Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
713 photos
262 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
🔹 ESET NOD32 Antivirusni yangilash 🔹

🌐 Asosiy: https://222.youface.uz
🔒 Login: @spyuz
🔑 Parol: HappyBirthday2O25

EsetNod32 yuklash 👉
O'rnatish va yangilash 👉
1 ta asosiy ko‘nikma, bu agentliklarni «300 mln so‘m» va «1 mlrd so‘m» darajasiga ajratadi

Ko‘pchilik agentliklar quyidagi yo‘lni bosib o‘tadi:
1. Zo‘r mutaxassis bo‘lishadi
2. O‘ziga yordamchilar/jamoa oladi
3. Ularga ilgari o‘zi bajargan ishlarni o‘rgatadi

Agar jamoangizga nazar tashlasangiz, ehtimol siz ulardan «o‘zingizning 2.0 versiyangizni» yasayotganingizni sezarsiz. Faqat ular sizdan yomonroq ishlaydi 😂. Xatolar qiladi, sust harakat qiladi va hech qachon sizga o‘xshab ishlay olmaydi.

Shuning uchun siz doim ularning ishini to‘g‘rilab, oxirgi pallada o‘z qo‘lingiz bilan qutqarishga majbur bo‘lasiz.

Siz hozir hunarmandchilik bilan shug‘ullanyapsiz.

Bu normal holat.

Lekin 1 mlrd so‘m+ darajaga chiqish uchun siz o‘zingiz bilgan hamma narsani unutishingiz kerak bo‘ladi.
Qo‘l bilan ishlashni, chiroyli dizayn qilishni, SMM yoki reklama sozlashni esdan chiqaring.
Bu ko‘nikmalar endi sizga umuman kerak emas.

Sizga endi tadbirkorlik ko‘nikmalarini egallash zarur:
1. Biznes-modellar
2. Savdo, briflar, tijorat takliflarini yaratish
3. Marketingni yo‘lga qo‘yish va mijozlarni jalb qilish
4. Kuchli mutaxassislarni jamoaga jalb qilish
5. Biznes jarayonlari va reglamentlarni shakllantirish
6. Jamoani boshqarish, delegatsiya va doimiy menejment

…va boshqa ko‘plab muhim jihatlar.

@nodirbek_abdulhaev
Yaxshiroq blog yuritish uchun 11 maslahat

Blog yuritish uchun “HubSpot” platformasini eshitgandirsiz. U yerda asosan marketing haqida maqolalar chiqadi. Aynan shu platformada anchadan beri blog yuritadiganlar kontent yozish bo‘yicha o‘zlari bilgan eng muhim maslahatlar berishibdi. Ko‘p gapirib o‘tirmaymiz — keling, blog yuritishni osonlashtiradigan 11 maslahatni ko‘rib chiqamiz.

1. Ekspertlarni toping

Agar siz yozayotgan sohangizda yetarlicha bilimga ega bo‘lmasangiz, o‘sha sohaning haqiqiy mutaxassisini toping. Ularni topganingizdan so‘ng esa yo‘nalishingiz, uslubingiz to‘g‘riligini tekshirtirib oling. Chunki eng samarali blog mutaxassislar yordamida yaratiladi. Bunday odamlarni topish uchun uchrashuvlar, tadbirlarga boring, ularga xolis yordam bering, o‘zingizni soting, xullas. LinkedIn’da shunchaki kontakt almashishdan foyda yo‘q ;)

2. Fidbek oling

Yana bir asosiy jihat — yozganlaringizni fikr-mulohaza qilish. Bir-nimalardir yozib ko‘ring, o‘zingiz tekshiring va tepada aytilgan tanishlarga tekshirtiring. U esa qilgan ishingizni o‘rganib chiqib, sizga fidbek bersin.

3. Kerakli mavzuda yozing

Shunchaki matn hech kimga kerak emas, hatto chiroyli yozilgan bo‘lsa ham. Algoritmlar nimani ko‘taryapti, qaysi gapni yozsam tarqalib ketarkan, hozir trend mavzu nima, deb qaramang. Siz gapirilishi kerak mavzularni, avval boshingizdan o‘tkazganlarni yozing. Agar foydali bo‘lsa, ergashadiganlar o‘zi topiladi.

4. Gaplaringizni isbotlaydigan ma’lumot bo‘lsin

Odamlarga nima desangiz, o‘ylamasdan rozi bo‘lishini kutmang. Agar fikringiz dalil talab qilsa, uni isbotlash uchun isbot qidiring. Yozayotgan mavzungiz bo‘yicha qanchalik bilim va tajribaga ega bo‘lishingizdan qat’iy nazar, doimo tashqi manbalarni qidiring. Iqtibos bo‘ladimi, ilmiy tadqiqotmi — farqi yo‘q. Siz aytayotgan g‘oya eng yaxshiligini isbotlang.

5. Dam oling

Yozayotgan gaplaringizda o‘rinsiz so‘zlar, hamma joyda vergullar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, bir aylanib keling. Bir necha vaqt boshqa ishingizni qiling, qahva iching, qushlarni tomosha qiling. O‘zingizga kelsangiz, yozayotganlaringiz mantiqiy, tabiiy chiqadi. Bu postni yozgungacha ham uch marta tanaffus oldik.

6. Aniq bir odam uchun yozing

Masalan, qiziqarli narsa yozmoqchi bo‘lsangiz, u matndagi hazillarni tushunadigan do‘stingizga ko‘rsating. Agar rasmiyroq bo‘lsa, o‘sha matnni tushunadigan auditoriyaga tekshirtiring. Shunda maqolani to‘g‘ri yo‘nalishda berish oson kechadi.

7. Sevimli yozuvchilaringizga taqlid qiling

Matn yozish uchun iqtidor kerak emas. Bilim, mehnatsevarlik, telbalik va o‘zingizning uslubingiz bo‘lsa, yetarli. O‘zingizni uslubingizni topish uchun esa boshqalarnikini kuzatishingiz kerak. Shunchaki yoqtirgan odamingizni kuzating, so‘z tanlashini, qo‘llaydigan hazillarini o‘rganing.

8. Yozganlaringizni o‘qing

Miyangizda nimani nazarda tutayotganingizni qolganlar o‘qib, tushunmasligi mumkin. Shu sabab, yozganingizni o‘qib ko‘ring. Agar bir nafasda ketmasangiz, qolganlar nima haqida gapirayotganingizni bilishmaydi.

9. Yangiliklarni kuzating

Eng kuchli blog egalari — soha kuzatuvchilari. Sohangizni doimiy ravishda kuzatib borsangiz, yozish uchun kontent doim tayyor bo‘ladi, shuningdek, mutaxassisligingiz bo‘yicha yangi bilimlarni olasiz.

10. Ko‘proq kitob o‘qing

Miyangizni bo‘shatishni yana bir yo‘li — boshqa bir odamning miyasiga kirish. Badiiy adabiyotni ko‘p o‘qishingiz shart emas. Ishingizga aloqasi bo‘lmagan mavzularda yozadigan odamni toping. Sizga yozganlari go‘zal, tushunishga oson, qiziqarli tuyuladigan odamning asarlarini o‘qing. So‘z boyligini oshirib, tabiiy yozishni o‘rganishni eng samarali yo‘li.

11. Yozayotganda tahrir qilmang

Biror so‘zni topishga qiynalgan payt bo‘ladi-ku, topolmasdan bitta gapga besh daqiqa sarflaydigan. Aynan shunday paytda o‘sha so‘z yoki jumlani o‘rniga qandaydir belgi qoldiring. Matnni tugatganingizdan so‘ng esa shu belgini qidirib, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldiring, kerakli joylarini tahrirlang. Maqolangiz kichik bo‘lsa ham hammasini oxirida qiling.

@nodirbek_abdulhaev
👍1
Qanday qilib moderatorsiz strategik sessiya o‘tkazish mumkin?

“Strategik sessiya” so‘zini aytishingiz bilan moderatsiya narxiga nollar qo‘shilib ketishini sezganmisiz? 1 kunlik strategik sessiya uchun 10 mln so‘m – bu hatto arzon hisoblanadi. Agentliklarda narxlar 30-50 mln so‘mgacha boradi. 🤪

Lekin strategik sessiyani moderatorsiz ham o‘tkazish mumkinmi?
Ha, albatta! Jamoangizdan kimnidir moderator sifatida tanlang. U sessiyani reja bo‘yicha olib boradi va vaqtni nazorat qiladi.

Quyida oddiy va samarali framework bilan bo‘lishaman:

0. Sessiyaning maqsadini aniqlash

Maqsadni aniq belgilab oling. Masalan, bizning sessiyamizning maqsadi shunday bo‘lgandi: 2025-yilda qanday qilib 4 baravar o‘sish mumkin?

1. Tayyorgarlik

Tayyorgarlik qanchalik yaxshi bo‘lsa, shuncha foydali g‘oyalar chiqadi. Ideal holatda sessiyadan oldin quyidagilarni tayyorlash kerak:
• Bozor tahlili
• Mijozlar tadqiqoti
• Case-study natijalari
• Moliya ko‘rsatkichlari

Bularning barchasini qisqacha taqdimot shaklida sessiya boshida ko‘rib chiqamiz.

2. G‘oyalar yaratish
• Jamoani kichik guruhlarga bo‘ling.
• Har bir ishtirokchi kelasi yili biznesni o‘stirish bo‘yicha o‘z fikrlarini yozib chiqadi (10 daqiqa).
• Keyin ishtirokchilar guruhlarni o‘zgartiradi va fikr almashish yana 3 marta takrorlanadi.
• Barcha g‘oyalar sessiyaning maqsadiga mos bo‘lishi kerak. (Masalan, “hamma narsani tekin tarqatamiz” degan taklif qabul qilinmaydi 😂).

3. G‘oyalarni aniqlashtirish
• 3 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘ling:
• 1 kishi g‘oyani taqdim etadi
• 1 kishi uni tanqid qiladi
• 1 kishi esa qo‘llab-quvvatlaydi
• Bu jarayon 3-4 marta takrorlanadi.
• Maqsad – ishlamaydigan yoki krinj g‘oyalarni yo‘q qilish va eng kuchlilarini qoldirish.

4. G‘oyalarni taqdim etish
• Har bir ishtirokchi flipchart oldiga chiqib, o‘zining ishlab chiqilgan g‘oyasini taqdim etadi.
• G‘oya taxtaga yoziladi va u taxminan qancha daromad keltirishi mumkinligi hisoblab chiqiladi.

5. Natijalarni umumlashtirish
• Har bir yangi yechimning kutilayotgan daromadini qo‘shib chiqamiz.
• Qancha daromad keltirishi mumkinligini taxminan hisoblab chiqamiz.

6. Natijaga ishonchni baholash
• Ishtirokchilar anonim ovoz berish orqali o‘z ishonch darajasini baholaydi (10 ballik tizimda).
• Masalan: Kelgusi yili 200 mlrd so‘m qilamiz, bunga qanchalik ishonamiz?
• Agar o‘rtacha ball 7 dan past bo‘lsa, miqdorni kamaytiramiz va yana ovoz beramiz.

7. G‘oyalarni yozib olish va rejalashtirish
Barcha g‘oyalar hujjatlashtiriladi.
• Strategik sessiyadan keyin ular aniq moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan yillik rejaga aylantiriladi.

Bu sessiyani yil boshida o‘tkazishni juda tavsiya qilaman!
Jamoaga yangi g‘oyalar kiradi, energiya paydo bo‘ladi, siz ham motivatsiya olasiz! 🔥

Strategik sessiya haqida birinchi bor eshitkanlar “🤯” bosamiz.

@nodirbek_abdulhaev
📝 O'zi Aqilli

“O’zi aqlli-ku, lekin dangasa”.

Ota-onalar o’qimaydigan farzandlariga eng ko’p beradigan ta’rif.

Kattalar orasida ham - aqlli, dangasalar uchrab turadi. Istalgan mavzuda fikri bor. Bir nimani qoyillatmagan.

Do’stlar, aqllilik va dangasalik bitta odamda yig’ilmaydi.

Putin aytganidek, hammamiz dangasamiz)

Aqlli odam, dangasaligini yenga olgan odam.

Aqlli odam, o’sha aqlini ishlatib, bir nima qila olgan odam.

Dangasalikka yengilgan, o’yin kulgiga berilganlarda - haqiqiy aqlni ko’ra olmaymiz.

Yo’qotilgan dahoning aqliy qoldiqlari sezilib turadi, xolos.

@nodirbek_abdulhaev
💯2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskva shahriga ikkita yirik tadbir o’tkazgani keldim.

Hozirda Moskvadaman. Bu yerga tekstil sohasidagi 20 dan ortiq korxonani olib kelganmiz.

Intertkan.Vesna ko’rgazmasiga va aynan o’zimiz boshchiligimizda tashkil qilingan Rossiya-O’zbekiston B2B uchrashuvlariga tadbirkorlar bo’yicha bosh qilib yuborishdi 🤯

Shuncha odamga javobgar bo’lish oson emas ekan…

⏱️ 09:30

@nodirbek_abdulhaev
5😁1
Ko’rgazma pavilioniga yetib keldik.

Albatta Rossiya oldingidaqqa dunyoni birlashtiradigan markaz emas.

Ammo bu uning 150 millionlik axolisiga hech narsa sotsa bo’lmaydi degani xam emas, demakki yaxshilab ishlansa albatta natija bo’ladi.

Rossiya bozorida kurashyotgan xozirda bu Turkiya, Xitoy va O’zbekiston bo’lmoqda, davlatimiz korxonalari ko’pliginj ko’rib xursand bo’ldim.

⏱️ 12:00

@nodirbek_abdulhaev
4
Intertkan ko’rgazmasi doirasida “Chestniy znak” bo’yicha Seminar o’tkazilmoqda.

Rossiya bilan ishlab kelayotkan korxonalar biladi yangi Markirovka tizimini yo’lgan qo’ygan.

Bugun bu bo’yicha seminar o’tkazildi.

Agar kanalimda shu yuzasidan muammoga dush kelganlar bo’lsa kontaktlarini qoldiraman:

+7 926 007 27 33
@VarvaraMikhailova101185

⏱️ 13:45

@nodirbek_abdulhaev
4
Mehmonxonaga keldim. Charchadim. Aylangani olib boring deyishyapti - qorin och bo’lmaganda bormasdim bir nima topib 😅

⏱️ 16:55

@nodirbek_abdulhaev
3🔥1
"Doim ochiq bo‘lsangiz, eshikka nima hojat?!" — KFC

KFC o‘zining 24/7 xizmatini shunchalik ishonch bilan targ‘ibot qilyaptiki, hattoki Dubaydagi ba’zi filiallaridan eshiklarni olib tashladi!

Endi siz Dubayda KFC yegingiz kelib qolsa, eshik itarishingiz ham shart emas — chunki u doim ochiq!

Bundan oldin ham mashhur bir ovqatlanish tarmog‘i o‘zining 24/7 xizmatini reklama qilish uchun bu usuldan foydalangan.

U qaysi kompaniya deb o‘ylaysiz?

@nodirbek_abdulhaev