Paziyletuz | Рәсмий канал
72.9K subscribers
27.8K photos
4.12K videos
34 files
33.4K links
Download Telegram
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Photo
#Konsepsiya
#Huquqiy_savodxonlik

Qoraqalpog'iston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda


📆 Bugun, 29-may kuni Nukus shahridagi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

🔰 Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Mamadkulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari R.Nurazizov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razovlar tomonidan “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” va “O‘zbekiston respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati: maqsad, vazifa va prinsiplari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹 Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari va ularni amalga oshirishning dolzarb jihatlari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi.


♻️ "Huquqiy savodxonlik oyligi" targ'ibot tadbirlari respublikamiz bo'ylab davom etmoqda.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
54👍8😍2🥰1