Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
716 photos
264 videos
2 files
115 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
#keyslar

Apple: Brendni marketing orqali qanday kultga aylantirish mumkin

Apple dunyodagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri boʻlib, uning muvaffaqiyati nafaqat sifatli mahsulotlarda, balki mohir marketingda hamdir. Kompaniya oʻz mijozlari bilan nafaqat qurilmalar, balki butun hayot tarzini taklif etish orqali hissiy aloqa oʻrnatgan.

Masalan, Apple-ning yangi mahsulotlarini taqdimoti doimo katta qiziqish va muhokama bilan birga boʻladi, oddiy mahsulotni orzu ob’ektiga aylantiradi. Bu yondashuv kompaniyaga sodiq mijozlar bazasini yaratishda yordam berdi, ular yangi mahsulotlar uchun ortiqcha pul toʻlashga tayyor boʻlib, ularni status va uslub belgisi deb hisoblaydilar.

Keling bir nechta omillarni ko’rib chiqamiz.
2🔥2👍1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Futzal tugadi. Shaxmatga qaytamiz.

O’zbekiston terma jamoasi afsuski mezbonlikda o’tayotgan chempionatda 1 ochko bilan guruhdan chiqa olmadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
POV: Dada, 21 yoshda qanaqa bo’lgansiz…

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥2🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tunanidagi maktabda zo’ravonlik yo’li bilan bolani darsdan olib chiqib ketilgan video tarqaldi.

Eshitishim bo’yicha bu o’z onasi va yaqinlari tomonidan qilingan emish.

——————
Umuman bola tarbiyasida “majburlash” qanchalik to’g’ri?

Siz farzandigizni “Militsiya xodimi” qilmoqchisiz, lekin u nima fikrda?

Sizningcha u xususiy maktabda o’qigani va ingliz tilini o’rgangani kelajagi uchun foyda… lekin undan so’radingizmi? Balkim unga xitoy tili ko’proq yoqar, balkim u shundoq xam davlat maktabida yaxshi o’qiyotkandir?

Bolalar psixikasini travma qiladigan birinchi insonlar bu albatta ota-onalar, yana nimadur bo’lsa o’qituvchisidan izlaysiz muammoni..

Nimaga chet eldan chiqyapti olimlar, buyuk shaxslar, chunki ularni eshitishadi eng avvalo ota-onasi.

Men kattaman ko’proq ko’rganman” - shu fikrda yashasak albatta bizdan Beruniy, Navoiylar chiqadi”!
#Kulgi

ENG MASHHUR YOLG‘ONLAR

— Seni laylaklar olib kelgan...
— Seni o‘ylab, tuni bilan uxlay olmadim...
— Ayollarning xunugi bo‘lmaydi...
— Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun...
— Huddi siz uchun tayyorlangandek, sizga juda yarashdi...
— Men uchun eng muhimi qalb go‘zalligi, yuz go‘zalligi emas...
— O‘tirsangiz, osh pishayotgan edi...
— Bizni taklif qilishdi, lekin biz bormadik...
— Orqasidan gapiryapman, shu yerda bo‘lsa yuziga ham aytaman...
— Oxirgisini sizga sotyapman, bundan boshqa qolmadi...

Obuna bo’lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
🥴2
#Foydali

Bir masala bilan juda qiziqib qoldim. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarini o’qishni boshladim va bazi bir kitoblarga ruxan tayyor emas ekanligimni anglab yettim. Shu sabab kitoblarini o’qishning tartibiga qiziqdim islom.uz saytida berilgan tartibni siz bilan bo’lishgim keldi.

- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning asarlarini o‘rganish tartibini taqdim qilmoqchiman. Ular quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich:
1. «Iymon».
2. «Sof tabiat dini».
3. «Amallar niyatga bog‘liqdir» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
4. «Mo‘minning me’roji» — mufassal namoz kitobi (kiril va lotin alifbolarida).
5. «Mo‘minning qalqoni» — mufassal ro‘za kitobi.
6. «Mo‘minning najoti» — mufassal zakot kitobi.
7. «Mo‘minning umr safari» — mufassal haj kitobi.
8. «Yol‘g‘on».
9. «Ijtimoiy odoblar».
10. «Baxtiyor oila».
11. «Isrof».
12. «Sunniy aqidalar».
13. «Ixtiloflar: sabablar, yechimlar».
14. «Vasatiya — hayot yo‘li».
15. «Tasavvuf haqida tasavvur».
16. «Samarqandning sara ulamolari».
17. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 1-qism.

Ikkinchi bosqich:
18. «Mukammal saodat yo‘li».
19. «Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar».
20. «Kifoya» (1, 2, 3-juzlar).
21. «Yaxshilik va silai rahm» (1, 2-juzlar).
22. «Bozor va unga bog‘liq masalalar».
23. «Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarning haqiqatlari».
24. «Din nasihatdir».
25. «Ochiq xat».
26. «Ruhiy tarbiya» (1, 2, 3-juzlar).
27. «Hadis va hayot» turkumi (1-10 juzlar).
28. «Zuhd va hayo» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
29. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 2-qism.

Uchinchi bosqich:
30. «Qur’on ilmlari».
31. «Tafsiri Hilol» (1, 2, 3-juzlar).
32. «Hadis va hayot» silsilasi (11-20 juzlar).
33. «Odoblar xazinasi» («Adabul Mufrad» 1, 2, 3, 4-juzlar).
34. «Mazhhablar — birlik ramzi».
35. «Sog‘lom bola».
36. «Hidojat imomi» (Imom Abu Mansur Moturidiy).
37. «Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
38. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 3-qism.

To‘rtinchi bosqich:
39. «Aqidatut-Tahoviya sharhining talkhisi».
40. «Tafsiri Hilol» (4, 5, 6-juzlar).
41. «Mustalahul hadis».
42. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam».
43. «Hadis va hayot» silsilasi (21-30 hamda 34, 35, 36, 37-juzlar).
44. «Xislatli hikmatlar sharhi» (1, 2, 3, 4, 5-juzlar).
45. «Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar».
46. «Usulul fiqh».
47. «Din nasihatdir» («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni).
48. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkum) 4-qism.

Erkin mavzular:
50. «Keksalarni e’zozlash».
51. «Mazhabsizlik — Islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’atdir».
52. «Zikr ahlidan so‘rang» (turkumi) 5-qism.
53. «Qarz va unga bog‘liq masalalar».
54. «Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi».
55. «Oltin silsila» («Sahihul Buxoriy»).

Umid qilamanki ushbu ma’lumot sizga xam manfaatli bo’ladi.

@nodirbek_abdulhaev
👍6🔥42
Bugun kitoblar juda ko‘p. Chunki yozuvchi ham, quruvchi ham kitob yozyapti.

Yozishni bilgan yozadi, bilmagan yozdiradi. Ularga tanishtiruv yozish juda og‘riqli. Ba’zan kitob degan muqaddas ne’matdan kishini bezdiradi.

Yaqinda qo‘limga bir kitob tushdi. Undagi birinchi hikoyani o‘qishim bilan kitob meni “yutib” yubordi. Kitobdan o‘rin olgan hikoyalarda biz uchun katta ibratlar bor.

Aslida har kimning ham hayotdagi maqsadlaridan biri farzandlarining kamoli. Bugun kishilar farzandi “katta” odam bo‘lishi uchun har narsa qilyapti: shahardagi eng yaxshi bog‘cha, chet tili to‘garagi, to‘rt-besh fandan repetitor, eng dongdor oliygoh, nomdor tashkilotda ish.

Ammo kun kelib ularning ko‘pi o‘g‘li yo qizidan noliydigan qariyaga aylanyapti. Sababi, qachondir u sabab farzandining tomog‘idan mazlumning bir luqma haqqi o‘tgan. Aynan shu barcha qilingan sa’y-harakatlarni yo‘qqa chiqaradi. Afsuski, bu bugunning kishisi uchun hazilomuz tuyulishi tayin.

Tavsiya qilmoqchi bo’lgan kitobim haqida ->
2
⚡️FIFA prezidenti Kubok finali, Andijon - Navbaxor o’yinini ko’rish uchun Farg’onaga keladi.

5-oktyabr kuni “Navbaxor” va “Andijon” jamoalari o’rtasida O’zbekiston kubogi finali o’tkaziladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvni bevosita “Istiqlol” stadionidan tomosha qilish uchun FIFA prezidenti Janni Infantino tashrif buyuradi.

——————

Sizningcha Jannining O’zbekistonga e’tibor boshqacha ko’payib boryaptimi? 😄

Yaxshilikka bo’lsin 🔥

@nodirbek_abdulhaev
👍4🤝2
#Sarkazm

Kambag‘al — ishlaydi va ishlaydi;
Boy — kambag‘allarni ishlatadi;
Askar — ikkalasini qo‘riqlaydi;
Soliq to‘lovchi — uchtasiga to‘laydi;
Bankir — to‘rttasini talaydi;
Advokat — beshovini aldaydi;
Doktor — oltovining pullarini oladi;
Qaroqchi — yettovini qo‘rqitadi;
Siyosatchi — yuqoridagi sakkiztasining hisobiga baxtli hayot kechiradi.

©️ Mark Tulliy Tsitseron

Obuna bo’lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍4
Millionerlarning moliyaviy prinsiplar

🎗️
Uy-joy sotib olishda oylik daromadingizning 25 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorini sarflang.

🎗️ Ozıq-ovqat mahsulotlariga oylik daromadingizning 10 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorini sarflang.

🎗️ Ko'ngil ochish uchun oylik daromadingizning 10 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorini sarflang.

🎗️ Oylik daromadingizning 5 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorini avtomobil krediti va lizinglariga sarflang.

🎗️ Ta'til uchun yillik daromadingizning 5 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorini sarflang.

🎗️ Qimor o'yinlaridan saqlaning. Lotereya bilietlarini sotib olish - bu o'yin-kulgi xarajatlariga kiradi.

🎗️ Kredit kartangizda qarzlarni to'plamang. Agar siz kredit karta orqali yashayotgan bo'lsangiz, bu sizning hozirgi turmush tarzlaringiz sizning imkoniyatlaringizga mos kelmasligini ko'rsatadi.

🎗️ Har doim aqll bilan sarmoya kiriting. Hech qachon sizni tezda boyitishga va'da beradigan moliyaviy piramidalarga sarmoya kiritmang.

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”

- Shavkat Mirziyoyev.

👍“Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlagan video rolikni albatta tomosha qiling!

@ibratfarzandlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
✉️ «Tasodiflarga ishonasizmi, kitobxonim?
Men ishonmayman. Chunki Alloh bor joyda tasodifga oʻrin yoʻq»

“Ishqqa oshiqman” kitobidan

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizda mavjud bo’lgan yagona cheklov bu biz miyyamizda yaratkanimizdir.

Obuna bo’lishni unutmang! 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍2
Shayx Muhammad Mutavalliy Sha'roviyning mashhur so‘zlaridan:

- Agar haqiqatni ayta olmasang, nohaqlikka ham olqishlama.

- Agar seni yomon ko‘radigan inson bo‘lmasa, bilgilki, sen muvaffaqiyatsiz odamsan.

- Allohning mulkida hech kim faqat Alloh xohlagan narsani qilishi mumkin.

- Allohdan berishi uchun emas, balki roziligini topish uchun ibodat qiling. Agar u rozi bo‘lsa, bergan ne’matlari bilan sizni hayratda qoldiradi.

- Musulmonlar yurtda kambag‘alni ko‘rsangiz, bilingki, u yerda uning molini o‘g‘irlayotgan boy bor.

- Otasi yo‘q odam tashvishga tushmasin. Parvardigori bor inson nimadan xavotir oladi?

- Basharning tadbirlaridan bezovta bo‘lmang. Ularning eng kuchli qilishi mumkin bo‘lgan narsa, Allohning amrini bajarishdir.

Obuna bo’lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda “Magnum” do’konida robot sotuvchi yo’lga qo’yilibti.

Obuna bo’lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi asr texnologiyalari — barcha ehtiyojlar uchun neyron tarmoqlar! Bu yerda zamonaviy sun’iy intellekt xizmatlari jamlangan — o‘qitishdan tortib fotomontajgacha, hatto chuqur qalbakilashtirish va tsenzurasiz tasvirlargacha.

birefnet — har qanday rasmda fonni olib tashlaydi
Otio — chat-botda katta hujjatlar va kitoblar bilan muloqot qilish imkonini beradi
AI Video Cut — uzun videolardan virusli TikToklar yasaydi
llamatutor — istalgan fanlar bo‘yicha testlar va vazifalar tuzadi
Gen-3 Alpha Turbo — bozordagi eng tezkor video generator
Code to Flowchart — kod bloklarini tushuntiradi va to‘g‘irlaydi
Webcrumbs — barcha veb-dizayn ishlarini o‘z zimmasiga oladi
Flux — tsenzurasiz rasmlar yaratuvchisi
DeepLiveCam — real vaqt rejimida veb-kamera orqali chuqur qalbakilashtirish hosil qiladi
Finegrain — tasvirlardan keraksiz obyektlarni olib tashlaydi

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍1
E’tibor bersangiz bular bilan faqatgina o’sha hayotida bir ro’mol o’ramagan ayollar (agar bularni shunday nomlash mumkin bo’lsa, aslida er sifat bo’lib yotipti) kurashyapti. O’zlari yashash tarzidan farq qilganimi bularni aybi?

O’sha erkinlik haqida bong uramiz, qani bu erkinlik?

O’sha Gomoseksuallar tarqagan Yevropada “Musulmon” O’zbekistondan ko’ra Islomga erkinlik ko’proq manimcha..

https://x.com/olmosiy1/status/1838709781483155701?s=12
Nega odamlar bilan muloqot qilish istagi yo'qoladi?

Odamlar bilan muloqot qilish istagingiz yo'qolganmi? Bunga sabab bo'layotgan 5 ta asosiy omil!

🔻 Siz zaifligingizni ko'rsatishdan qo'rqasiz. Atrofdagilar sizning zaif tomonlaringizdan foydalanishidan qo'rqib, yolg'izlikni afzal ko'rasiz. Bu o'zingizni himoya qilishning bir usuli.

🔻 Har bir insonda o'zingizni bir vaqtlar ranjitgan kishini ko'rasiz. Bu holat sizni himoyalanishga va muloqotdan qochishga majbur qiladi. Siz yangi og'riqdan qochmoqchisiz.

🔻 Atrofingizda sizga qiziqarli odamlar yo'q. Shuning uchun suhbatlashish sizga zerikarli tuyuladi va muloqot qilishga ishtiyoqingiz bo'lmaydi.

🔻 Siz rad etilishdan qo'rqasiz. Bu qo'rquv nafaqat yangi do'stlar orttirishni qiyinlashtiradi, balki o'z-o'zini baholashga ham salbiy ta'sir qiladi.

🔻 O'z his-tuyg'ularingizni ifoda etishda qiynalasiz. Odamlar sizni sovuqqon yoki yopiq inson deb o'ylashadi va bu ikki tomonlama muloqot qilish istagini kamaytiradi.

Yuqoridagi sabablar sizda bor ekanmi?
❤️ — BOR EKAN
🔥 — HAMMASI EMAS

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1