Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.05K subscribers
781 photos
427 videos
17 files
871 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Ilon Maskning interneti rekord o‘rnatdi
#robo_news

🚀 "SpaceX"ga tegishli "Starlink" sun’iy yo‘ldoshli aloqa ilovasi yuklab olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. O‘tgan yakshanba kuni u Ukrainada eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi.

Ilova ukrainaliklar tomonidan 21 ming marta ko‘chirib olingan. Bu ilova "App Store" va "Google Play" do‘konlarida paydo bo‘lganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ilon Mask mamlakatda sun’iy yo‘ldoshli internetni yo‘lga qo‘ygach, ilova 98 ming marta yuklandi. Uning foydalanuvchilari nafaqat Ukraina, dunyo bo‘ylab ortdi.

🇺🇿 O'zbekistonda «Starlink» sun'iy yo’ldoshli aloqa bo’lishini xohlarmidingiz?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
Oy va Marsda xizmat ko‘rsatuvchi transport
#robo_news

🌘“Venturi Astrolab” aerokosmik startapi odamlar va yuklarni Oy hamda Marsda tashuvchi transportni taqdim etdi. U “FLEXdeb ataladi.

U har qanday turdagi yuklarni tashishga moslashtirilgan va masofadan boshqarish imkoniyati mavjud. Yaqin o‘n yillikda kompaniya bunday avtomobillar uchun to‘xtash joyi qurish niyatida. Bu orqali “NASA” va boshqa tijoriy kompaniyalarga yordam beradi. Masalan, “SpaceX”,Blue Origin” kabi kompaniyalar o‘rganishlarida Oy transporti ayni muddao.

🚀 Startap asoschisi Metyuz bu sohada katta tajribaga ega. U o‘z faoliyatini “NASA”da boshlagan, so‘ng ma’lum vaqt “SpaceX”da ishlagan. Endi u bilimlarini o‘zining xususiy kompaniyasi uchun sarflamoqchi.

🛺 Bunday transportga nima deysiz?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube