Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
#Marketing

   Filip Kotler, «Marketing A dan Z gacha» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

• Biznesni reklamasiz yuritish — bu qorong‘u xonada qizga ko‘z qisish bilan barobardir.

• Brendlashtirishning maqsadi mahsulot uchun o‘z qiymatidan kattaroq daromad olishdir.

• Kompaniyaning ichki tub o‘zlarishlari tezligi tashqi o‘zgarishlar tezligidan orqada qolsa, biznesning oxiri yaqindir. (General Electronics)

• «Biz bozorlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaymiz, biz ularni yaratamiz».

• Kompaniyaning maqsadi — iste'molchini yaratish.

• Biznes ikkita, faqat ikkita bosh funksiyaga ega: marketing va innovatsiya.

• Mijoz bizning mulklarda eng yoqimli mehmon. U bizning izmimizda emas, biz uning izmidamiz. U bizning biznesga begona emas, u bu biznesning bir qismidir. Biz unga xizmat ko‘rsatmaymiz, u bizga o‘ziga xizmat ko‘rsatishga ijozat bergani uchun unga xizmat ko‘rsatyapmiz. (L.L.Veap)

• Ford kompaniyasining ishchilaridan biri: «Agar iste'molchi bizni boshqarmasa, bizning mashinalarni ham boshqarmaydi» degan edi.

• Bizning mijozlar bizdan shuning uchun mamnunlarki, chunki biz hech qachon o‘zimizdan mamnun emasmiz. (Honda)

• «Bizning xodimlar — mening eng birinchi mijozimdir». (The Body Shopping)

• Sen o‘z xodimlaring bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatmaguningcha, mijozlar bilan hech qachon yaxshi munosabatlar o‘rnata olmaysan (Uolt Disney)

• Biz mijozlar haqida qayg‘urishga moyilligi bor odamlarni izlaymiz (Jeff Bezos)

• Faqat mijoz bizning barchamizni ishdan bo‘shata oladi. (Sem Uolton)

• To‘lov vedemostiga nechta odam kiritishni rahbariyat emas, mijozlar hal qiladi. (Larra Bossi)

• Kompaniyaning ravnaqi haqida o‘ylamanglar — mijozning ravnaqi haqida o‘ylanglar. (Land's End)


@nodirbek_abdulhaev
Junayd Bag'dodiy rohimahullohdan so'rashdi:
— Muruvvat nima?
U zot javob berdi:
Muruvvat bu birodarlaringning
xatolariga sabr qilishingdir
!

@nodirbek_abdulhaev
2
"Ey singlim!
Sendan aka-ukalari bilan,
pochchasi bilan yoki
boshqa erkak qarindoshlari
bilan o'tirmasligingni,
ular bilan hazillashmasligingni,
ular bilan uzoq suhbatlashmasligingni
talab qiladigan,
faqatgina ayollar bilan
suhbatlashishingni
talab qiladigan
yigitgagina turmushga chiq.

Do'sti ziyoratga kelganida
sendan ularning oldiga
ovqat olib kirmasligingni
talab qiladigan,
do'stlari borligida
hatto soyangni ko'rinishini,
ovozing chiqishini ham
istamaydigan yigitga
turmushga chiq.
Solih boshliqni tanla.
Zero qo'l ostidagilarni
kelajakda u boshqaradi!".

#MustafoMahmud

@nodirbek_abdulhaev
2👍1🔥1
- Kitoblarning sehri nimada?
- Kitoblarda hech qanday sir, hech qanday sehr yo‘q. Sehr ularda aytilayotgan gaplarda.

Kitobdagi birgina jumla ham insonga kuchli ta’sir etishi mumkin. Yurak "jiz" etgan o‘sha iqtibos kimningdir hayotiy shioriga aylanadi, kimningdir profil rasmidan joy oladi va yana kimningdir to‘g‘ri qaror qilishiga yordamchi bo‘ladi.

Kitoblardan olgan bir nechta iqtiboslarimizni siz bilan bo‘lishyapman. O‘qib chiqing va o‘zingizning sevimli iqtibosingizni izohlarda yozib qoldiring👇✍️

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
42 mln. ko’rishlar.

Va ularning katta qismi videoning yakunini xali xam kutmoqda 😅

🔗chef__pier
🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asaxiy do’konidan “Anomaliya” kitobining kreativ reklamasi.

“U eshikni taqillatadi


Ochsangiz - bir olam taassurot, turli hissiyotlar, tajriba va kutilmagan burilishlar, ochmasangiz - doimiy bir tekis hayot va maishiy muammolar…

O‘zingiz tanlang.”

@nodirbek_abdulhaev
2
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokotuh!

Xurmatli kanalim obunachilari mobodo kimdur Ramazonga exsonim bor deb kutganla bo’lsa shu bir oila yordam so’ragandi. Kimda xohishi bo’lsa:

Aloqa uchun: +998 88-397-77-52 (Ayol kishi)

@nodirbek_abdulhaev
⚡️O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining ulushi qancha?

2024 yilda O‘zbekistonda YaIM 1,45 kvadrillion so‘mni tashkil qildi va 6,5 foizlik o‘sish ko‘rsatdi.

Iqtisodiyotning asosiy qismi xizmatlar sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi bir necha yildan beri o‘z ulushini yo‘qotmoqda.

2021 yilda qishloq xo‘jaligi umumiy YaIMning 24,6 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu 18,3 foizgacha qisqardi.

Xizmatlar sohasi esa bu davrda 36,8 foizdan 45,2 foizgacha o‘sdi.

O‘zbekiston bir paytlar agrar mamlakat deb qaralardi, endi esa xizmat sektori ustunlik qilmoqda. Bu rivojlanayotgan mamlakat uchun tabiiy jarayon.

Manbaa - Bankir

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar pulim juda xam ko’payib ketsa, albatta bir kun kelib ko’chib ketaman ♥️ bir muddatga albatta… to’ygunimcha 🌝

Pul ishlash uchun emas.

Namangan - one love 🔥

@nodirbek_abdulhaev
1🔥1
📝 Matoh!

"Matoh"ini ko'z-ko'z qiladigan odamda ichki hotirjamlik yo'q. U haliyam tashqaridan boshqalar uni "tan olishini" kutayotgan yosh bolaga o'xshaydi.


Yangi olgan uyimni yoki mashinamni ko'rsatsam, va nihoyat odamlar meni "qabul qilishadi" deb o'ylashadi.

"Matohlar" maqsad emas jarayonni bir bo'lagi bo'lishi kerak.

Narsalaringizni ko'z-ko'z qilib, o'zingizdan kuchsizlarnigina "lol" qoldirasiz.

Bunga qo’shimcha sifatida o’z fikrini kerak-kerakmas joyga aytaveradiganlarni xam qo’shgan bo’lardim. Fikringiz shunchalik arzonmi? So’ramasa xam aytaverasiz.

Sizdan kuchlilarni narsalari bilimlari yetarli va ularga siz “axmoq” emasligingizni isbotlashingiz ham shart emas.

O'zingizdan kuchli shaxslar ishonchini, qo'pol qilib aytganda "farosatingiz" bilan qozonasiz.

Tanlov o'zingizda.


@nodirbek_abdulhaev
🔥21