Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
133 subscribers
602 photos
224 videos
2 files
103 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
#unido #yangi_hamkorlik

🗣O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi amaliy qadamlar tashlanmoqda

Avval xabar berganimizdek, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) ko‘magida amalga oshirilayotgan texnik ko‘mak loyihasi doirasida UNIDO Bosh direktori o‘rinbosari janob Siyong Zou hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Loyiha doirasida Toshkent shahri va viloyati, Samarqand, Namangan, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida joylashgan to‘qimachilik korxonalariga diagnostik tashriflar amalga oshirildi. Tashriflar davomida korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati, mavjud ehtiyojlari va o‘sish imkoniyatlari chuqur o‘rganildi.

Endilikda loyiha doirasida pilot bosqichda ishtirok etadigan kompaniyalar-benefitsiarlar tanlab olinadi. Ushbu kompaniyalar uchun birgalikdagi (kollektiv) o‘quv dasturi, shuningdek, har bir korxona ehtiyojiga moslashtirilgan individual o‘quv va ko‘mak dasturi ishlab chiqiladi. Bu dasturlar fashion dizayn, marketing, menejment, shuningdek zaruratga qarab boshqa tegishli yo‘nalishlar — masalan, mahsulot sifatini nazorat qilish, eksport-yoritish strategiyasi, barqaror ishlab chiqarish va boshqa sohalarni ham qamrab oladi.

Bundan tashqari, tanlab olingan kompaniyalar asosida xalqaro bozorlarda yagona formatda ishtirok etish imkonini beruvchi “umbrella brand” konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu brend ostida benefitsiar kompaniyalar xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar va konferensiyalarda birgalikda qatnashadi va o‘z mahsulotlarini jahon bozorida ilgari suradi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM