysiz.

Shu koʻyi, oilangizni vatanda qoldirib bir necha yillik safarga chiqasiz. Koʻp yurtlarni koʻrasiz, minglab odamlar bilan muloqotda boʻlasiz, bisyor tillarni oʻrganasiz. Qator qiyinchilik va mashaqqatlar yoʻlingizga roʻbaroʻ boʻladi. Biroq, shu zaylda hayotingizda shu qadar oʻzgarishlar boʻy choʻzadiki, gʻarb-u sharqqa uyushtirilgan bir necha yillik sayohat sizni mutafakkir, faylasuf, tengi yoʻq donishmand darajasiga chiqaradi. Alloh bergan zehningiz, qiziqish doirangizning cheksizligi sizni bir inson oʻz hayotining maʼlum qismida egallay olishi mushkul boʻlgan ilm sohalari, yoʻnalishlarini deyarli mukammal oʻrganish darajasida, zamonda mavjud kitoblar va bilimlarni egallash darajasiga yetkazadi.

Sayohatingiz davomida oʻzingiz kabi fikrlaydigan, Alloh yoʻlida ilm safarini qilgan, turli fanlar, sohalar boʻyicha olimlik darajasiga yetgan bir qator doʻstlar, yaqin oshnolar orttirasiz. Yurtga qaytgach, safar davomida qoʻlga kiritgan bilimlarni imkon qadar yurtdoshlaringizga yetkazish ilinjida qoʻlingizga qalam olib kitoblar yozishga kirishasiz. Qo'ni-qo'shnilar, qarindoshlar va oilangiz koʻmagida mo'jazgina taʼlim dargohi - madrasa tashkil qilasiz.

Xalqning, millatning, muayyan din vakillarining fikrlash tarzi ayni boʻlgani bois, siz kabi oʻzingiz ado etgan ishlarni qilib yurgan yurtdoshlaringiz sonining adogʻiga yetib boʻlmaydi.

Kitob doʻkonlari, madrasalar, ilm dargohlari shu qadar koʻpki eng chekka qishloqlardan tortib, saroylarning ichkari qismiga qadar ularni uchratish mumkin. Hukmdorning, hokimlarning asosiy prioriteti - ilm. Ilm vakillariga yetarlicha sharoitlar bino etish, ularni jamiyat ichida nufuzini yuqori koʻtarish, maoshlarini oshirish - ularning birlamchi istak asosidagi vazifasi.
Kimlarga keldi? Izohlarda "+" qöyib yuboringlar
Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan uyushtiriladigan sud musobaqasiga e'lon berilgandi. Kecha uxlashdan oldin ariza topshirgandim. O'tibman.

Huquqshunoslik sohasi qiziq. Universitetda o'qigan paytlarim xalqaro va milliy sud musobaqalariga qatnashardik. Endi yana osha damlarni bir eslar ekanmiz-da.
Azizlar,

Men “Slovakiya tomonidan taqdim etiladigan Milliy Stipendiya Dasturiga ariza topshirish jarayonlari" mavzusida suhbat tashkil qilmoqchiman. Tafsilotlari quyidagicha:

📅 Sana: Shanba, 10-fevral, 2024-yil
🕒 Vaqt: Toshkent vaqti bilan 20:00
📍 Platforma: Zoom

📩 Zoom link uchun bu yerga bosing!

Ushbu e'lonni do'stlaringiz o'rtasida va ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'rish orqali ko'proq talabalarni xabardor qilishimizga hissa qoshishingiz mumkin. Keling, birgalikda talabalarga ariza topshirishda yordam beraylik!

Telegram | Instagram | Linkedin
Society cannot exist without law. People need rules to regulate relations between them and to end disputes.

#huquq_olamini_kashf_qilish
Ma'naviy zarar haqida (moral damage)

Sud da’vogarning ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talabini muhokama qilib quyidagi xulosaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga asosan ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.

O‘zbekiston Resublikasi Oliy sudi Plenumining 28.04.2000 yildagi 7- son qarorining 1-bandiga ko‘ra, sud jabrlanuvchiga jismoniy va ma’naviy azoblar yetkazilgani fakti nima bilan tasdiqlanishi, u qanday holatlarda va qanday harakatlar (harakatsizlik) bilan yetkazilganligi, zarar yetkazuvchining ayb darajasi, jabrlanuvchi qanday ma’naviy va jismoniy azoblar tortgani, uni qoplashni qanday miqdorda baholashi va nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashi zarur.

Sud da’vogar tomonidan ma’naviy zarar undirish talabiga nisbatan sudga tegishli dalillar taqdim qilishmaganligini va bunday dalillar mavjudligi sud majlislarida ham aniqlanmaganligini, qolaversa har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart ekanligi qonunda qa’tiy belgilanib qo‘yilganligini inobatga olib, da’vogarning ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo talabini qanoatlantirishni rad etishni lozim topdi.

©️ Sud qaroridan parcha

#huquq_olamini_kashf_qilish

@shmirzayevofficialblog