Shaxzodning sahifasi
340 subscribers
278 photos
23 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
IBN XALDUN VA MUQADDIMA

Yakuniy imtihonlardan forig` bo`lgandan keyin, mutolaa uchun Ibn Xaldunning “Muqaddima” asarini tanladim. Ibn Xaldun islom siyosatshunosligi, islom iqtisodiyoti va moliyasi haqidagi fanlarning buyuk darg`alaridan hisoblanadi. Quyida uning turk va ingliz tillaridagi tarjimalarini taqdim etaman.

Asarni bir qancha olimlar tarjima qilishgan. Qariyb 100 betlari Ibn Xaldun zakosining maqtovlari, “Muqaddima”ning naqadar qiymatli asar ekanligi, qaysi olimlar tarjima qilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan to`lgan.

Kitobni birinchi boblaridan o`qishni boshlar ekanman, Ibn Xaldunning o`z ishiga jiddiy yondashishi, bunday mas’uliyatni boshqa hamnafas olimlardan ham talab qilganligi, va hatto kibor olimlarni ham qo`rqmasdan tanqid ostiga olganligini payqab boryapman. Istardimki, siz ham darhol ushbu asarni o`qib, kerakli xulosalar chiqaring! Mutolaa davomida sizni kitobdagi qiziq ma’lumotlardan xabardor qilib boraman. Ko`ngillilar bo`lsa, kitob yuzasidan muhokamalar ham qilamiz! #mutolaa_vaqti
Tarjimon va sharhlovchilar bejizga Ibn Xaldunni og`iz ko`pirtrib maqtashmagan ekan. Muallif Ibn Xaldun "Muqaddima"ning boshlanishidan qadimgi va zamondosh olimlarni ayovsiz tanid ostiga olgani meni hayratimni orttirdi. Aniq olimning ismi, asari, qanday xatolarga yo`l qo`ygani va nega xato qilganini tortinmasdan yozgan. Yuzing-ra'ying deyish yo`q, tilyog`lamachilik qilish yo`q. Xolislikni tekshirish uchun ingliz va turk tillaridagi tarjimalarini solishtirib o`qiyapman. O`qigan sari zavqingiz keladi.

#mutolaa_vaqti #muqaddima #ibn_xaldun