Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
710 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
#Foydali

Bir masala bilan juda qiziqib qoldim. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarini o’qishni boshladim va bazi bir kitoblarga ruxan tayyor emas ekanligimni anglab yettim. Shu sabab kitoblarini o’qishning tartibiga qiziqdim islom.uz saytida berilgan tartibni siz bilan bo’lishgim keldi.

- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning asarlarini o‘rganish tartibini taqdim qilmoqchiman. Ular quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich:
1. «Iymon».
2. «Sof tabiat dini».
3. «Amallar niyatga bog‘liqdir» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
4. «Mo‘minning me’roji» — mufassal namoz kitobi (kiril va lotin alifbolarida).
5. «Mo‘minning qalqoni» — mufassal ro‘za kitobi.
6. «Mo‘minning najoti» — mufassal zakot kitobi.
7. «Mo‘minning umr safari» — mufassal haj kitobi.
8. «Yol‘g‘on».
9. «Ijtimoiy odoblar».
10. «Baxtiyor oila».
11. «Isrof».
12. «Sunniy aqidalar».
13. «Ixtiloflar: sabablar, yechimlar».
14. «Vasatiya — hayot yo‘li».
15. «Tasavvuf haqida tasavvur».
16. «Samarqandning sara ulamolari».
17. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 1-qism.

Ikkinchi bosqich:
18. «Mukammal saodat yo‘li».
19. «Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar».
20. «Kifoya» (1, 2, 3-juzlar).
21. «Yaxshilik va silai rahm» (1, 2-juzlar).
22. «Bozor va unga bog‘liq masalalar».
23. «Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarning haqiqatlari».
24. «Din nasihatdir».
25. «Ochiq xat».
26. «Ruhiy tarbiya» (1, 2, 3-juzlar).
27. «Hadis va hayot» turkumi (1-10 juzlar).
28. «Zuhd va hayo» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
29. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 2-qism.

Uchinchi bosqich:
30. «Qur’on ilmlari».
31. «Tafsiri Hilol» (1, 2, 3-juzlar).
32. «Hadis va hayot» silsilasi (11-20 juzlar).
33. «Odoblar xazinasi» («Adabul Mufrad» 1, 2, 3, 4-juzlar).
34. «Mazhhablar — birlik ramzi».
35. «Sog‘lom bola».
36. «Hidojat imomi» (Imom Abu Mansur Moturidiy).
37. «Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
38. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 3-qism.

To‘rtinchi bosqich:
39. «Aqidatut-Tahoviya sharhining talkhisi».
40. «Tafsiri Hilol» (4, 5, 6-juzlar).
41. «Mustalahul hadis».
42. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam».
43. «Hadis va hayot» silsilasi (21-30 hamda 34, 35, 36, 37-juzlar).
44. «Xislatli hikmatlar sharhi» (1, 2, 3, 4, 5-juzlar).
45. «Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar».
46. «Usulul fiqh».
47. «Din nasihatdir» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
48. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 4-qism.

Erkin mavzular:
50. «Keksalarni e’zozlash».
51. «Mazhabsizlik — Islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’atdir».
52. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkumi) 5-qism.
53. «Qarz va unga bog‘liq masalalar».
54. «Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi».
55. «Oltin silsila» («Sahihul Buxoriy»).

Umid qilamanki ushbu ma’lumot sizga xam manfaatli bo’ladi.

@nodirbek_abdulhaev
Forwarded from Asrorbek Abdulhaev
#foydali
Bank kartasidagi 16 xonali raqam nimani anglatadi?

Bank kartasi raqami har biri 4 ta raqamdan iborat 4 ta blokka bo‘lingan 16 ta sondan tashkil topgan bo‘ladi. Bank kartasidagi sonning har bir raqami o‘ziga xos ma’noga ega.

Birinchi 6 ta raqam emitentning ( bankning) bank identifikatori hisoblanadi. Ular kartaning qaysi bank tomonidan chiqarilganini va karta turi (Uzcard, Humo, Visa va boshqalar)ni ko‘rsatadi.

7 dan 15 gacha bo‘lgan raqamlar bank kartasining identifikatsiya raqami hisoblanadi. U bank kartasining turi (debit yoki kredit karta), qaysi valyutadaligi, chiqarilgan hudud va boshqa ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.

Oxirgi 16-raqam kartaning haqiqiyligini tekshirish uchun ishlatiladigan kontrol raqamidir. U orqali muayyan algoritmga ko‘ra karta soni va tasdiqlash raqamining muvofiqligi tekshiriladi.