Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
713 photos
262 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Xudo berganni bolasi - 15 da bosh bo’larkan.

Xudo urganni bolasi - 30 da xam yosh bo’larkan.

Qancha chuqur mano…

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adidas Nike hech qachon qilmaydigan ishni qildi

Biznes va marketingda bozor segmentatsiyasi degan tushuncha bor. Ya’ni har bir brend o‘z mijozlarini aniq belgilangan yo‘nalishda qamrab oladi va aynan ularning ehtiyojlariga mos mahsulot yoki xizmatni taklif qiladi. Sodda qilib aytganda, hammaga mahsulot sotish imkonsiz.

Yillar davomida Adidas va Nike sport kiyimlari bozorini bo‘lishib, bir xil tilda "gaplashdi"— mijozlarini o‘z chegaralaridan chiqishga, har kuni yaxshiroq bo‘lishga va o‘zlarining kimligini isbotlashga undadi.

Nike: “Just do it” dedi. Adidas esa: “Impossible is nothing” deya jar solib keldi.

Ammo o‘tgan yili Adidas sekin, biroq kuchli pozitsiya o‘zgarishini amalga oshirdi — ohanglarini yumshatdi.

Sport kiyimlari magnati “Hammamizga bizga ishonishga undaydigan kimdir kerak” kampaniyasi bilan o‘zining yangi brend pozitsiyasiga to‘liq o‘tdi.

Endi u shunchaki kuchliroq harakat qilishga majburlamaydi, balki yonimizda yelkama-yelka turib: "Siz o‘zingizga ishonmaguningizcha, biz sizga ishonamiz” deb ruhiy dalda beradi.

Va nihoyat, Adidasning brend strategiyasi o‘z DNKsini mukammal aks ettira oldi:
— Kamroq bosim, ko‘proq rivojlanish;
— Kamroq raqobat, ko‘proq hamjamiyat;
— Kamroq "qattiqroq harakat qil", ko‘proq "davom et".

Bu o‘zgarish o‘tmishdan voz kechish emas, balki Adidasning o‘z ildizlariga qaytishidir.

Bu shunchaki yangi shior emas — bu brend falsafasining tubdan o‘zgarishidir.

@nodirbek_abdulhaev
Kecha iftor uchun “Anjir” restoraniga bordik.

Oldin “Samarqand oshi” desa uncha yoqtirmasdim.


Ammo kecha…

Tog’risi juda xaaam yoqdi. Bunaqa zo’r osh yemagan edim bugungacha.

Rasmda Vodiyning bir guruh yetuk tekstil tadbirkorlari.

12.03.2025 / 21:00

@nodirbek_abdulhaev
🔥3
Bizning kelishdan eng asosiy maqsadimiz - O’zbekiston - Rossiya B2B uchrashuvlari.

O’zbekistondan 25 dan ortiq korxonani bu yerga Subsidiya orqali olib keldik.

Rossiyadan esa, bir nechta Rossiyadagi hamkorlarimiz yordamida 80 dan ortiq sellerlar tashrif buyurdi (BUM 🤯🔥 bo’ldi).

Odam tiqilinch, bir guruh tadbirkorlar rus tili bilmaydi yordam berdik. Qisqasi yaxshigina “zapara” bo’ldi.

Alhamdulillah juda xam xursandman. Juda xavotirda edim, Allohim muvafaqqiyatli o’tkazib oldik.

13.03.2025 / 10:00

@nodirbek_abdulhaev
👍32
Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
Photo
Moskvaning eng chiroyli go’shalaridan biri bu - VDNX.

Eng quvonarlisi bunchalik “shovinist” Rossiyada “O’zbekiston” pavilioni borligi, u juda xam go’zal.

Qozog’iston, Qirg’izston, Armaniston, Belorussiya, Ukraina (nomini o’zgartirishibti) “vashee” chiroyli qilib tayyorlangan, ichida shu millatning SSSR davridagi hayoti va hozirgi zamonaviy millat haqida tushuncha olasiz.

Qisqa qilganda, VDNX - bu SSSR tarixini ko’rsatuvchi tematik park.

13.03.2025 / 16:00


@nodirbek_abdulhaev
2