Shaxzodning sahifasi
342 subscribers
283 photos
24 videos
20 files
214 links
• read • think • feel • live •

www.linkedin.com/in/shmirzayevofficial
Download Telegram
Qo‘qon Jome masjidi katta hovlisiga ega. Masjid hovlisining gʻarbiy qismida tomi 98 ta ustun bilan mustahkamlangan katta ayvon, shuningdek, xonaqohlar joylashgan. Hovli markazida baland minora oʻrnatilgan boʻlib, minoraning tepasi mezana holiga keltirilgan. Mezana - muazzinlar azon aytadigan maxsus joy, azon tovushi barchaga eshitilishi uchun asosan minoralar tepasidan joy oladi.

Mahalliy xalqning aytishicha, 98 ustun va 1 minoraning ramziy maʼnosi boʻlib, bu ramziy maʼno Allohning 99 ismiga hamda ulardan eng asosiysi Alloh ismiga ishorat qiladi. Ana shunaqa, qadrdonlar!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Va nihoyat, Fargʻona boʻylab sayohatimiz itmomiga yetdi, doʻstlar.

Safar asnosida quyidagi manzillarda boʻldim:

1. Xonlik Oʻrdasi
2. Dasturxonchi Madrasasi
3. Norbötabiy Madrasasi (Madrasai Mir)
4. Modari Xon Maqbarasi Majmuasi
5. Daxmayi Shohon Maqbarasi Majmuasi
6. Qoʻqon Jome Masjidi
7. Hamza teatri
8. Miyon Hazrat (Ahad) madrasasi yoxud (Sohibzoda Hazrat madrasasi)
9. Muqimiy hujra-muzeyi

Bu mening Fargʻonaga ilk bor borishim edi. Rosti gap, mazza qildim. Sabablari:

Birinchidan, Fargʻonaning iqlimi, manzaralari, unga borishdagi dovon (перевал) chiroyli. Koʻchalari juda saranjom. Ichki yoʻllargacha asfalt yotqizilgan. Yoʻl chetida oʻsib yotgan yantoqlar, begona oʻtlarni koʻrmaysiz.

Ikkinchidan, odamlari mehmondoʻstlikni qoyilmaqom qilisharkan. Har ikki gapida ikkilanmay "biz tomonga oʻting, mehmon qilaman" deb baralla aytishadi. Mabodo Surxonga kimdir mehmon boʻlib kelsa, shaxsan men "mehmon qilaman", - deyishim uchun obdon oʻylasam kerak. 😂

#sayohat

@shmirzayevofficialblog
Shaxzodning sahifasi
Va nihoyat, Fargʻona boʻylab sayohatimiz itmomiga yetdi, doʻstlar. Safar asnosida quyidagi manzillarda boʻldim: 1. Xonlik Oʻrdasi 2. Dasturxonchi Madrasasi 3. Norbötabiy Madrasasi (Madrasai Mir) 4. Modari Xon Maqbarasi Majmuasi 5. Daxmayi Shohon…
#sayohat

...davomi

Uchinchidan,
choyxonalari yoqdi. Dizaynini qoyillatishibdi. Xuddi xonliklar davriga tushgandek boʻldim. Sopoldan yasalgan buyumlar bilan atrofni bezatishgan ekan.

Yana bir jihati, shevasiga mazza qildim😅😅😂 bir ikkitasini keltiraman: xopomen omalekin, shobodalatippo'yipti, monov, v.h.klar. Surxondaryoga kelishsa ular ham boshqa olamga tushib qolsa kerak, sheva va madaniyat tafovutini koʻrib.

Oxir kalom, siqilgan paytlaringizda sayohat qilib turing, faqat esi-hushingiz uyoqdan buyoqqa daydish ham boʻlmasin😅. Muvozanatni ushlash ham yaxshi fazilat.

Hammaga xayrli tun!😴

@shmirzayevofficialblog
⬇️⬇️⬇️
Bugun bomdod o'qidingizmi? | To'liq
@audio_toplam
🎧 Bugun bomdod o'qidingizmi?
✍🏻 Rog'ib Sirjoniy


Qismlar:
00:00:00 - 1-qism
01:06:24 - 2-qism
02:06:08 - 3-qism

Audio kitob to'plam
Exciting Opportunity for Students

I’m thrilled to share that the application process for the 2024 Summer School on Refugee Law is now open! As someone who attended the past two years, I can confidently say this is an incredible opportunity to deepen your understanding of international refugee law and the protection of stateless people.

🔗 Learn more and apply here:
Official Website

💬 Follow updates on Facebook:
Refugee Law Center


Don’t miss out on this chance to engage with leading experts and like-minded peers from around the world!

Best regards,

Shakhzod


@shmirzayevofficialblog
Forwarded from Anglaganlarim🌑🌕
Ustozation blogini yuritadigan bloger bor. Juda dolzarb mavzularni yoritadi. Ummat va millat haqida qaygʻuradi. Suv boʻlib olovni oʻchiraolmasakda chumolidek qarshi turish kerak. Siz ham "propaganda 2"koʻrsatuvuni koʻring
1- qism 2-qism

Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar Ustozation dan olindi.

Koʻrsatuvni koʻrgan vaqtingizga rozi boʻling.

@Anglaganlarm🍂
Odatda, men Telegram, YouTube va Google ilovalaridan koʻp foydalanaman. Keyinchalik bu roʻyxatga ChatGPT ham qoʻshildi.

Lekin ulardan foydalanishda ham maʼlum meʼyorlar qoʻyganman. Masalan, YouTubeni olsak, biron bir video tomosha qiladigan boʻlsam, birinchidan, oʻsha videoning kanaliga oʻtib qarayman:

- kanal egasi tizimli ravishda silsila videolar qoʻyganmi yoʻqmi? (Chunki bunday tizimlilik kanalning boy manbaga egaligidan dalolat beradi)

- kanalning tavsif qismi yaxshi yoritilganmi yoʻqmi? (Kanal egasi oʻzini, kanalni yaratishdan maqsadini yoritgan boʻlsa, kanalga boʻlgan ishonchim ortadi).

- kanal videolar men izlayotgan muammoga yechim topib beroladimi yoki rivojlanishimga hissa qoʻshadimi yoʻqmi?

Shu savollarga javob topa olsam, oʻsha videoni oxirigacha koʻrishga qaror qilaman. Albatta, bu jarayon bir nechta soniyalar ichida roʻy beradi, ya'ni miyada qaror qilishga uzoq vaqt ketmaydi.

Soʻngra, oʻsha tanlagan video biron bir jild (playlist)ga taxlangan boʻlsa, biratoʻla jildi (playlist) bilan saqlab qoʻyaman. Negaki, batafsilroq maʼlumot olay.

Ana shunday (keyin tomosha qilaman deb) saqlab qoʻygan jildlarim talaygina boʻp qalashib qopti. Shularni kuniga koʻrib, tayanch tushunchalarni kanalga qaydlab borishga qaror qildim. Agar sizlarga qiziqarli boʻlsa, fikrlaringizni bemalol bildirsangiz boʻladi.

#fikrlar #talabalarga_maslahatlar

@shmirzayevofficialblog