Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
136 subscribers
721 photos
265 videos
2 files
116 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
⚡️ Bugundan barcha oliygohlarda darslar boshlangan, talabalarga o'qishlarida zafarlar tilab qolaman.
2👍1🔥1
Jamoada teambuilding (tim bilding) - bu jamoa a’zolari o’rtasida ishonchni mustahkamlash, bir-birlarini yaxshiroq tushunish va samaradorlikni oshirish uchun o‘tkaziladigan faoliyatlar majmui.

Teambuilding eng avvalo ushbu jabhalarni rivojlantirishga yordam beradi:

1. Ma’no va maqsadni belgilash

2. Muloqotni yaxshilash

3. Muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish

4. Ishonchni mustahkamlash

Hozirda bizda tashkil qilingan teambilding turlari:

• Futbol o’yinlari
• Tabiatga chiqish, pikniklar, tog’ga chiqish
• Stol tennis, bilyard o’yinlari
• Play Station, Kompyuter o’yinlari
• Paintball
• Bir dasturxon oldida yig’ilish

Qadrdonlik muhitini yaratishga katta urg’u beramiz.

• Tashabbusni qo‘llab-quvvatlash: Jamoaning har bir a’zosini tashabbus ko‘rsatishga undash va ularning fikrlarini qadrlash muhitini yaratish muhimdir.
• Jamoa a’zolarini tan olish: Jamoa a’zolarining muvaffaqiyatlarini ommaviy tarzda tan olish, ularni rag‘batlantirish va qadrli ekanligini his qilishlari uchun imkoniyat yaratish.

Teambuilding orqali jamoa o‘rtasida ishonch, hamkorlik va birlikni mustahkamlash mumkin. Bu nafaqat jamoaning ish samaradorligini oshiradi, balki ularni yanada mustahkam va barqaror jamoaga aylantiradi.

🖊 Siz qanday turdagi timbilding turlarini ushbu ro’yxatga qo’shardingiz?

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
👍31🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Parijda bo’lib o’tgan Olimpiada va Paraolimpiada yakunlandi.

O’zbekiston faxr bilan aytaman, juda xam zo’r qatnashdi. Paraolimpiyachilarimiz ichida 3 karra ketma-ket yutkan paraolimpiyachilarimiz borligi bu albatta eng quvonarlisi.

Yana bir narsani tan olishimiz kerak, O’zbekiston PR-kompaniyasi juda xam zo’r ishlab berdi!

Butun Parij, butun Olimpiada bizni ko’rdi, bildi, birlashdi.

Muhlislik bo’yicha barcha rasmiy Olimpiyada va Paraolimpiada sahifalarini ko’rib chiqdim, #fans hashtagi ostida eng ko’pi bizning muhlislar!

Eng asosiysi PR kompaniya Yevropa uslublariga qurilmagan, aksincha O’zbek milliyligimiz bilan Yevropani sevdirdik.

Videoda ko’rib turganingizdek, “Shugina” o’yinini fransuz yigitlari o’ynashmoqda, albatta ular xam o’z “maxallasiga” borib shu o’yin haqida aytib berishadi, maqtanishadi.

Gap yo’q! Kim nima deb nolisa nolisin, lekin o’zgarishlar boooor…

@nodirbek_abdulhaev
2🔥2👏1
Gollar shousida g’alaba qozondik (Amalladik-a)

🇰🇬 Qirg’iz Respublikasi - 2-3 - O’zbekiston 🇺🇿
👍5
🔥 SAP Discovery Day Tashkent 2023 tadbirida ishtirok ettim.

Tadbir haqida gapirishdan oldin, qanday u yerga taklif olganim haqida qisqacha.

Oldin aytib o’tkanimdek bizni eng loyal loyihalarimizdan biri bu TEXTILE PRO GROUP korxonasi va shaxsan uni rahbari Abdulaziz Dadaxanov.
Meni va kompaniyamni rivojlanishiga katta qiziqish bildirgan inson.

Shu davrda, SAP Uzbekistan ichida katta o’zgarishlar bo’lib o’tti, O’zbekistondagi vakolatxonasidagi rahbar Laziz Adxamov istefoga chiqdi. Yangi rahbar Xasan Shoikramov o’ziga kuchli jamoa yig’moqchi edi.

Shu sabab u barcha tanishlariga Sales Executive lavozimiga odam qidirayotganini e’lon qildi. Qozog’istondagi vakolatxonada ishlaydigan Nail Abdulhakov Abdulaziz akaga aytkan va bulan mani recommendation beribtilar.

Xullas, bog’ladik ikkovlari bilan rezyumelar berdim. Yoqdi. Ushbu Forumga taklif qilishdi. Maxsulotlar bilan tanishib chiqdim va bir narsani anglab yettim “man xali bu darajadagi baland chekda sotishga o’quvim yo’q”.

Suxbatdan so’ng, yaxshi tanish bo’lib qoldik, kuchli networking yig’dim.

Tadbir doirasida biznesni raqamlashtirish sohasidagi muvaffaqiyatli hikoyalarni eshitdik va SAP tomonidan ishlab chiqilgan yangi innovatsiyalar bilan tanishdik.

14.06.2023 | Hilton Tashkent City mehmonxonasi, Toshkent, O’zbekiston

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
Bu turdagi odamlardan qoching

🔻Noliydiganlar. Bunday odamlar o'zlarining muammolari bilan sizni ko'mib tashlashadi, sizning ahvolingiz haqida so'rashni hayoliga ham keltirmaydi.

🔻Paxtachilar. Bunday odamlardan doim extiyot bo'lishga harakat qilishingiz kerak va hech qachon ularga ochilib, o'z sirlaringizni aytmang — aks holda muammolardan qutila olmaysiz.

🔻 Xudbin. Bu odamlar og'ir paytingizda sizga yordam berishlari darguman, qolaversa o'zlarining "men"i deb, sizni xafa qilishlari, shuningdek o'z foydalari uchun sizga zarar yetkazishlari mumkin.

Yuqoridagi hislatlar sizda bormi?
👍 — BOR
❤️ — YO'Q

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
4
Tadbir Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YETTB) "Kichik biznes uchun maslahatlar" dasturi doirasida tashkil etilgan biznes-nonushta bo'ldi.

Tadbir davomida YETTBning grant dasturi ko‘magida biznesni rivojlantirish bo‘yicha yechimlar haqida ma’lumot berildi, shuningdek, dastur vakillari va biznes maslahatchilari bilan networking yaratish imkoniyati taqdim etildi.

Bizning kompaniyamiz raqamli marketingning to‘liq spektrini taqdim etadi va buni prezentatsiya qilib berdik.

Mahalliy kompaniyalar, turli xizmat va ishlab chiqarish sohalari vakillari kompaniyamiz xizmatlariga katta qiziqish bildirdi. Bir qator kelishuvlarni muhokama qildik.

08.07.2023 | Grand Fergana mehmonxonasi, Farg‘ona, O‘zbekiston

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev