Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.05K subscribers
782 photos
427 videos
17 files
871 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Robot-gepard 100 kunlik safarni 3 soatda tugatdi
#robo_news

Massachusets texnologiya instituti olimlari sun’iy intellektga asoslangan robot-gepard ixtiro qildilar. U har qanday sharoitdagi yerda erkin va tez harakatlana oladi.

🐆 Hozirda uning tezligini oshirish bo‘yicha izlanib, rekord natija qayd etishdi. Robot 3,9 m/s, boshqacha aytganda - 14 km/soatdan ko‘proq tezlikka ega. Bu esa odamning o‘rtacha yugurish tezligidan ko‘ra yuqoriroq ko‘rsatkichdir.

Robot-gepard 3 soat ichida turli landshaftlar bo‘ylab aslda 100 kun ketishi kerak bo‘lgan safarni amalga oshirdi. U musofirlikda yurishni o‘zgartirishning son-sanoqsiz yangi usullarini o‘rgandi. Robot endi o‘zgaruvchan landshaftda oldinga siljish uchun harakatlarni moslashtira oladi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
🔥4
Marsdan shamol va suv topishdi
#robo_news

Ilm egalari Marsda shamol va suv mavjudligiga yangi isbotlarni taqdim etishdi. Bu bilan Xitoy, Kanada, Germaniyaning olimlari shug‘ullandi va tadqiqot natijalari ilmiy jurnalda chop etildi.

🚀 Marsoxod "Zhurong" ilk bor 2021 yilning mayida Marsda bo‘lgan edi. Mutaxassislar 60 kunlik safardan so‘ng bosib o‘tilgan yo‘llar oldin suv bilan to‘la bo‘lganini payqashdi. Hozir esa suv eroziyasi qolgan.

Kameraga tushgan tasvirlardan bu sayyorada shamol ham mavjudligini ilg‘ab olishdi. Qumga o‘xshash to‘lqinlar shamol tufayli paydo bo‘lgan, deya faraz berishmoqda.

☘️Bu borada qanday fikrdasiz? Marsda avval hayot bo’lgan deb o’ylaysizmi?

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍5
Ingliz tilini 0 dan boshlab, IELTS 7+ darajasida o’rganmoqchimisiz?

Robotics Lab - ta'lim markazida ingliz tili guruhlari uchun qabul boshlandi!

🇺🇸 Siz, Amerikadagi o’qituvchilardan malaka oshirgan, professional ustozimiz Asrorbek Raxmonaliyev bilan birga, 8 oy davomida Vocabulary, Writing, Speaking, Reading va Listening bilimlarini 0 dan boshlab Advanced darajasigacha o’rganasiz!

📈Ustozimiz 5 yillik dars berish tajribalarida davomida 500 dan ortiq shogirt tayyorlagan va ular yuqori natijalar ko'rsatib kelishmoqda.

Maxsus chegirma!
⚠️ Aprel oyigacha kursga yozilganlar uchun 50% chegirma bilan Kurs oylik narxi - 200 000 so’m

Joylar soni cheklangan, Aprel oyidan darslarimiz boshlanadi!

☎️ Tel: (94) 134-06-03
📲 Telegram: @MASTER_TESOL

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍15🔥2👎1
Internetdagi urishqoqlarga sun’iy intellekt bilan chora ko‘rilyapti
#robo_news

📲 "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i janjal isi keladigan mulohazalarga neyro-tarmoq orqali kurash joriy qildi. Bu ijtimoiy tarmoqdagi qizg‘in muhokamalarni nazorat qilib turadi va foydalanuvchilar o‘rtasida hurmatli muomalani saqlab qoladi.

Neyro-tarmoq izohlardagi matn va rasmlarni baholaydi. Unda shubhali unsurlarni topsa, moderatorga tekshiruv uchun jo‘natadi. Tajovuzkor fikrlar ila ijtimoiy tarmoqda janjallashgan foydalanuvchilarga vaqtincha taqiq qo‘yiladi. Ayniqsa, millat va elatlarga nisbatan kamsitish, nafrat ruhida fikr yozgan foydalanuvchilar bloklanadi.

🗣 O‘tgan oyda "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqda xavfsiz va to‘g‘ri muloqot qilish qoidalari, shaxsiy yozishmalardagi nomaqbul kontentdan himoyalanish usullarini o‘z ichiga olgan Xabarlar xavfsizligi markazini ishga tushirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍7😁3
IT mutaxassislari ingliz tilini qaysi manbalardan o‘rganganlari ma’qul?
#lifehack

💻 Dasturchi bo‘lish uchun ingliz tili yoki hatto bir nechta tilni o‘rganish yetarli emas. Veb-saytlar, ilovalar, dasturiy ta’minot, o‘yinlar va hech bo‘lmaganda biror narsa yaratish uchun, fan va tillarni tushunishingiz kerak. Ularning soni unchalik ko‘p emas, lekin to‘liq o‘rganish PHP yoki boshqa oddiyroq narsani o‘rganishdan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etadi.

Ingliz tilini bilish quyidagilar uchun foydalidir:
🔹kodni yaxshiroq tushunish;
🔹qo‘llanmalarni o‘qish;
🔹xorijiy mijozlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish.

👨🏻‍💻 Bundan tashqari, ingliz tili sizga xorijiy forumlar va stackoverflowda savollar berish imkonini beradi. Shunday qilib, agar siz juda yaxshi dasturchi bo‘lishni istasangiz, IT-mutaxassislari uchun ingliz tili – mastxev. Agar siz tillar bilan do‘stona munosabatda bo‘lmasangiz, bu muammo emas - atamalarni bilish normal ishlash uchun yetarli bo‘ladi.

E’tiboringizga
ingliz tili bo’yicha foydali adabiyotlarni taqdim etamiz:

🔸English for Information Technology.
🔸Career path Software Engineering.
🔸Oxford English for Information Technology.
🔸Professional English in Use ICT.
🔸Check Your English Vocabulary for Computers and IT.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍91🔥1
Kuzatuv kameralari xakerlarning o‘ljasiga aylandi
#robo_news

Anonymous” xakerlar guruhi Rossiyadagi o‘nlab kuzatuv kameralarini buzishdi. Bu orqali ular siyosiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishni ko‘zlashgan.

🏢 Xakerlar ayrim idoralardagi kuzatuv kameralari olgan tasvirlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib o‘tirishibdi. Ular davlat idoralaridan tashqari restoranlar, uylar va maktablardagi kuzatuv kameralarini ham bo‘ysundirishdi.

Xakerlar guruhi bu ishlarni qanday uddalaganliklari haqidagi jurnalistlarning savollariga javob berishmadi.

⚠️Eslatma! Kiberxavfsizlik kursi bo’yicha bugun (24-mart 19:00da) yangi guruh uchun 1-bepul dars bo’lib o’tadi. Kiberxavfsizlikka qiziquvchilarni taklif qilamiz.

📞 Murojaat uchun: 95 340-10-70

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍9🔥2
Nima uchun hozirda 3D modellashtirish ommalashib ketmoqda?

Axborot texnologiyalar davrida 3D modeling ko’plab sohalarga kirib borib ularning yanada rivojlanishi uchun katta hissa qo’shmoqda.

🛋 Masalan: kinofilmlar, video oʻyinlar, arxitektura, mahsulotlar ishlab chiqarish, tibbiyot va boshqa koʻplab sohalarda vizuallashtirish, simulatsiya qilish va koʻrsatish uchun 3D modeling sohasi vakillari mehnatlaridan foydalanishadi.

Robotics Lab - ta’lim markazimizda 3D Max kursiga qabul boshlandi!
5 oy davom etadigan kursimizda siz 3Ds Max, Marvelouse, Photoshop dasturlari yordamida 3D modellar yasash, rendering va animatsiyalar qilishni o’rganasiz.

Kurs oylik narxi - 650 000 so’m

📌Kursni muvaffaqiyatli tugatgan o’quvchilarimizga sertifikat beriladi hamda jamoada ishlash imkoniyati ham bo’ladi.
👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍2🔥1
Ilon Maskning interneti rekord o‘rnatdi
#robo_news

🚀 "SpaceX"ga tegishli "Starlink" sun’iy yo‘ldoshli aloqa ilovasi yuklab olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. O‘tgan yakshanba kuni u Ukrainada eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi.

Ilova ukrainaliklar tomonidan 21 ming marta ko‘chirib olingan. Bu ilova "App Store" va "Google Play" do‘konlarida paydo bo‘lganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ilon Mask mamlakatda sun’iy yo‘ldoshli internetni yo‘lga qo‘ygach, ilova 98 ming marta yuklandi. Uning foydalanuvchilari nafaqat Ukraina, dunyo bo‘ylab ortdi.

🇺🇿 O'zbekistonda «Starlink» sun'iy yo’ldoshli aloqa bo’lishini xohlarmidingiz?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
🔥14👍8👏4
«Dasturchi Qizlar 2» grandi natijalari

💰Umumiy hisobda 100 mln so’m ajratilgan grand g’oliblari Youtube kanalizmizda jonli efirda aniqlandi. Unda random.org sayti orqali, chiqarilgan stikerlar code raqamlari bo’yicha 20ta har 90tada bitta 100%lik bepul ta’lim uchun grand g’oliblari, hamda yana 20ta 50%lik grand g’oliblari aniqlandi.

📌 Tanlovda qatnashgan qolgan barcha ishtirokchilar uchun ham 40%lik chegirma taqdim etiladi. Grand dasturlash bo’yicha istalgan to’liq kurs uchun amal qiladi.

👩‍💻 Qizlar ham dasturchi bo’la oladi!
🌐 roboticslab.uz
📞 95 340-10-70

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
👍2🔥1
Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
«Dasturchi Qizlar 2» grandi natijalari 💰Umumiy hisobda 100 mln so’m ajratilgan grand g’oliblari Youtube kanalizmizda jonli efirda aniqlandi. Unda random.org sayti orqali, chiqarilgan stikerlar code raqamlari bo’yicha 20ta har 90tada bitta 100%lik bepul ta’lim…
«Dasturchi Qizlar» bo'yicha grandlar amal qilish muddati 15-aprelgacha.

15-aprelgacha ochiladigan kurslarimiz ro’yxati:
🔹 C++
🔹 Python
🔹 Web Dasturlash
🔹 3D Max

👉 Kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍5🔥1
Oy va Marsda xizmat ko‘rsatuvchi transport
#robo_news

🌘“Venturi Astrolab” aerokosmik startapi odamlar va yuklarni Oy hamda Marsda tashuvchi transportni taqdim etdi. U “FLEXdeb ataladi.

U har qanday turdagi yuklarni tashishga moslashtirilgan va masofadan boshqarish imkoniyati mavjud. Yaqin o‘n yillikda kompaniya bunday avtomobillar uchun to‘xtash joyi qurish niyatida. Bu orqali “NASA” va boshqa tijoriy kompaniyalarga yordam beradi. Masalan, “SpaceX”,Blue Origin” kabi kompaniyalar o‘rganishlarida Oy transporti ayni muddao.

🚀 Startap asoschisi Metyuz bu sohada katta tajribaga ega. U o‘z faoliyatini “NASA”da boshlagan, so‘ng ma’lum vaqt “SpaceX”da ishlagan. Endi u bilimlarini o‘zining xususiy kompaniyasi uchun sarflamoqchi.

🛺 Bunday transportga nima deysiz?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
👍4🔥1
Siz o‘z blogingizga ega bo‘lishni yoki o‘zingiz tayyorlagan lavha va reportajni montaj qilishni xohlaysizmi?

🎥 Ijodiy imkoniyatlaringizni oshirishni istasangiz, Robotics Lab - ta’lim markazi sizga Videomakerlik kursini taklif etadi.

2 oy davomida siz, o‘z ishining ustasi bo‘lgan ijodkor rejissyor va montajchilardan bilim va tajribalarga ega bo’lasiz.

🎞 O‘quv dasturiga ko‘ra, kurs o’quvchilari uchun ta’lim markazidan tashqarida, haqiqiy ijodiy jarayonlarini vizual ravishda kuzatish, ishtirok etish imkoniyati yaratiladi (kino, klip, ko‘rsatuv, intervyu, reportaj olinayotgan jarayonlarga boriladi).

Kursga yozilish uchun bizga murojaat qiling!
👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍8🔥1
Robotlar ham tishini davolatadi
#robo_news

Rossiya tibbiyot oliygohlarida robotlar "tajriba quyonchasi" rolini o‘ynamoqda. Ular bo‘lajak stomatologlarning bemoriga aylandi.

🤖 Permdagi "Promobot" kompaniyasi odamga o‘xshash "Robo-C" robotlarini yasadi va unga aqlli jag‘ o‘rnatildi. U orqali og‘iz bo‘shlig‘idagi amaliyot to‘g‘ri ketayotganini aniqlash mumkin.

Agar stomatolog xatoga yo‘l qo‘ysa, robot buni ovoz orqali ma’um qiladi. Qurilma displeyga ega bo‘lib, unda bemorning qon bosimi va pulsi aks etadi. Zero, qon bosimining oshishi stomatologik muolajani to‘xtatishni taqozo etadi.

🦷 Interaktivlik ta’minlangani bois nima bezovta qilayotgani va davo qanday ta’sir etayotganidan xabardorlik mavjud. Undan foydalangan talabalar kariyesni aniqlash, tozalash, tishlar restavratsiyasi va tish olish bo‘yicha kerakli bilim hamda tajriba orttiradilar.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
👍6🔥1👏1
Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘iga asos solmoqchi
#robo_news

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish haqida o‘ylayotganini tasdiqladi.

🗣Foydalanuvchilardan biri Maskdan «so‘z erkinligiga ahamiyat beriladigan, targ‘ibot minimal bo‘lgan ochiq kodli algoritm»ga ega bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoq yaratish haqida o‘ylaysizmi, deb so‘radi. Bunga Ilon Mask javob berdi: «Men bu haqda jiddiy o‘ylayapman».

📲 Keyin u o‘z obunachilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi: «Demokratiya uchun so‘z erkinligi zarur. Sizningcha, Twitter bu tamoyilga qat’iy amal qiladimi?» Shuningdek, u ushbu so‘rov natijalari juda muhimligi, shuning uchun u katta mas’uliyat bilan ovoz berishni so‘radi

U to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z obunachilaridan yangi platformaga ega bo‘lishni xohlashlarini so‘radi. Voqealar qanday rivojlanishini kuzatib boramiz.

🚀 Ilon Mask o'zining ijtimoiy tarmog'ini yaratsa, siz foydalanasizmi?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
👍7🔥1👏1
Ingliz tilini o’rganish uchun KATTA imkoniyat

🇬🇧Bugungi kunimizda dunyo tili bo’lgan xalqaro Ingliz tilini o’rganish muhim bo’lgan bilimlaridan bo’lib qoldi. Bunga sabablar juda ko’p.

🔥Robotics Lab - Ta’lim markazi ingliz tilini o’rganmoqchi bo’lgan 100 ta o’quvchi uchun maksimal darajada arzonlashtirilgan kursni taklif qiladi.

Bu kurs:
~ Xalqaro kompaniyalarda ishlamoqchi bo’lgan IT mutaxassislar uchun;
~ Yuqori natija bilan IELTS sertifikatini olmoqchi bo’lganlar uchun;
~ Top Universitetlarga o’qishga kirmoqchi abituriyent/talabalar uchun;
~ Dunyo bo’ylab sayohat qilishni yoqtiradiganlar uchun;
~ O’z soha yo’nalishida o’sishni xohlovchilar uchun.

💰Kurs oylik narxi - 197 000 so’m
📈Davomiyligi - 6 oy General, 4 oy IELTS
Haftada 3 kun 1,5 soatdan

Kursga yozilish uchun bizga murojaat qiling!
👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍4🔥1🤯1
Neyrotarmoq ishga tushsa, qarg‘alar chiqindi teradi
#robo_news

🗑 Sankt-Peterburgda Boltiq bo‘yi davlatlari ilmiy-muhandislik xalqaro tanlovi o‘tkazildi. "Biologiya" yo‘nalishi bo‘yicha Rodion Mutsolgov unda ajoyib g‘oya bilan ishtirok etdi. U qarg‘alarga chiqindi terishni o‘rgatuvchi neyrotarmoq loyihasi ila g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

♻️ Rodion "Izobretarium" texnoparki a’zosi hisoblanadi. U taqdim etayotgan neyrotarmoqqa ko‘ra, qarg‘alar shunchaki chiqindilarni to‘plabgina qolmay, turiga ko‘ra saralashni ham uddalaydilar.

Yosh ixtirochi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma videokamerali konteynerga ega. Chiqindi turiga ko‘ra kerakli konteyner ochiladi.

🌏 Tanlovda MDH davlatlaridan 2,7 ming o‘quvchi qatnashdi, finalga 342 yosh muhandis yetib keldi. G‘oliblik esa ana shunday ajoyib g‘oya egasiga nasib qildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍4🔥2👏1
Qanday qilib 3D modeler bo'lish mumkin?

3D modeler bo'lish uchun shunchaki 3Ds Max dasturini mukammal o'rganish va ko'proq mehnat qilish kerak. Shunchaki ishonch va harakat sizga katta natijalar olib keladi!

📌 Ertaga 3D Max kursi bo’yicha BEPUL ochiq dars bo’lib o’tadi.

O’zi umuman 3D modellash nima uchun kerakligi, bu sohaning afzallik va imkoniyatlari, 3D modellar yaratish, modellar yordamida animatsiya tayyorlash, rendering qilish haqida ba’tafsil ochiq darsda suhbatlashamiz!

🗓 31-mart (Payshanba), 15:00da
👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95-340-10-70

📍 Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
👍1🔥1