Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.06K subscribers
781 photos
427 videos
17 files
871 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Selfi tayoqchasi modadan qoldi.
Selfi-dron sizga muntazir!
#robo_news

"Snapchat" kompaniyasi cho‘ntak dronini ishlab chiqardi. U parvozga qo‘yib yuborilganida egasidan biroz uzoqlashadi va mo‘ljalni aniq olib, suratga tushiradi. Dron masofaviy boshqaruv pultisiz ham o‘z ishini yaxshi uddalaydi.

🤳Unga "Pixy" deb nom qo‘yishdi. Dron rasmga tushish ixlosmandlari va selfisevarlar uchun ayni muddao. Gadjet almashtiruvchi batareya bilan qo‘shib hisoblaganda 101 gramm og‘irlikda.

📸U 12-megapikselli kamera, 16 gigabayt xotiraga ega. Barcha ma’lumotlar "Snapchat" ilovasida sinxronlashtiriladi. Ammo noafzallik jihati - dronni shamol payti ishlatib bo‘lmaydi.

Selfi-dron sotuvi ayni vaqtda 🇺🇸AQSh va 🇫🇷Fransiyada yo‘lga qo‘yildi. Narxi 250 dollar. Yangi mahsulot xaridorgir chiqib, allaqachon sotilib bo‘ldi. Endi uni olmoqchi bo‘lganlar 11-12 hafta kutishlari kerak.

Siz ham shunday dron sotib olgan bo'larmidingiz?

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Project Managerlikning ahamiyati

Xabaringiz bor, Robotics Lab ta'lim markazimizga Umidjon Ortiqov tashrif buyurgan edi.
🤩 O'sha bo’lib o’tkan suhbatning eng qiziq lavhalarini e’tiboringizga taqdim etamiz.

🖥 IT Tadbirkor - Umidjon Ortiqov bilan bo’lgan uchrashuvning to’liq videosini RoboTV youtube kanalimizda tomosha qiling!
👉https://youtu.be/jOhr64cX29k

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
🔥🔥🔥"Robotics Lab" kompaniyasining "VR ROBOTICS" bo'limi Virtual reality VR,
Augmented reality AR
va Explorable Scenes ES Unreal Engine 5 bo'yicha tajribaga ega xodimlarni ishga qabul qiladi.

🔥🔥Oylik maosh 8 -12 mln so'm.

🔥🔥👍Ushbu bo'limda siz qulay sharoit,Yuqori tezlikdagi internet hamda yuqori tajribali xodimlar bilan xalqaro loyihalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Murojaat qilish uchun: @robotics_Lab ga yozing.

Telegram:@roboticslab
«Talaba bo’lish osonmi?» || Erta Sahar #1

🌙Ramozon oyining munosabati bilan, ERTA SAHAR dan bir davraga jam bo'lib, yangi bir loyihani boshladik, hamda bu ertalabdan yig’ilish an’ana kelasi oylarda ham davom etadi In Shaa Allah.

📚Inson har qanday soha yo'nalishda ilm o'rganar ekan, talaba hisoblanadi. Ilm o'rganish yo'lidagi talabalik davri, talabalik hayotidagi uchraydigan qiyinchiliklar va muammolar haqida suhbatlar uyushtirishni niyat qildik. Bu orqali o'z tenqurlarimizga real keyslar bilan o’zimizda bor bilimlarni bo’lishishni maqsad qilganmiz.

📅 1-may 21:00 da
Erta Sahar loyihasining 1-soni Premyerasi

👉https://youtu.be/R4eb_BpDB_Y

@ErtaSahar
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!

Musulmon ummati uchun saodatli, ulug‘ ayyomda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan Robotics Lab jamoasi chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yana-da yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli damlarda barchamiz, avvalo, Alloh taologa oilangiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz. 
Alloh taolo mohi Ramazonning sharofati bilan, Saxarligu, iftorliklarda qilgan duolarimizni, taroveh namoziyu hatmi Qurʼonlarda qilgan duolarimizni barakoti bilan el-yurtimizni tinchu xotirjam qilsin, iymon eʼtiqodimizni mustahkam qilsin, hayotimizni barakotli, dasturxonimizni to‘kin-sochin qilsin, buyuk allomalar yurti bo‘lmish jannatmakon Vatanimizning kelajagi iymon nuri bilan munavvar bo‘lsin!

Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

@RoboticsLab
Darslar boshlanmoqda...

🥳Yurtimizda Ramazon hayiti munosabati bilan butun Respublika bo'ylab dam olish kunlari e'lon qilingan edi. Robotics Lab ta'lim markazi ustoz-o'quvchilari ham bayram kunlari dam olishib, ertadan ya'ni 4-maydan darslar boshlashadi.

🤓O'quvchilarimizdan darslarga o'z vaqtida faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.

@RoboticsLab - bilan Robototexnika va Dasturlash bilimlarini mukammal o'rganing!
Chrome brauzeridagi Google Lens endi rasmlardagi matnni taniy oladi va tarjima qiladi
#robo_news

Google Chrome brauzerida Lens ilovasining imkoniyatlarini kengaytirdi. Endi ilova nafaqat o‘xshash rasmlarni qidiribgina qolmay, balki ulardagi matnni ham taniy oladi. Qabul qilingan matn asl shaklida ko‘chirilishi yoki onlayn tarjimon yordamida tarjima qilinishi mumkin.

📱Lens avvalgidek, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish va menyudagi tegishli elementni tanlash bilan ishga tushiriladi. Endi ilova sahifasida ikkita yangi yorliq mavjud: «Matn» va «Tarjimon».

📝«Matn» funksiyasi mobil platformalarda uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lib, fotosuratlardagi matnni tanib olishga yordam berdi. Shu bilan birga, algoritmlar hatto sifati yuqori bo‘lamagan rasmlarda ham o‘z vazifalarini bajara oladi. Qabul qilingan matndan nusxa ko‘chirish va boshqa joyda foydalanish mumkin. Butun matnni yoki shunchaki tanlangan iboralarni nusxalash mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Robototexnika o'zi nima?

🤖Robototexnika - bu mexanik robotlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga bag'ishlangan fan va muhandislikning fanlararo sektoridir.

Yana bir ta’rif beradigan bo’lsak, Robototexnika - bu inson harakatlarini almashtiruvchi (yoki takrorlaydigan) robotlar deb ataladigan mashinalarni ishlab chiqaradigan fan, muhandislik va texnologiyaning kesishishidir.

🎞Kino olami har doim robotlar bilan qiziqib kelgan. Masalan, R2-D2, Optimus Prime, WALL-E qahramonlarini ko’pchiligimiz yaxshi taniymiz.

Texnologiyaning rivojlanishi bilan robototexnika deb ataladigan narsalarning ko'lami ham kengayib bormoqda. 2005 yilda barcha robotlarning 90 foizi avtomobil zavodlarida avtomobil yig'ish bilan shug'ullangan. Bu robotlar, asosan, mashinaning ayrim qismlarini payvandlash yoki vintlash vazifasi yuklangan mexanik qo'llardan iborat.

🦾Bugun biz robototexnikaning rivojlangan va kengaytirilgan taʼrifini koʻrmoqdamiz, u Yerning eng ogʻir sharoitlarini oʻrganuvchi botlar, huquqni muhofaza qilish organlariga yordam beruvchi robotlar va hatto sogʻliqni saqlashning deyarli barcha jabhalarida yordam beradigan robotlarni ishlab chiqish, yaratish va ulardan foydalanishni oʻz ichiga oladi .

Siz Robototexnikaga qiziqasizmi?

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#MITC
#TATU
#Incubation_centre

🏛Bugun, 6-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida “TUIT INCUBATION CENTRE” markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz mutaxassislarning innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

👉Batafsil

🔹🔹🔹

🏛Сегодня, 6 мая, в Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада ал-Хорезми состоялась церемония открытия «TUIT INCUBATION CENTER».

Центр поможет развивать инновационные проекты специалистов.

👉Подробно
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MITC
#TATU
#INCUBATION_CENTRE

🏛“TUIT INCUBATION CENTRE” markazi ochilish marosimidan video lavha📺
#event

❗️ Sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan «CAMBRIDGE CODING FESTIVAL » xakatoni!

Xakaton IT Park Uzbekistan va Cambridge International University bilan birgalikda, Millat Umidi jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

▫️ Xakatonda 16 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan barcha ko'ngillilar ishtirok etishlari mumkin;
▫️ Xakaton yoʻnalishi: Har qanday IT-yechim;
▫️ Ishtirok etish shartlari: Roʻyxatdan o'tish, 3-5 kishidan iborat jamoani to'plash va 72 soat ichida IT-yechim uchun MVP'ni ishlab chiqish.

Siz jamoada ishlashga qodir va g'alaba qozonishga tayyor bo'lishingiz lozim! 🦾

📅 Xakaton tadbiri sanasi: 2022-yil, 3-4-5 iyun
⚠️ Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 31-may
❗️ Jamoaning har bir aʼzosi alohida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
📍 Joylashuv: Cambridge International University

👉 Sayt orqali ro'yxatdan o'ting: Cambridge Coding Festival

☎️Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000306 | Cambridge Coding Festival
Forwarded from TUIT DevCon
TUIT DevCon jamoasi navbatdagi ochiq konferensiyasiga barchangizni taklif etadi

🚀 .NET texnologiyasi kundan kunga rivojlanib, ish o'rinlari ko'payib bormoqda. Xalqaro kompaniyalarda o'zingizni ko'rishni istaysizmi? O'zbekistonda .NET bo'yicha birinchi konferensiyada sizni kutamiz.

Mavzular:
• .NET o'zi nimaga kerak?
• .NET - zamonaviy olifta.

Speakerlar:
Muhammadkarim To'xtaboyev
• Software Engineer at Uzcard
• Teacher at Najot Ta'lim
• Founder of .NET Uzbekistan Community

Xondamir Abduxoshimov
• Software Engineer at Epam System
• Teacher at PDP
• Co-Founder of .NET Uzbekistan Community

Manzil: TATU universiteti, A bino, faollar zali.
Sana: 14-may, shanba, 14:00
.

👉 Ro’yxatdan o’tish

@TUITDevCon