Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.05K subscribers
781 photos
427 videos
17 files
871 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Robotlar ham tishini davolatadi
#robo_news

Rossiya tibbiyot oliygohlarida robotlar "tajriba quyonchasi" rolini o‘ynamoqda. Ular bo‘lajak stomatologlarning bemoriga aylandi.

🤖 Permdagi "Promobot" kompaniyasi odamga o‘xshash "Robo-C" robotlarini yasadi va unga aqlli jag‘ o‘rnatildi. U orqali og‘iz bo‘shlig‘idagi amaliyot to‘g‘ri ketayotganini aniqlash mumkin.

Agar stomatolog xatoga yo‘l qo‘ysa, robot buni ovoz orqali ma’um qiladi. Qurilma displeyga ega bo‘lib, unda bemorning qon bosimi va pulsi aks etadi. Zero, qon bosimining oshishi stomatologik muolajani to‘xtatishni taqozo etadi.

🦷 Interaktivlik ta’minlangani bois nima bezovta qilayotgani va davo qanday ta’sir etayotganidan xabardorlik mavjud. Undan foydalangan talabalar kariyesni aniqlash, tozalash, tishlar restavratsiyasi va tish olish bo‘yicha kerakli bilim hamda tajriba orttiradilar.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘iga asos solmoqchi
#robo_news

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish haqida o‘ylayotganini tasdiqladi.

🗣Foydalanuvchilardan biri Maskdan «so‘z erkinligiga ahamiyat beriladigan, targ‘ibot minimal bo‘lgan ochiq kodli algoritm»ga ega bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoq yaratish haqida o‘ylaysizmi, deb so‘radi. Bunga Ilon Mask javob berdi: «Men bu haqda jiddiy o‘ylayapman».

📲 Keyin u o‘z obunachilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi: «Demokratiya uchun so‘z erkinligi zarur. Sizningcha, Twitter bu tamoyilga qat’iy amal qiladimi?» Shuningdek, u ushbu so‘rov natijalari juda muhimligi, shuning uchun u katta mas’uliyat bilan ovoz berishni so‘radi

U to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z obunachilaridan yangi platformaga ega bo‘lishni xohlashlarini so‘radi. Voqealar qanday rivojlanishini kuzatib boramiz.

🚀 Ilon Mask o'zining ijtimoiy tarmog'ini yaratsa, siz foydalanasizmi?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | Youtube
Ingliz tilini o’rganish uchun KATTA imkoniyat

🇬🇧Bugungi kunimizda dunyo tili bo’lgan xalqaro Ingliz tilini o’rganish muhim bo’lgan bilimlaridan bo’lib qoldi. Bunga sabablar juda ko’p.

🔥Robotics Lab - Ta’lim markazi ingliz tilini o’rganmoqchi bo’lgan 100 ta o’quvchi uchun maksimal darajada arzonlashtirilgan kursni taklif qiladi.

Bu kurs:
~ Xalqaro kompaniyalarda ishlamoqchi bo’lgan IT mutaxassislar uchun;
~ Yuqori natija bilan IELTS sertifikatini olmoqchi bo’lganlar uchun;
~ Top Universitetlarga o’qishga kirmoqchi abituriyent/talabalar uchun;
~ Dunyo bo’ylab sayohat qilishni yoqtiradiganlar uchun;
~ O’z soha yo’nalishida o’sishni xohlovchilar uchun.

💰Kurs oylik narxi - 197 000 so’m
📈Davomiyligi - 6 oy General, 4 oy IELTS
Haftada 3 kun 1,5 soatdan

Kursga yozilish uchun bizga murojaat qiling!
👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Neyrotarmoq ishga tushsa, qarg‘alar chiqindi teradi
#robo_news

🗑 Sankt-Peterburgda Boltiq bo‘yi davlatlari ilmiy-muhandislik xalqaro tanlovi o‘tkazildi. "Biologiya" yo‘nalishi bo‘yicha Rodion Mutsolgov unda ajoyib g‘oya bilan ishtirok etdi. U qarg‘alarga chiqindi terishni o‘rgatuvchi neyrotarmoq loyihasi ila g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

♻️ Rodion "Izobretarium" texnoparki a’zosi hisoblanadi. U taqdim etayotgan neyrotarmoqqa ko‘ra, qarg‘alar shunchaki chiqindilarni to‘plabgina qolmay, turiga ko‘ra saralashni ham uddalaydilar.

Yosh ixtirochi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma videokamerali konteynerga ega. Chiqindi turiga ko‘ra kerakli konteyner ochiladi.

🌏 Tanlovda MDH davlatlaridan 2,7 ming o‘quvchi qatnashdi, finalga 342 yosh muhandis yetib keldi. G‘oliblik esa ana shunday ajoyib g‘oya egasiga nasib qildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Qanday qilib 3D modeler bo'lish mumkin?

3D modeler bo'lish uchun shunchaki 3Ds Max dasturini mukammal o'rganish va ko'proq mehnat qilish kerak. Shunchaki ishonch va harakat sizga katta natijalar olib keladi!

📌 Ertaga 3D Max kursi bo’yicha BEPUL ochiq dars bo’lib o’tadi.

O’zi umuman 3D modellash nima uchun kerakligi, bu sohaning afzallik va imkoniyatlari, 3D modellar yaratish, modellar yordamida animatsiya tayyorlash, rendering qilish haqida ba’tafsil ochiq darsda suhbatlashamiz!

🗓 31-mart (Payshanba), 15:00da
👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95-340-10-70

📍 Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Mars sayyorasida raketalarni 3D printerda chiqarish rejalashtirilmoqda
#robo_news

🚀 YCombinator startapiga oid Relativity Space kompaniyasi to'laligicha 3D printerda bosilgan raketalarni yaratish bilan shug'ullanmoqda. Bu bilan kompaniya sarflanadigan resurslar sonini kamaytirishni maqsad qilgan.

Asoschilarning fikriga ko'ra, kelajakda ularga printerni Marsga jo'natish ancha oson bo'ladi va u yerda sayyora xomashyosidan yangi modellar chop etiladi. Buning ustiga kompaniya modelni yig'ish tezligi bo'yicha raqobatchilardan ancha oldinda.

👨‍🚀Taqqoslash uchun, SpaceX va Blue Origin kompaniyalari raketalarni yig‘ish uchun 100 000 ta detal sarflasa, Relativity Space uchun esa 1000 tacha atrofidagi detal kifoya (avtomobildagidan ham kamroq).

⚠️ Eslatib o’tamiz! Bugun 15:00da, 3D modelingga, animatsiyaga qiziquvchilar uchun 3D Max kursidan ochiq dars bo’lib o’tadi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Google suiqasdning oldini olishga yordam bermoqchi
#robo_news

🔍 Google qidiruv tizimi o‘z joniga qasd qilish va oiladagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish uchun foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovini tahlil qila oladigan neyrotarmog‘ini ishlab chiqdi, deb yozadi Mashable portali.

Agar foydalanuvchi o‘z joniga qasd qilish yoki uydagi zo‘ravonlikni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qidiruv so‘rovini kiritsa, Google yordam uchun qayerga murojaat qilish kerakligi haqidagi ma’lumotni taqdim etadi.

💻 Sun’iy intellekt foydalanuvchining hatto bezarar bo‘lib ko‘ringan so‘rovida ham yashirin ma’noni ukib olish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
British 🇬🇧 VS American 🇺🇸 English ❤️🤍

1. Soda pop 🇺🇸/ fizzy drink🇬🇧 - gazli ichimlik, газировка
2. Candies🇺🇲/sweets🇬🇧 - shirinliklar, конфеты
3. Sneakers🇺🇲/trainers🇬🇧 - krassovkalar, кроссовки
4. Truck🇺🇲/lorry 🇬🇧 - yuk mashinasi, грузовик
5. Flashlight🇺🇲/ torch🇬🇧- fonar, фонарик
6. Eraser🇺🇲/ rubber🇬🇧 - o'chirg'ich, ластик
7. Zipper🇺🇸/ zip🇬🇧 - zamok, молния

Write your own examples👇

⚠️Eslatma! 12-aprelgacha super chegirmali 197000 so’mlik Ingliz tili kurslarimizga qo’shilishga shoshiling. Joylar soni cheklangan.

👉 Ro'yxatdan o'tish!
📞 95 340-10-70

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod t, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Ramazon oyi Muborak bo’lsin!

🕌 “Robotics Lab” - ta’lim markazi barcha musulmonlarni Muborak Ramazon oyi bilan muborakbot etadi!

🤲 Tutayotgan ro’zalarimizni, o’qilayotgan duo, namozlarimizni Alloh o’z dargohida qabul qilsin.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Toshkent shahri uchun Ramazon taqvimi

🌐 roboticslab.uz
📞 95 340-10-70

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Ekzoskelet bemorlarga o‘zini eplay olish ishonchini hadya etadi
#robo_news

🇷🇺 Rossiyadagi bir guruh olimlar talabalar bilan hamkorlikda yurish apparati modeli - ekzoskelet prototipini ishlab chiqishdi. U qadam tashlash qobiliyatiga ega bo‘lmaganlarga o‘zgalarning yordamisiz yurish imkonini beradi.

🦿Moslamani masofaviy boshqarish mumkin. U teri orqali ta’sir ko‘rsatadi va og‘riq bermaydi. Ekzoskeletni ishglatgan yosh bola ham ota-onasining qo‘lini tutmagan holda tik turishni va yurishni uddalaydi.

✈️ Ekzoskelet bemorlarga mustaqillik hissini, o‘zini o‘zi eplay olish ishonchini hadya etadi. Lekin ixtiro egalari moslama faqat jismoniy imkoniyati cheklanganlar emas, sog‘lomlarga ham qo‘l kelishi, masalan uni aviatsiyada qo‘llash mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Hozir u energetik ob’yektlarda ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
Robotics Labning ro'za tutgan dasturchilari mana sizlarga eng yaqin va qulay joy.

📍TATU Yoshlar Oshxonasi
📞
90 911-39-31, 99 030-94-49
Robotlashtirilgan protez – amputanlar uchun ayni muddao
#robo_news

🦾 Aalto universitetidagi tadqiqotchilar guruhi innovatsion qo‘l protezini ishlab chiqdilar. U egasiga yaxshi yordamchidir.

Avtomatlashgan tizim va foydalanuvchi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lib, bir-birini o‘rganishga moslashtirilgan. Robotlashtirilgan protezlar shu jihatdan ishonchli va qulay hisoblanadi.

💪 Zamonaviy protez qo‘l mushaklarini faollashtirish orqali boshqariladi. Bu esa oyoq-qo‘llarining bir qismi kesib tashlangan bemorlar uchun ayni muddao.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Youtube
🌐 roboticslab.uz
📞 95 340-10-70

Roboticslab rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Youtube