Robotlar ham tishini davolatadi
#robo_news
Rossiya tibbiyot oliygohlarida robotlar "tajriba quyonchasi" rolini o‘ynamoqda. Ular bo‘lajak stomatologlarning bemoriga aylandi.
🤖 Permdagi "Promobot" kompaniyasi odamga o‘xshash "Robo-C" robotlarini yasadi va unga aqlli jag‘ o‘rnatildi. U orqali og‘iz bo‘shlig‘idagi amaliyot to‘g‘ri ketayotganini aniqlash mumkin.
Agar stomatolog xatoga yo‘l qo‘ysa, robot buni ovoz orqali ma’um qiladi. Qurilma displeyga ega bo‘lib, unda bemorning qon bosimi va pulsi aks etadi. Zero, qon bosimining oshishi stomatologik muolajani to‘xtatishni taqozo etadi.
🦷 Interaktivlik ta’minlangani bois nima bezovta qilayotgani va davo qanday ta’sir etayotganidan xabardorlik mavjud. Undan foydalangan talabalar kariyesni aniqlash, tozalash, tishlar restavratsiyasi va tish olish bo‘yicha kerakli bilim hamda tajriba orttiradilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube

Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘iga asos solmoqchi
#robo_news
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish haqida o‘ylayotganini tasdiqladi.
🗣Foydalanuvchilardan biri Maskdan «so‘z erkinligiga ahamiyat beriladigan, targ‘ibot minimal bo‘lgan ochiq kodli algoritm»ga ega bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoq yaratish haqida o‘ylaysizmi, deb so‘radi. Bunga Ilon Mask javob berdi: «Men bu haqda jiddiy o‘ylayapman».
📲 Keyin u o‘z obunachilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi: «Demokratiya uchun so‘z erkinligi zarur. Sizningcha, Twitter bu tamoyilga qat’iy amal qiladimi?» Shuningdek, u ushbu so‘rov natijalari juda muhimligi, shuning uchun u katta mas’uliyat bilan ovoz berishni so‘radi
U to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z obunachilaridan yangi platformaga ega bo‘lishni xohlashlarini so‘radi. Voqealar qanday rivojlanishini kuzatib boramiz.
🚀 Ilon Mask o'zining ijtimoiy tarmog'ini yaratsa, siz foydalanasizmi?

Neyrotarmoq ishga tushsa, qarg‘alar chiqindi teradi
#robo_news
🗑 Sankt-Peterburgda Boltiq bo‘yi davlatlari ilmiy-muhandislik xalqaro tanlovi o‘tkazildi. "Biologiya" yo‘nalishi bo‘yicha Rodion Mutsolgov unda ajoyib g‘oya bilan ishtirok etdi. U qarg‘alarga chiqindi terishni o‘rgatuvchi neyrotarmoq loyihasi ila g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
♻️ Rodion "Izobretarium" texnoparki a’zosi hisoblanadi. U taqdim etayotgan neyrotarmoqqa ko‘ra, qarg‘alar shunchaki chiqindilarni to‘plabgina qolmay, turiga ko‘ra saralashni ham uddalaydilar.
Yosh ixtirochi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma videokamerali konteynerga ega. Chiqindi turiga ko‘ra kerakli konteyner ochiladi.
🌏 Tanlovda MDH davlatlaridan 2,7 ming o‘quvchi qatnashdi, finalga 342 yosh muhandis yetib keldi. G‘oliblik esa ana shunday ajoyib g‘oya egasiga nasib qildi.
Rasmiy sahifalarimiz:

Mars sayyorasida raketalarni 3D printerda chiqarish rejalashtirilmoqda
#robo_news
🚀 YCombinator startapiga oid Relativity Space kompaniyasi to'laligicha 3D printerda bosilgan raketalarni yaratish bilan shug'ullanmoqda. Bu bilan kompaniya sarflanadigan resurslar sonini kamaytirishni maqsad qilgan.
Asoschilarning fikriga ko'ra, kelajakda ularga printerni Marsga jo'natish ancha oson bo'ladi va u yerda sayyora xomashyosidan yangi modellar chop etiladi. Buning ustiga kompaniya modelni yig'ish tezligi bo'yicha raqobatchilardan ancha oldinda.
👨🚀Taqqoslash uchun, SpaceX va Blue Origin kompaniyalari raketalarni yig‘ish uchun 100 000 ta detal sarflasa, Relativity Space uchun esa 1000 tacha atrofidagi detal kifoya (avtomobildagidan ham kamroq).
⚠️ Eslatib o’tamiz! Bugun 15:00da, 3D modelingga, animatsiyaga qiziquvchilar uchun 3D Max kursidan ochiq dars bo’lib o’tadi.

Google suiqasdning oldini olishga yordam bermoqchi
#robo_news
🔍 Google qidiruv tizimi o‘z joniga qasd qilish va oiladagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish uchun foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovini tahlil qila oladigan neyrotarmog‘ini ishlab chiqdi, deb yozadi Mashable portali.
Agar foydalanuvchi o‘z joniga qasd qilish yoki uydagi zo‘ravonlikni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qidiruv so‘rovini kiritsa, Google yordam uchun qayerga murojaat qilish kerakligi haqidagi ma’lumotni taqdim etadi.
💻 Sun’iy intellekt foydalanuvchining hatto bezarar bo‘lib ko‘ringan so‘rovida ham yashirin ma’noni ukib olish imkonini beradi.

Ekzoskelet bemorlarga o‘zini eplay olish ishonchini hadya etadi
#robo_news
🇷🇺 Rossiyadagi bir guruh olimlar talabalar bilan hamkorlikda yurish apparati modeli - ekzoskelet prototipini ishlab chiqishdi. U qadam tashlash qobiliyatiga ega bo‘lmaganlarga o‘zgalarning yordamisiz yurish imkonini beradi.
🦿Moslamani masofaviy boshqarish mumkin. U teri orqali ta’sir ko‘rsatadi va og‘riq bermaydi. Ekzoskeletni ishglatgan yosh bola ham ota-onasining qo‘lini tutmagan holda tik turishni va yurishni uddalaydi.
✈️ Ekzoskelet bemorlarga mustaqillik hissini, o‘zini o‘zi eplay olish ishonchini hadya etadi. Lekin ixtiro egalari moslama faqat jismoniy imkoniyati cheklanganlar emas, sog‘lomlarga ham qo‘l kelishi, masalan uni aviatsiyada qo‘llash mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Hozir u energetik ob’yektlarda ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Robotlashtirilgan protez – amputanlar uchun ayni muddao
#robo_news
🦾 Aalto universitetidagi tadqiqotchilar guruhi innovatsion qo‘l protezini ishlab chiqdilar. U egasiga yaxshi yordamchidir.
Avtomatlashgan tizim va foydalanuvchi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lib, bir-birini o‘rganishga moslashtirilgan. Robotlashtirilgan protezlar shu jihatdan ishonchli va qulay hisoblanadi.
💪 Zamonaviy protez qo‘l mushaklarini faollashtirish orqali boshqariladi. Bu esa oyoq-qo‘llarining bir qismi kesib tashlangan bemorlar uchun ayni muddao.

Sun’iy intellekt ishsizlarning joniga oro kiritdi
#robo_news
🇷🇺 Rossiya Mehnat va bandlik xizmati vazirligi "Rossiyada ish" vakansiyalar portalida sun’iy intellekt vositasini ishga tushirdi. Undan bo‘sh ish o‘rinlari va rezyumelarni osongina topish mumkin bo‘lib, ish beruvchilar hamda ish izlayotganlarga qulaylik tug‘diradi.
📝 Sun’iy intellektga asoslangan tizim rezyumedagi ma’lumotlarni mavjud takliflar bilan taqqoslaydi. Shundan so‘ng shaxsiy kabinetda mos keluvchi bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Tizimdan ish beruvchi foydalanganida esa xodimlikka nomzodlar taqdim etiladi.
💼 Barcha ma’lumotlar sun’iy intellekt tomonidan tahlil etilgani bois ish qidiruvchi o‘ziga to‘g‘ri kemaydigan vakansiyalar bilan tanishib vaqtini ketkazmaydi. Ish beruvchilar ham faqat o‘zlariga mos kadrlarga ro‘para qilinadi.

“Tesla” robotlarining Terminatordan farqi nimada?
#robo_news
🤖 Ilon Mask 2023 yildan boshlab “Optimus” gumanoid-robotlari ishlab chiqarishini ma’lum qildi. Milliarderning aytishicha, bu iqtisodga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki robot odam qilolmagan yoki qilishni xohlamagan ishlarni bajarishi mumkin.
- “Optimus”ning Terminatordan farqi katta, chunki u kinematografik qotil emas, xavfsiz yordamchi bo‘la oladigan aqlli mashinadir,- dedi “Tesla” rahbari o‘z so‘zida.
🚘 Shuningdek, robotlar dunyoni avtomobillardan ko‘ra yuqoriroq darajada o‘zgartirishga qodirligini ta’kidladi.
Bunday ta’riflarga sazovor robotning bo‘yi 1,7 metr, vazni 60 kilogramm. U sun’iy a’zolar yordamida soatiga 8 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. “Tesla Autopilot” tizimi koinotda ham faollikni ta’minlay oladi.
🤔 Nima deb o’ylaysiz, insoniyatga robotlar qanchalik kerak?

Sun’iy intellekt rentgen tasvirlarini tahlil qiladi
#robo_news
🇪🇺 Yevropa Ittifoqi "ChestLink" dasturiy asbobini tasdiqladi. U sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bemorning ko‘krak qafasi organlarining rentgen tasvirlarini avtomatik tartibda tahlil qiladi.
Agar shubhali yoki patologik holatlarni aniqlasa, natijalarni qo‘shimcha tekshiruv uchun shifokorga jo‘natadi.
🧬 "ChestLink"ning sharofati bilan rentgenologlar ish vaqtining 40 foizi avtomatlashtiriladi. Sinov davrida hech qanday xato yoki nosozlik aniqlanmadi.
"Oxipit" kompaniyasining xabar berishicha, asbob uchun sertifikat qo‘lga kiritildi. Endi uni Yevropa Ittifoqi hududidagi tibbiy muassasalarda qo‘llash mumkin.

Nega “Amazon”ning dronlar bilan bog‘liq ishi yurishmayapti?
#robo_news
📦 “Amazon” kompaniyasi ancha yillardan beri tovarlarni xaridorlarga dronlar orqali yetkazish xizmati bilan shug‘ullanmoqda. Ammo haligacha bu ommalashmadi. Chunki uni amalga oshiruvchi dastur jiddiy texnik muammolarga to‘qnash kelmoqda.
2013 yildayoq kompaniya asoschisi Jeff Bezos 5 yildan keyin dronlar jo‘natmani 30 daqiqa ichida yetkazishini va’da qilgandi. Oradan qariyb 10 yil o‘tdi hamki, dronlardan ommaviy foydalanish ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Vaholanki “Amazon” bu uchun 2mlrd $ tikkandi.
🔥 O‘tgan yili iyun oyidagi halokat dronlarning tayyorgarlik darajasiga shubha uyg‘otib qo‘ydi. O‘shanda nazoratdan chiqib ketgan dronda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng “Amazon”ga tezlikka uchib, xavfsizlikka e’tibor bermaslik aybi qo‘yildi.
🚁 Ammo, “Amazon” 2022 yil uchun 12 mingta parvozni rejalashtirdi. Bularning 200 tasi fevralgacha amalga oshirildi.

Jarroh operatsiyani masofaviy o‘tkazadi. Chunki unda yordamchi robot bor
#robo_news
🏢Massachusets universiteti olimlari neyroxirurglarga endovaskulyar operatsiyalarni masofaviy o‘tkazish imkonini beruvchi robotlashgan tizimni yaratdilar.
Yangi texnologiya og‘ir ahvoldagi bemorlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Masalan, insultdan keyin miya faoliyatini tiklash uchun ushbu operatsiyani o‘tkazish mumkin. Kelajakda bu imkon qishloq joylarida ham tug‘iladi.
💊U nozik operatsiya bo‘lib, ehtiyotkorlikni talab etadi. Bunday jarrohlik aralashuvlari shu paytgacha yuqori malakali jarrohlar tomonidan o‘tkazilgan. Kuchli mutaxassislar esa chekka qishloqlarda tanqis.
Yangi robotlashgan tizim operatsiyani boshqa shahardan turib masofaviy o‘tkazish imkonini beradi. Chunki shifokor robotni boshqaradi. Unga tegishli buyruqni berish orqali tromblarni olib tashlash, anevrizmni bloklash mumkin.

Marsda quyosh chiqishini suratga olishdi
#robo_news
"InSight" ilmiy moduli Marsda quyosh chiqishini rasmga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Foto va animatsion tasvirlar ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish orqali ommaga taqdim etildi.
🚀 "InSight" - "NASA"ning missiyalaridan biri. Uning sharofati bilan olimlar tomonidan geologik o‘lik sayyora deb hisoblanmish Marsda hayot borligi bir necha bor isbotlangan. Ilmiy apparat ilk bor 2018 yil 6 dekabrda Marsdan selfi-fotografiyalarni taqdim etdi.
💫 Uning asosiy vazifasi Mars haqidagi seysmik ma’lumotlarni to‘plashdan iborat. Qurilmaning datchiklaridan biri avtomatik ravishda bir necha metr chuquqrlikka sho‘ng‘ib, sayyora yadrosining issiqlik oqimi haqidagi ma’lumotlarini oladi.

“Wi-Fi 6”ning kelajagi porloq
#robo_news
🌐 Tahlilchilarning fikricha, “Wi-Fi” 6 (802.11ax) keyingi besh yil ichida barqaror rivojlanadi. Joriy yilda “Wi-Fi” 6 global bozorining hajmi 11,5 milliard dollarni tashkil etadi. 2027 yilga borib bu ko‘rsatkich 26,2 milliard dollargacha oshadi.
👉 Ba’tafsil: https://telegra.ph/Wi-Fi-6ning-kelajagi-porloq-04-18
👉 Kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

"Mercedes-Benz" elektromobillar o‘rtasida rekord o‘rnatdi
#robo_news
⚡️"Mercedes-Benz" bir quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, elektr mashinalar o‘rtasida yangi rekordni o‘rnatdi.
Bu zamonaviy elektromobillar qayd etgan ko‘rsatkichdan deyarli 2 barobar ko‘pdir.
👉 Ba’tafsil: https://telegra.ph/Mercedes-Benz-elektromobillar-ortasida-rekord-ornatdi-04-19
📌 Kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
#robo_news
⚡️"Mercedes-Benz" bir quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, elektr mashinalar o‘rtasida yangi rekordni o‘rnatdi.
Bu zamonaviy elektromobillar qayd etgan ko‘rsatkichdan deyarli 2 barobar ko‘pdir.
👉 Ba’tafsil: https://telegra.ph/Mercedes-Benz-elektromobillar-ortasida-rekord-ornatdi-04-19
📌 Kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Mitti dron nimani qoyil qiladi?
#robo_news
"DJI Mini 3 Pro" droni haqida internetda ilk ma’lumot va fotosuratlar paydo bo‘ldi. Rasmiy namoyish shu oy oxirlariga mo‘ljallanmoqda. Maydan esa sotuvi boshlanadi.
🚁 Yangi dron ixchamligi bilan sheriklaridan ajralib turadi. Uning vazni 250 ggrammdan oshmaydi. Boshqaruv pulti dronning o‘zidan kattaroq. Dron smartfon bilan yonma yon suratga tushirilib, ikkisining hajmi kam foizda farq qilishi ko‘rsatilgan.
🇺🇿Qo'shimcha sifatida eslatib o'tamiz. Robotics Lab ta'lim markazi - havo robotlarini yasashni va uchirishni o'rgatuvchi O'zbekistondagi yagona markaz.

Xodimning o‘rniga robot ishlasa, baxtsiz hodisalar kamayadi
#robo_news
🇯🇵Yaponiyada temir yo‘lda mehnat qiladigan robot yaratildi. Uning muallifi hisoblanmish "JR West" kompaniyasi ixtiro orqali samaradorlik va xavfsizlikni ko‘zlamoqda.
Ushbu robot balandlikka o‘rnatilgan asbob-uskunalar bilan ishlashga mo‘ljallangan. U operator tomonidan boshqariladigan ko‘p tarmoqli interaktiv faoliyatga ega.
🦾Robot-transformer mehnatidan foydalanish ishchi kuchini 30 foizga qisqartiradi. Shuningdek, xodimlar bilan bog‘liq favqulodda holatlar va jarohatlar, masalan, tok urishining oldini oladi.
👨🏻💻 Robotics Lab bilan Dasturlash va Robototexnika bilimlarini o'rganing!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuryer dron 🆚 qushga qarshi.
#robo_news
🇦🇺Avstraliyada Google droni mijozga qahva yetkazib berayotgan edi, biroq mahalliy qarg‘a unga hujum qildi va hatto qurilmani bo‘laklarga bo‘lishga urindi.
Bunday holatlar tez-tez sodir bo'ladi. Qiziq, Google bu muammoni qanday hal qiladi?
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
#robo_news
🇦🇺Avstraliyada Google droni mijozga qahva yetkazib berayotgan edi, biroq mahalliy qarg‘a unga hujum qildi va hatto qurilmani bo‘laklarga bo‘lishga urindi.
Bunday holatlar tez-tez sodir bo'ladi. Qiziq, Google bu muammoni qanday hal qiladi?
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Selfi tayoqchasi modadan qoldi.
Selfi-dron sizga muntazir!
#robo_news
"Snapchat" kompaniyasi cho‘ntak dronini ishlab chiqardi. U parvozga qo‘yib yuborilganida egasidan biroz uzoqlashadi va mo‘ljalni aniq olib, suratga tushiradi. Dron masofaviy boshqaruv pultisiz ham o‘z ishini yaxshi uddalaydi.
🤳Unga "Pixy" deb nom qo‘yishdi. Dron rasmga tushish ixlosmandlari va selfisevarlar uchun ayni muddao. Gadjet almashtiruvchi batareya bilan qo‘shib hisoblaganda 101 gramm og‘irlikda.
📸U 12-megapikselli kamera, 16 gigabayt xotiraga ega. Barcha ma’lumotlar "Snapchat" ilovasida sinxronlashtiriladi. Ammo noafzallik jihati - dronni shamol payti ishlatib bo‘lmaydi.
Selfi-dron sotuvi ayni vaqtda 🇺🇸AQSh va 🇫🇷Fransiyada yo‘lga qo‘yildi. Narxi 250 dollar. Yangi mahsulot xaridorgir chiqib, allaqachon sotilib bo‘ldi. Endi uni olmoqchi bo‘lganlar 11-12 hafta kutishlari kerak.
Siz ham shunday dron sotib olgan bo'larmidingiz?

Chrome brauzeridagi Google Lens endi rasmlardagi matnni taniy oladi va tarjima qiladi
#robo_news
Google Chrome brauzerida Lens ilovasining imkoniyatlarini kengaytirdi. Endi ilova nafaqat o‘xshash rasmlarni qidiribgina qolmay, balki ulardagi matnni ham taniy oladi. Qabul qilingan matn asl shaklida ko‘chirilishi yoki onlayn tarjimon yordamida tarjima qilinishi mumkin.
📱Lens avvalgidek, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish va menyudagi tegishli elementni tanlash bilan ishga tushiriladi. Endi ilova sahifasida ikkita yangi yorliq mavjud: «Matn» va «Tarjimon».
📝«Matn» funksiyasi mobil platformalarda uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lib, fotosuratlardagi matnni tanib olishga yordam berdi. Shu bilan birga, algoritmlar hatto sifati yuqori bo‘lamagan rasmlarda ham o‘z vazifalarini bajara oladi. Qabul qilingan matndan nusxa ko‘chirish va boshqa joyda foydalanish mumkin. Butun matnni yoki shunchaki tanlangan iboralarni nusxalash mumkin.