Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Trampning marketing taktikasi

Xabaringiz bor, yaqinda AQSh prezidenti saylovi bo‘ldi. Bu yilgi saylovda esa nomzodlar ovoz beruvchilarni juda noyob yo‘llar bilan jalb qilishdi. Har ikki qahramon uchun marketing taktikasi o‘ziga xos o‘rin tutdi. Xullas, cho‘zib o‘tirmaymiz — keling, Qo'shma Shtatlarning 47-prezidentiga aylangan Tramp qo‘llagan strategiyalarini ko‘rib chiqamiz:

1. Nostandart kommunikatsion kanallar — X va Twitch

Trampning xarakterini ko‘rsatib beruvchi muhim element — uning kommunikatsiyasi. Shunga u birinchi o‘rinda turadigan yangiliklar manbasini egalladi. O‘zining fikri va g‘oyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish uchun an‘anaviy ommaviy axborot vositalaridan foydalanmadi. Aksincha, gaplarini filtrlamaydigan X (sobiq "Twitter") ga joylash auditoriyaga ta’sir qiladigan haqiqiylik hissini berdi.

Bundan tashqari, Tramp yosh avlod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun, video o‘yinlarni namoyish etadigan "Twitch" platformasidan ham foydalangan. Namoyishlar va nutqlarni translatsiya qilib, siyosatga qiziqmaydigan ovoz beruvchilar qatlamini qamrab olishga xarakat qildi. Twitch’dagi foydalanuvchilar platformadan siyosiy xabarlar uchun foydalanishni tanqid qilishgan bo‘lsa ham, Tramp bunga e'tibor bermadi.

2. Podkast yangi siyosiy vosita

Bu yilgi saylovda podkastlar ikkinchi muhim kommunikatsiya vositasi bo‘ldi. Saylovdan oldin D. Trump "The Joe Rogan Experience" podkastida qatnashgan edi. Qizig‘i Kamala Harris ham "Call her Daddy" podkastida ko‘rinish berdi. Lekin birinchi nomzodning auditoriyasi kattaroq chiqdi: ko'rishlar soni 2 kun ichida 30 mlndan oshdi.

3 soatlik tahrirlanmagan va ochiq suhbatdan keyin odamlar bilan muloqot qilish osonroq bo‘ldi.

3. Inflyuyenserlar bilan ishlash

Trampning eng qiziq faolliklaridan biri — Logan Pol va Adin Ross kabi yutuberlar bilan hamkorligi edi. Bu narsa siyosatga qiziqmaydigan yoshlarni ular eng faol bo‘lgan platformalar orqali jalb qildi. Yosh avlod asosan Kamala Harris tomonida bo‘lsa ham, Trampning maqsadi ushbu demografik guruh bilan bog‘lanib, ularning tilida muloqot qilishini ko‘rsatish edi.

4. Raqibga qarshi strategiya


Trampning navbatdagi noodatiy ishi AQSh do‘konlariga "Kamala Harrisning yutuqlari" nomli kitob chiqarishi bo‘ldi, ammo u bo‘m-bo‘sh sahifalardan iborat, xolos. Bu ishdan tashqari, Tramp o‘z sahifalarida auditoriyaga ta’sir o‘tkazish uchun Kamalaning siyosatini tanqid qiluvchi postlar ham joylagan edi.

Xullas, Trampning bu yilgi faolliklari o‘ziga xos va qiziqarli bo‘ldi. Uning marketing strategiyasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti va noan’anaviy taktikasi — mahorat darsi. Kamida u natija berdi.

Manba


@nodirbek_abdulhaev
2
Juma namozidan lavha:

Mav'iza vaqtidagi ikki qiziq holat!

🌷 Allohim ketar chog'imizni o'zing go'zal qilgin!

———

Bir kanaldan oldim. Chunki bu holatni juda ko’p kuzataman. Qizi bilan yozishadi, biznesini xal qilishga harakat qiladi. Ey birodarlar Namozga kirishdan maqsad “Выпендрёж” mi?

Hafa bo’lmang-u, kirmasangiz xam hech kim betingizga solmaydi. Lekin kirdingizmi Allohga muhabbat sabab kiring.

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Har bir burger Pepsi'ga loyiq": Pepsi va Coca-Cola "jangi"ning navbatdagi qismi

Ko'pchilik Pepsi va Coca-Cola ichimliklari o'rtasidagi "marketing jangi"dan yaxshi xabardor. Ba'zi odamlar bu "serial"ni intiq kutishadi hatto. Kuni kecha Pepsi uning navbatdagi "sonini" e'lon qildi.

Ular "Undercover Cups Blue Brand" nomli operatsiya doirasida Cola bilan ishlaydigan mashhur fast-fud tarmoqlaridagi xo'randalarning ichimligini Pepsi'ga almashtirib ketishdi. Mijozlar bundan hayron, ammo uni tatib ko'rgandan keyin esa u yoqqanini aytadi (bu yonida maxsus o'tirgan kishidagi yashirin kameraga tushiriladi).

Bu Yangi yiloldi qiziqarli video bo'ldi, endi brendlar bayramga tayyorgarlik ko'rishadi. Balki yaqin orada Cola'dan javob ham qaytib qolar.

Aytgancha, o'sha azaliy bahsga qaytsak: sizga qaysi birining ta'mi ko'proq yoqadi?

@nodirbek_abdulhaev
2
Qadimda ezgu ishlarni ko'p qilishardi, lekin gapirishmasdi.

Keyin,
ham qiladigan,
ham gapiradiganlar keldi.

Endi esa faqat gapirishmoqda.

@nodirbek_abdulhaev
2👍1
Oldinroq, Elon Musk «Optimus» Tesla robotini taqdim etgandi.

Tesla robot — uydagi ishlarga ko‘maklashadigan odamsimon assistent. Bozorga boradi, ko‘cha supuradi, bolalarga qaraydi. Deyarli hamma narsani qiladi.

Yaqinda Tesla shu robotni Kim Kardashianga jo‘natdi. Inflyuyenser esa assistentning imkoniyatlarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib berdi. Natijada — robot bo‘yicha qidiruvlar ko‘paydi.

Musk robotlarning narxi 20-30 ming dollar bo‘lishini aytgandi. 2026-yilgacha chiqish rejalashtirilgan.

@nodirbek_abdulhaev
3
Vafo

Sen bilan birga safarni
boshlaydigan kishini
topish oson.
Ammo uni sen bilan
yakunlaydigan kishini
topish qiyin.

Ibtido doimo go'zal.

Ammo intiho faqatgina vafolilarnikidir!

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥11👍1
Bugun kunimiz zo’r o’tdi. Alhamdulillah.

-
Ikki korxona bilan muzokara qilib o’rtasida Islom moliyasi bo’yicha sherikchilik masalasida (Muzoraba) kelishuvlari uchun biznes reja tayyorlash bo’yicha va kelgusida u biznesni tog’ri rivojlantirish to’g’risida konsultatsiya berdik.

- Farg’ona viloyatining 10 ta tekstil korxonlari bilan norasmiy shaklda Master Maynd o’tkazdik.
Master Mayndda, HR, Marketing, Export va Avtomatizatsiya bo’yicha maslaxatlar bilan bo’lishdik.

Aynan bugun qilayotgan ishim foydali va qiziqarli ekanligini his qildim.

Hozir uyga qaytyapman..

@nodirbek_abdulhaev
3
Erkakni baxtli qiluvchi besh narsa:

🔹 hamfikr xotin
🔹 tarbiyali farzandlar
🔹 sodiq do’stlar
🔹 yaxshi qo’shnilar
🔹 rizqni o’z yurtida topish

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥21
Sariq rangning oʻzi e’tiborni tortadimi? Spoyler: yoʻq

E’tiborni qip-qizil rang, yorqin sariq yoki pushti rang tortadi deb o‘ylaymiz. Bu fikr bizga eski damlardagi haqiqatdan meros.

Haqiqat nimadan iborat edi? Avval yorqin ranglar kam bo‘lgan. Shuning uchun qip-qizil rangni o‘zi e’tiborni tortish uchun yetarli bo‘lgan. Hozir-chi? Hammayoq rang-barang. LED ekranlar. Smartfon. Ranglarga to‘yinib ketganmiz.

Hozir noodatiylik e’tiborni tortadi. Shunaqa kreativ ishlar ko‘payotgani quvonarli. Qamar do‘konidan rasm yaxshi misol.

@nodirbek_abdulhaev
4
Qachonki "Bilmayman" pozitsiyasida bo'lsangiz bilmagan narsalaringiz ko'pligini bilib olasiz.

Bilimlaringiz, tajribalaringiz albatta o'zingizniki va u doimo mavjud.
Ammo inson bilganlarini bir qutiga olib, bilmayman pozitsiyasida tursagina yangi bilimlarni oson qabul qiladi. Umuman qabul qilishga imkoniyat paydo bo’ladi.

Qabul qilingan bilimlarni esa avvalgi bilimlaringiz bilan keyinroq tahlil qilishingiz, solishtirishingiz va xulosa qilishingiz mumkin bo'ladi.

@nodirbek_abdulhaev
3
Shein: «Fast fashion»ni sekinlashtirgan kompaniya

Bilmaydiganlar bo‘lsa, Shein — xitoyning eng mashhur kiyim ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

So‘nggi ikki yil ichida Shein onlayn moda sanoatida tez ko‘tarildi: 2023-yilda AQSh bozorining 40 foizini egallab, «Zara» va «H&M»larni ortda qoldirdi.

Hozir shu kompaniyaning muvaffaqiyati haqida gaplashamiz: sun’iy intellektdan foydalanishi, plagiat, tekin reklama.

Sotish taktikasi

Bugungi kunda Shein veb-sayti foydalanuvchilari boshqa kiyim platformalriga qaraganda ikki baravar ko‘p vaqt o‘tkazishar ekan.

Kompaniyaning veb-saytida foydalanuvchilarni faoliyatini kuzatadigan texnologiya bor. Masalan, siz qaysidir mahsulotga qiziqib, uni savatchaga qo‘shsangiz, Shein buni e'tiborga oladi va shu mahsulotga o‘xshagan bir nechta dizayn yaratadi.

Qizig‘i, bu tizim real vaqtda ishlaydi. Agar yangi dizayn yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, Shein platformasi avtomatik ravishda shu dizaynni yana bir martda buyurtmaga beradi.

Umuman olganda, veb-saytni cheksiz aylantirish mumkin.

Bilasizmi, nimaga? Chunki kompaniya kuniga 10 mingtagacha yangi mahsulot qo‘shadi. Bekorga Shein «fast fashion» emas, «ultra fast fashion» deb atalmaydi.

Marketing

Shein'ning marketing usullari oddiy: inflyuyenserlar bilan ishlaydi, chegirmalar haqida push xabarlar jo‘natadi.

Geymifikatsiya bor, aytganday. Odamlar vaqtlarini ilovada ko‘proq sarflashi uchun bonus ballar tizimi. Masalan, har kuni ilovaga kirsangiz — 50 ball. Oddiy sxema: 100 ball = $1.

Shein'ni mashhur qilgan yana bitta barsa bor — insonlarning reklamasi. Kompaniyaning tovarlari juda past: futbolka - 2 dollar, shim - 7. Odamlar esa arzimagan pulga qancha narsa olganini ko‘rsatib, brendga juda ko‘p foyda keltirishgan. Marketingda bu narsa «free media» deyiladi.

Bundan tashqari, Shein o‘zining muammolari bilan ham mashhur: ekologiyaga zarar, mehnat ekspluatatsiyasi, plagiat. Oxirgisiga kelsak, Shein «chopishga» usta. Hozirgi paytgacha kompaniya 50 martadan ko‘proq mualliflik huquqini buzgan.

Bularga qaramasdan, hech qanday ayblov Shein'ga ta'sir qilmadi.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda kompaniyaning daromadi 2 milliard dollarni tashkil etgan. Hozirgi kunda Shein dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida mavjud. Yaqinda esa O‘zbekistonga ham kirib keldi.

@nodirbek_abdulhaev
3
Nimaga sariyog‘ va margarin
o‘rtasida farq bor?

— Sariyog' asosan sutdan tayyorlanadi tarkibida tabiiy yog'lar, sut oqsillari va suv mavjud. Sariyog'ning yog' tarkibi odatda 80% dan 82% gacha bo'ladi.

— Margarin esa turli xil o'simlik va hayvon yog'laridan tayyorlanadi. Uning tarkibida kamida 80% yog' bo'lishi kerak, lekin u ko'pincha sun'iy emulsifikatorlar, rang beruvchi moddalar va boshqa qo'shimchalar bilan boyitiladi.

@nodirbek_abdulhaev
3👍2
Xayrulla Hamidov official
Ну и ҳимоя… @xayrulla_hamidov
Voy, mazza qildim.. bo’lar ekan-u.

Bu kallar bilan faqat yutamiz shekilli 😅

@nodirbek_abdulhaev
3
LED-parket bilan qoplangan birinchi stadion

Myunxendagi «BMW Park» arenasi LED-parket (video pol) o‘rnatgan birinchi joy bo‘ldi. Buni o‘rnatish uchun tahminan millionta LED ekran ishlab chiqilgan

BMW Park — Bavariya basketbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Endi basketbol o‘yinlaridan tashqari, vizual effektlarga ega har qanday tadbirlarni qabul qilsa bo‘lar ekan.

@nodirbek_abdulhaev
3
Ikki inson oqar suvga tushsa.

Biri musulmon, biri musulmon emas - kim tirik qoladi?

Albatta suzishni bilgan tirik qoladi.

Biz sabablar dunyosida yashayapmiz. Alloh hayotimizni sabablarga bog’lagan.

Biz bir maqsad qo’ydikmi albatta sababini qilishimiz shart.

Sababini qilib - natijasiga rozi bo’lishimiz kerak. Natija - Allohdan.

O’sha siz xoxlagan narsa bo’lmadimi? Demak buni Alloh istamadi.

Bizga yaxshirog’ini, bizga mosrog’ini beradi Alloh.

Eng asosiysi biz loyiq bo’lgan vaqtimizda beradi.

So’rashdan to’xtamang.

@nodirbek_abdulhaev
3🕊1
Oldin odamlar gavjum,
markazlashgan joyda
yashashni orzu qilardim.


Vodiyda tug'ilganim uchun
poytaxtda yashashni o'ylab,
maqsad qilardim.

Bu maqsad birinchi bor Toshkentga kelguncha edi…

Hozir odamlardan uzoqda
bo'lishni judayam xohlayman. Namanganni yaxshi ko’raman. Chunki yashashga vaqtim bor.
Mayli o’sha osmono’par binolar bo’lmasa xam.


#Mustaqrib

@nodirbek_abdulhaev
5❤‍🔥1