Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
136 subscribers
721 photos
265 videos
2 files
116 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
🔹Ichki qo'rqoqlikni qanday yengish mumkin?

🔹 O'zingizga yoqqan ishni endi boshladim deganingizda, hayolingizga boshqalarning siz haqingizda aytadigan fikrlari kela boshlaydi.

🔻 Ko'zlaringizni kattaroq oching! Ularning siz bilan ishi yo'q! Gapirdimi? Demak u botqoqlikda, sizni ham o'sha botqoqlikka tortish niyatida gapirmoqda. Ularga moslashishga, ular uchun ideal ko'rinishga harakat qilmang. O'zingiz, o'zingiz uchun ideal bo'ling.

🔹 Qo'rquvni yengishning yagona yo'li — o'zingiz qo'rqib turgan ishni qilishdir. Ha, bu juda oddiy, lekin qo'rquv tomon 1 qadam tashlaganingizda, sizni qiynayotgan hislarda qutilganingizni seza boshlaysiz.

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4
FLUGGI GROUP korxonasi SharqRavon MCHJ hamkorligida Almata shaxrida bo’lib o’tgan CENTRAL ASIA FASHION xalqaro ko’rgazmasini o’tkazdik.

Do’stim Mirzohid bilan Almata shahrida o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada muvaffaqiyatli ishtirok ettik.

Mirzohid Pavilyonda ko’rgazmadagi mijozlar bilan ishlagan bo’lsa, men Almataning yirik bozorlariga borib mijozimiz uchun potensial mijozlarga maxsulotini tanishtirish bilan shug’ilandim.

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
Qiyinchiliklarni yengib, dunyoga mashhur bo'lgan platforma

Airbnb asoschilarining qanday qilib barcha qiyinchiliklarni yengib, milliard dollarlik kompaniyaga aylanishgani haqidagi hikoya barchamiz uchun ilhom manbai bo'lishi mumkin. Bryayan Cheski va Jo Gebbiya oddiy talaba yigitlar edi, ular faqat ijara haqini to'lash uchun pul ishlashni istashgan. Ular boshlang'ich bosqichda ko'p marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi, lekin bu ularni orqaga qaytarmadi.

2007-yilda ular San-Fransiskoda yirik konferensiya paytida mehmonxonalarda joy topolmagan kishilar uchun o'zlarining kichik xizmatini taklif qilishdi: AirBed & Breakfast. Ular atigi uchta matras va nonushta tayyorlash bilan boshlashdi. Konferensiya tugagandan so'ng, mijozlar boshqa yirik shaharlarda ham shunday xizmatni kutishdi.

Ammo hamma narsa reja bo'yicha ketmadi. Bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so'ng, Cheski va Gebbiya xizmatni takomillashtirish va yangi strategiyalarni ishlab chiqishga majbur bo'ldi. Investorlar boshida ularni qo'llab-quvvatlamagan bo'lsa-da, ular taslim bo'lmay, yangi yondashuvlarni sinab ko'rdi. Qiziqarli va kreativ marketing kampaniyalari, masalan, Obama O's va Cap'n McCain's don mahsulotlarini sotish kabi harakatlar Airbnb'ni saqlab qolishga yordam berdi. Bu qadamlar ularning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirib, keyingi rivojlanish uchun zamin yaratdi.

Ularning hikoyasi bizga bir narsani o'rgatadi: muvaffaqiyat — bu faqat katta rejalardan iborat emas, balki qat'iyat va innovatsiyalar natijasidir. Airbnb bugungi kunda dunyo bo'ylab millionlab odamlar uchun tanish nomga aylandi, ammo bu natijaga erishish oson bo'lmagan. Yaxshi g'oya, qat'iyat va mijozlarga xizmat qilishga bo'lgan sadoqat har qanday qiyinchiliklarni yengib o'tishga yordam beradi.

—————————

Bu post bejizga tayyorlamadim. Aynan Almati shahriga safarimizni o’zim uchun ilk bor Airbnb dasturi orqali olgan kvartiramizda yashadik.

To’g’risi 175$ ga 5 kecha 2 kishi uchun juda zo’r narx!

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍42🔥1👏1
Capasity building training for local consultants in e-commerce and FinTech


Muvaffaqiyatli 3 kunlik treningni yakunlab oldik.

YTTB ning sertifikatini ovoldik.

Trening haqida qisqacha aytsam, FinTech assotsiatsiya tomonidan tashkil qilingan va Ayol biznes vakillarining elektron tijorat va FinTex sozasidagi muammolariga YTTb konsultatnlaridan maslaxatlar berishdagi yondashuvni takomillashtirish, sohaga suniy intelektni integratsiyalashdan iborat edi.

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
🔥21🏆1
https://uzum.uz/fluggi-store

Uzumda do’konimiz ish boshladi.

Kirib yangiliklardan ko’rib qo’yasizlar.
👍21
NAMANGANLIK O’QUVCHILAR JAMOASI YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI LOYIHASINI QO’LGA KIRITDI

Marketing va dasturlash yo’nalishida bankning 8 ming yevrolik loyihasini qo’lga kiritgan “FLUGGI” MCHJ maktab o’quvchilarini bir jamoada birlashtirib, IT sohasida bugungi kunda salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

Korxona rahbari Nodirbek Abdulxayev qo’l ostida malaka o’tab, ikki yildan beri veb–dasturlash va grafik dizayn sirlarini o’rgangan Namangan shahridagi 6-maktabning 7-sinf o’quvchisi Abdulaxad Inomov, Yangi Namangan tumanidagi 65-maktabning 6-sinf o’quvchisi Muhammad G’ulomovlar loyiha doirasida “ALIDOORF” kompaniyasi veb-saytining front end – foydalanuvchi qismini ikki oy ichida muvaffaqiyatli bajardi. Hozirda oyiga 500 AQSH dollari miqdorida daromad topayotgan o’quvchilar Yevropa davlatlaridan tushayotgan takliflar hamda sun’iy intellekt borasida qizg‘in ish olib bormoqda.

❗️❗️❗️ Bugun boshlang!

😉 Ushbu postni do’stlaringizga yuboring

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Tezroq ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
☎️ +998 555-006-005 | @fluggi_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Muvaffaqiyatga erishgan marketolog boʻlmoqchimisiz?

Ukrainalik marketologlar marketing olamida muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi 10 kitobni tavsiya qiladilar, ular orqali siz marketing strategiyalarini chuqurroq tushunib, iste'molchilarga samarali ta'sir o‘tkazishni o‘rganishingiz mumkin:

1. "Essensializm" - Greg Makkewon
Hayotni soddalashtirish va muhim narsalarga e'tibor qaratishga yordam beradi.

2. "Tinchlik yo‘li" - Dan Millman
Ichki tinchlik va kuchni topish haqida.

3. "SALE. Alximiya. Qanday qilib g‘aroyib g‘oyalar tug‘iladi" - Rory Sazerlend
Marketingni psixologiya prizmasi orqali o‘rganish haqida.

4. "Made to Stick" - Chip Heath va Dan Heath
G'oyalar qanday qilib uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi va muvaffaqiyatli bo‘ladi?

5. "Decoded" - Phil Barden Iste'molchining mahsulotlarni qabul qilish jarayonini tushuntiradi.

6. "Hamma yolg‘on gapiradi, lekin internet sizning fikrlaringizni biladi" - Seth Stephens-Davidowitz
Internetda qoldirayotgan raqamli izlarimizning ta’siri haqida.

7. "Tashvishlarni tashlab, ishni boshlang" - Richard Branson Britaniyalik tadbirkorning biznes yondashuvlari haqida.

8. "Influence: The Psychology of Persuasion" - Robert Cialdini
Ishontirish san'ati va uning psixologiyasi haqida.

9. "Hooked: How to Build Habit-Forming Products" - Nir Eyal
Mahsulotlarni foydalanuvchilarning odatiga aylantirish usullari.

10. "Atomic Habits" - James Clear
Kundalik odatlarni o‘zgartirish va yaxshilash haqida.

Ushbu kitoblar marketologlar uchun ulkan bilimlar manbai bo'lib, ularning kasbiy o'sishi va muvaffaqiyatga erishishida katta yordam beradi.

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
1
Asta sekin ishonib boryapman Internet qay darajada kuchga yetkanini…

Bitta video butun boshli 5-6 yillik yig’ilgan brendlarni sindirib tashlayapti.

iWash, Akmal Mirzo va bugungi InBazar bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Biz shunaqa ishlarda birdamlik ko’rsata olarkanmiz-ey! Qoyil.

Albatta bunaqa munosabat xodimlarga hech bir na madaniyat, na etika va inson qonunlariha to’gri keladi..

@nodirbek_abdulhaev
1