Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.05K subscribers
781 photos
427 videos
17 files
871 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
#Dasturchi kundaligidan:Bankka 100 $ quysangiz bu sizni muammoingiz qachon kupayarkin deysiz.
Agar bankka 100 mlrd $ quysangiz bu bankning muammosi qanday qilib kupaytirib berish... dasturchi bo'lib miliarder bo'ling.
@roboticslab
🚀✈️PEDAGOG,DASTURCHI,MUHANDIS,INVESTOR va DO’ST
Bu postni tayyorlashimdan asosiy maqsad Ustozim Zarif aka Qodirov haqida bilganlarimni aytmoqchi edim.Ular bilan TATU da 2017 – yilda akam orqali tanishganman. Ular juda oddiy va kirishimli odamlar asli Buxorolik va Yaponiyada akam bilan yaqin do’st bo’lishgan. Ular meni ilk marotaba o’zlari ishlayotgan dasturlash firmasiga chaqirdilar.Men u paytlarda dasturlashni umuman bilmas edim,bilmaganim uchun ham qiziqishim unchalik zo’r emasdi.

Zarif akamni juda ko’p shogirtlari bo’lib ular texnikaga dastur yozish bilan shug’ullanishardi.Men dasturlash olamiga kirib kelishimga ularning hissalari juda katta.Ular qilgan loyihalar unchalik ko’p emas ammo summasi juda katta loyihalar hisoblanadi.Ko’pincha kelajakda rivojlanadigan,yoshlarga va xalqga foydasi tegadigan loyihalar ustida bosh qotiradilar.Bazan g’ayri odatiy fikrlashlarini va qilayotgan juda ko’p ishlarini amerikalik dasturchi,muhandis va investor Elon Musk ga o’xshatib yuboraman. O’zlari ham ish jarayonida Elon Musk haqida juda ko’p gapirib turadilar.

Ular hozirda shogirdlari bilan Robotics Lab && Robotics Engineering kompaniyalarida rahbarlik qilib kelmoqdalar.Nimani o’rganishni istasangiz unga to’sqinlik qiladigan hamma narsani yengib o’tish mumkinligini doim aytib keladilar.O’zlari ham nimani o’rgangilari kelsa har qanday to’siq bo’lmasin yo’l topib o’rganishdan to’xtamaydigan insonlar.Bizga aytadigan juda ko’p gaplaridan biri bilim bu bir tomchi hayotbaxsh suvdir, hayotingiz zo’r bo’lishini istasangiz okeandagi suvga intiling. Qancha o’rgansangiz shuncha bilimsiz ekanligingizni bilib boraverasiz.Shu sabab Zarif aka bilimga juda ko’p investorlik qilib bilimi bor ammo dasturlashni o’rganishga imkoniyati yo’q yoshlarga juda katta mablag’ sarflaydilar.

Hozirda shog’irtlari soni 3000 dan ortiq bo’lib, bilim oluvchi yosh dasturchilarga o’qishi uchun GRANT ta’lim uchun pul yoki o’rganish jarayonida kerak bo’ladigan kompyuterlar bilan ta’minlashga harakat qiladilar.Adashmasam hozirga qadar 1.5 milliard so’mdan ortiq ilmga investitsiya kiritganlar.Ularni kuchli pedagog,dasturchi,muhandis,investor va hayotdagi eng yaxshi do’st deb ayta olaman. Zarif akamning eng yaqin do’stlaridan biri Sunatullo aka bo'lsalar kerak ular doim birgalikda ishlashadi, Zarif Aka Robotics lab dan tashqari Smart code deb nomlangan ta'lim markazida ham hamkor sifatida ish boshlaganlar.Pastdagi videoda buni ko'rishingiz mumkin.


#PEDAGOG #DASTURCHI #MUHANDIS #INVESTOR #HAMKOR
#Ustoz #Shogird
https://www.youtube.com/watch?v=HUcOpAaV7-U