Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
#haqida

Kolumb haqida haqiqat

To'g'risi, maktabda bizga tarix darsini juda mujmal o'qitishgan. Buni faqat yillar o'tib, ko'plab tarixiy-ilmiy adabiyotlarni o'qiganingdan keyingina tushunib yetasan. Masalan, Kolumbni olaylik.

Kolumb haqida maktabda noto'g'ri tasavvur beriladi.

Hamma biladiki, dengizchi Xristofor Kolumb o'z dengiz sayohatini uyushtirishda boshida katta moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Ya'ni hech kim u uchun moliyaviy homiy bo'lishni istamaydi.

Bu odamlarning "Yer - tekis" deb o'ylashgani va G'arbga qarab suzib sharqdagi Hindistonga bora olmaydi deb o'ylaganlarida emas. Yo'q.

U vaqtga kelib, Kolumb pul so'rab murojaat qilgan ziyoli yevropaliklar orasida Yer - sharsimon ekanligi yaxshi ma'lum edi. Shunchaki, potensial investorlar Yer Kolumb hisoblaganidan ko'ra kattaroq deya hisoblashgan va ekspeditsiya o'zi bilan olib chiqqan oziq-ovqat zaxiralari okean o'rtasiga borib tugaydi deb o'ylashgan.

Aslida ham shunday bo'ladi. Faqat Xristofor Kolumbning baxtiga, ular bu paytda Karib dengizi orollarigacha yetib olishadi. U esa “Mana Hindistonga keldim” deb oʻylaydi va bu dunyodan Amerikani kashf qilganini bilmay o'tib ketadi.

Bor gap shu.

@nodirbek_abdulhaev