Shaxzodning sahifasi
341 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Great news for anyone interested in economics!

Free spots are now available for the 2023 XJTU Summer School Project designed by experienced faculty and outstanding professors, you'll have the opportunity to explore the fascinating worlds of microeconomics and macroeconomics through vivid explanations and interesting examples.

Students are welcome to register and join online!

Now, scan the QR code in the post and register first!

Registration Link

Duration: 10-19th July, 2023

After registration, the schedule will be sent to your email address. Don't miss this chance to deepen your understanding of economics and have fun while doing it!

© Copyright
Mish-mishlarga qaraganda, mana bu yozgi maktabga ariza topshirgan muhtaramlarga ijobiy javob kelayotgan emish! Sizlarda nima yangiliklar, qanday havodisotlar? Qabul qilingan boʻlsalaringiz izohda screenshotlar tashlangizchi!

@shmirzayevofficialblog
Vyyy yangi xabar kelibdi.
Bu qurumsoq ozarilarga samolyot chiptalarini ham koʻtaringlar deb yozgandim. Qarang-da bularning naqadar mumsik ekanligini! Bekorga Iplikçi Nedimbey ozarilar haqida gapirmagan ekan-da. 😅😅😂 Albatta, hazil))

© Copyright
Mana bugun Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan Chayon" romanini ham oʻqib tugatdim. Asarni yana oʻqigim kelyapti. Yozuvchi oʻzi yashagan vaziyatni mohirona usulda ochib bergan. Voqealar rivoji, shaxslarning tasviri oʻquvchini zeriktirib qoʻymaydi. Arabcha, forscha va turkiycha kalimalarning omixtalashib kelishi asarning badiiylik boʻyogʻini orttirgan. Baribir o’sha davrdagi ta’lim saviyasi kuchli bo’lgan. Anvar va Ra’noning payrov usulda gapirishlari, o’zaro she’rxonlik suhbatlari hamda yoshlikdan og’ir fanlarni o’zlashtirganlaridan bilishimiz mumkin. Anvarni qo’ya turib, Ra’noni olaylik: “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So’fi Olloyor”, “Maslaki Muttaqin”, “Navoiy asarlari, devoni”, Fuzuliy, Amiriy, Fazliy kabi chig’atoy-o’zbek kata shoirlari, forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil kabilarni o’zlashtirgan edi. Uncha-buncha abituriyentning belini sindirib yuboradigan asarlar bular. O’zimizni tevarak atrofimizdagilar bilan emas, mana shunday fenomenlar (favqulotda iste’dodlar) bilan taqqoslashimiz kerak.
OSCE Akademiyasidan Qirgʻizistonda 4 haftalik yozgi maktabiga ariza topshirdim. O'tgan yil rad etilgandim aynan shu dasturga. Ko'ramiz bu yil nima bo`larkin. Duo qilib turinglar, Qirg'izistonga ham bir aylanib kelaylik!
#Muhokama_qilmang chellenji

Professionallik sari kanalida ajoyib challenge bor ekan. Avvalo o'zimga, keyin sizlarga ulashay dedim. Xullas, bu musobaqaning so'zma-so'z ko'chirmasi quyidagicha:

Men 40 kun davomida,
– Birovni muhokama qilish;
– Keraksiz so'z gapirish;
– Botil so'zga kirishish;
– Gapda maydalashish;
– Fahsh, so'kish va achitib gapirish;
– Birovni mazah, masxara va istehzo qilish;
– Yolg'on gapirish;
– G'iybat va tuhmat qilish;
– Chaqimchilik qilish;
– Birovni gapini boshqaga tashish;
– Maddohlik (birovni noo'rin maqtash);
– Gapni diqqat bilan gapirmaslik;
– Noo'rin savol berish;
– Ilmsiz kishining ilmiy gapga aralashishi kabi ishlarni qilmasligim
kerak.
Agar tepada sanalgan birorta ishlardan bittasini bo'lsa ham sodir etilsa, 40 kunlik chellenj qaytadan boshlanadi. O'zingizni aldamang. Imom Gʻazzoliy rohimahullohning Til ofatlari va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning Ruhiy tarbiya kitobini oʻqing!
Alvido Vatan...

Bu hafta A'zam Hoshimiyning qalamiga mansub "Alvido Vatan" kitobini oʻqib tugatdim. Asar muallifning boshidan kechirganlarini hikoyasidan iborat. Markaziy Osiyoning ruslar istibdodiga qarshi kurashgani va yengilganini alam bilan yoritib berilgan. Vatandan, ota-onadan, dindan ajralish, xoinlikka guvoh boʻlish va sotqinlik haqida gaplar yozilgan. Tavsiya qilishimga hojat yoʻq, allaqachon mashhur boʻlib ulgurgan. Lekin shunda ham yana bir bor bu kitobni oʻqishingizni istardim.

Go’zal Turkiston senga ne bo’ldi?
Sahar vaqtida gullaring so’ldi,
Chamanlar barbod qushlar ham faryod
Hammasi mahzun bo’lmas mi dilshod?


(Abdulhamid Choʻlpon)

#mutoola_vaqti

@shmirzayevofficialblog
ЛЕКИН

АМЕРИКА СЕХРЛИ ДИЁР

Одамлар ажойиб, кулиб юради, юрган йулизда сизга комплимент килиб юради бир ниманг йокти деп. Кузиз кузизга тушса жилмаяди.

Хавоси жуда мазза, тоза, дарахтлар коп. Мошиналар чиройли.

Ёзда албатта озлари учун вакт ажратишади, оилавий бошка штатларга саёхат килишади. Океанларга боришади. Сабабсиз пикниклар килиб отиришади яшил жойларда болаларини ойнатиб.

Озларини хукукларини жуда яхши билишади копчилиги. Магазинлардаям military discount, local discount, nurse discount деп бирдан сораб койишади.

Одамлари бир-бирига озор бермиди, хеч кимни хеч нимаси билан иши йок, хамма озини хаётида яшайди, бурни хам ози билан.

Small talk лари бор буларни, магазинлардами кочада кетурасми бир йолда фарки йок гап бошлаб колади хар хил мавзу хакида: боласи, окиши, президенти йоки кучукчаси хакида болиши мумкин. Йоли тугаганда просто хайрлашиб кетворади.

Университетлари алохида жойларда. University district деп номланади ва бу тошкендек ёки ундан каттарок шахар бир университет шахри хисобланади. У шахарчада факат университетга тегишлилар яшиди копинча. Хамма нарса болади, шифохона, кафелар, бозор, хамма-хамма нарсани University district дан топса болади катта шахарга чикмастан.

Хуллас яшаш учун нормальный жой.
@gayratovnablog
Assalomu alaykum, qadrdonlarim! Eslasalaringiz, men Ramazon oyida Slovakiyaning National Scholarship Programme dasturiga ariza topshirish jarayonlarida yordam berish uchun bir oylik kurs e'lon qilgan edim.

Bugun javobi chiqibdi. Natijalarni mana bu yerdan koʻrishingiz mumkin.

Oz boʻlsa-da, baʼzi ishtirokchilar ushbu grantni yutibdi.

Siz ham gʻoliblar roʻyxatida bor boʻlsangiz, izohlarda "+" qoldiring.
Bismillah vassolatu vassalamu ala rasulillah ammo bad!

Barcha musulmon birodarlarimizni bugungi Arafa kuni hamda kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. Allohim tutgan roʻzalaringizni, aytgan tashriq tasbehlaringizni, qilgan haj, umra amallaringizni dargohida qabul qilsin. Kelasi Qurbon Hayiti bayramlarini ham sogʻ-salomat, xursandchilikda nishonlashni nasib qilsin.

Yana bir bor hayit muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,

Shaxzod
Oʻzgarsammikan...🤔

Kechagina oʻqib qoldim: Telegramga yaqinda Instagramdagidek "Stories" funksiyasi qoʻshilar ekan. Kuzatayotgan boʻlsangiz, Telegramning oʻzida har uch oyda, kamida olti oyda nimadir yangilik boʻlyapti. Sizdachi? Siz ham har uch yoki olti oyda oʻzingizda nimadir oʻzgarishlar qilyapsizmi? Bir xillik joningizga tegmadimi?

Sentyabrgacha ikki oy bor. Oʻzingizda nimanidir oʻzgartirish uchun, zararli odatlardan voz kechish va foydali odatlarni shakllantirish uchun yetarli vaqt.

Shunchaki dushanba kuni, oyning birinchi kuni yoki yilboshini kutib yashash vaqtning isrofi.

©️ Muallif
We are delighted to announce the launch of the 4th Term Call for Applications for the International Incubation Center (IIC), a collaborative initiative between the Islamic Cooperation Youth Forum (ICYF), IT Valley, and the Presidency of the Republic of Türkiye Investment Office.

Twice a year, we open the doors to aspiring entrepreneurs for our 6-month training programs through the International Incubation Center (IIC). This unique opportunity offers successful applicants comprehensive training and support, complemented by relevant events and summits. While entrepreneurs can benefit from International Incubation Center’s technological infrastructure and facilities, they will also access the wide global network.

Application Deadline: 09 July 2023

https://icyfdigital.com/projectCallApplication/15
🇸🇰 Hozirda Slovakiya Hukumati tomonidan Milliy Stipendiya Dasturi (National Scholarships Programme) bilan taqdirlangan talabalar viza olish ilinjida yuribdi. Oramizda bo`lsangiz, sizlarga Slovakiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etaman.

1. Yevropa Komissiyasi bergan ma'lumot - bu yerda.
2. EmbassyPages saytidan olingan ma'lumot - bu yerda.
3. GoldenPages saytidan olingan ma'lumot - bu yerda.
4. Slovakiya Respublikasi Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi ma'lumoti - bu yerda.

☎️ Telefon raqamlari har xil yozilgan ekan, yozib o`tirmadim.

📩 Elektron pochta manzili:
* emb.tashkent@mzv.sk
* cons.tashkent@mzv.sk

Suhbat vaqtini belgilashdan oldin hamma kerakli hujjatlarni tayyorlashni unutmang!

🌶 Darvoqe, yodimdan ko`tarilay debdi: Zinhor elchixonaga borganingizda qora oyna oldidagi kursiga o`tira ko`rmang!😂😂 menga rahmat aytasiz bu uchun

#viza_haqida

@shmirzayevofficialblog
Viza uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

1) Xorijga chiqish uchun qizil pasport.
Xorijga chiqish pasportini online rasmiylashtirishga ariza berish bu yerda Davlat Xizmatlari Markazi xodimi tomonidan to`liq tushuntirilgan.

2) Rasm.
3x3.5/4 hajmdagi rasmlardan ikkitasi ilova qilasiz. Bunaqa turdagi rasmlarga qanday tushish kerakligini yozishim shartmas shekilli.

3) Viza uchun to`ldirilgan ariza.
Vizaga ariza formasini bu yerdan yuklab oling.

4) Slovakiyadagi universitetdan va NSP dasturidan qabul xatlari;

5) Tibbiy sug`urta.

6) Turar-joyingiz haqida ma'lumotnoma (Slovakiyadagi).

7) Viza uchun to`lov.
Men topshirgan paytda 35 yevro edi. Aytgancha, pul buklanmagan, sinmagan bo`lishi kerak. Yo`qsa elchixona qabul qilmaydi.

8) Slovakiyaga ketishingiz uchun olingan bilet broni haqida ma'lumotnoma. Turizm agentliklaridan olasiz.

9) Muqaddam sudlanmaganlik to`g`risidagi ma'lumotnoma. Bu Tashqi ishlar vazirligidan apostil qilinib, slovak tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan bo`lishi kerak. Avval bu hujjat so`ralar edi, hozir vaziyat qandayligini bilmayman.* DXMda sudlanmaganlik yoki sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish haqida yo`riqnoma bilan bu yerda tanishing.

#viza_haqida

@shmirzayevofficialblog
Qoʻshilasizlarmi shu fikrga?
#layfhak

Agar tarvuzni qimmat narxda sotib olsangiz, soʻygandan keyin "salgina, pishmagan, lekin yesa boʻladigan" holda boʻlsa, olib borib narxini pasaytirishingiz mumkin. (Qaytarib berish muammo boʻlsa)

Oʻzbekiston Respublikasi "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonun, 13-moddasiga koʻra, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni talab etishga haqlidir.

P.S: Tarvuz birgina misol edi. Boshqa tovarlarga ham amal qiladi bu.