Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Qanday qilib moderatorsiz strategik sessiya o‘tkazish mumkin?

“Strategik sessiya” so‘zini aytishingiz bilan moderatsiya narxiga nollar qo‘shilib ketishini sezganmisiz? 1 kunlik strategik sessiya uchun 10 mln so‘m – bu hatto arzon hisoblanadi. Agentliklarda narxlar 30-50 mln so‘mgacha boradi. 🤪

Lekin strategik sessiyani moderatorsiz ham o‘tkazish mumkinmi?
Ha, albatta! Jamoangizdan kimnidir moderator sifatida tanlang. U sessiyani reja bo‘yicha olib boradi va vaqtni nazorat qiladi.

Quyida oddiy va samarali framework bilan bo‘lishaman:

0. Sessiyaning maqsadini aniqlash

Maqsadni aniq belgilab oling. Masalan, bizning sessiyamizning maqsadi shunday bo‘lgandi: 2025-yilda qanday qilib 4 baravar o‘sish mumkin?

1. Tayyorgarlik

Tayyorgarlik qanchalik yaxshi bo‘lsa, shuncha foydali g‘oyalar chiqadi. Ideal holatda sessiyadan oldin quyidagilarni tayyorlash kerak:
• Bozor tahlili
• Mijozlar tadqiqoti
• Case-study natijalari
• Moliya ko‘rsatkichlari

Bularning barchasini qisqacha taqdimot shaklida sessiya boshida ko‘rib chiqamiz.

2. G‘oyalar yaratish
• Jamoani kichik guruhlarga bo‘ling.
• Har bir ishtirokchi kelasi yili biznesni o‘stirish bo‘yicha o‘z fikrlarini yozib chiqadi (10 daqiqa).
• Keyin ishtirokchilar guruhlarni o‘zgartiradi va fikr almashish yana 3 marta takrorlanadi.
• Barcha g‘oyalar sessiyaning maqsadiga mos bo‘lishi kerak. (Masalan, “hamma narsani tekin tarqatamiz” degan taklif qabul qilinmaydi 😂).

3. G‘oyalarni aniqlashtirish
• 3 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘ling:
• 1 kishi g‘oyani taqdim etadi
• 1 kishi uni tanqid qiladi
• 1 kishi esa qo‘llab-quvvatlaydi
• Bu jarayon 3-4 marta takrorlanadi.
• Maqsad – ishlamaydigan yoki krinj g‘oyalarni yo‘q qilish va eng kuchlilarini qoldirish.

4. G‘oyalarni taqdim etish
• Har bir ishtirokchi flipchart oldiga chiqib, o‘zining ishlab chiqilgan g‘oyasini taqdim etadi.
• G‘oya taxtaga yoziladi va u taxminan qancha daromad keltirishi mumkinligi hisoblab chiqiladi.

5. Natijalarni umumlashtirish
• Har bir yangi yechimning kutilayotgan daromadini qo‘shib chiqamiz.
• Qancha daromad keltirishi mumkinligini taxminan hisoblab chiqamiz.

6. Natijaga ishonchni baholash
• Ishtirokchilar anonim ovoz berish orqali o‘z ishonch darajasini baholaydi (10 ballik tizimda).
• Masalan: Kelgusi yili 200 mlrd so‘m qilamiz, bunga qanchalik ishonamiz?
• Agar o‘rtacha ball 7 dan past bo‘lsa, miqdorni kamaytiramiz va yana ovoz beramiz.

7. G‘oyalarni yozib olish va rejalashtirish
Barcha g‘oyalar hujjatlashtiriladi.
• Strategik sessiyadan keyin ular aniq moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan yillik rejaga aylantiriladi.

Bu sessiyani yil boshida o‘tkazishni juda tavsiya qilaman!
Jamoaga yangi g‘oyalar kiradi, energiya paydo bo‘ladi, siz ham motivatsiya olasiz! 🔥

Strategik sessiya haqida birinchi bor eshitkanlar “🤯” bosamiz.

@nodirbek_abdulhaev
📝 O'zi Aqilli

“O’zi aqlli-ku, lekin dangasa”.

Ota-onalar o’qimaydigan farzandlariga eng ko’p beradigan ta’rif.

Kattalar orasida ham - aqlli, dangasalar uchrab turadi. Istalgan mavzuda fikri bor. Bir nimani qoyillatmagan.

Do’stlar, aqllilik va dangasalik bitta odamda yig’ilmaydi.

Putin aytganidek, hammamiz dangasamiz)

Aqlli odam, dangasaligini yenga olgan odam.

Aqlli odam, o’sha aqlini ishlatib, bir nima qila olgan odam.

Dangasalikka yengilgan, o’yin kulgiga berilganlarda - haqiqiy aqlni ko’ra olmaymiz.

Yo’qotilgan dahoning aqliy qoldiqlari sezilib turadi, xolos.

@nodirbek_abdulhaev
💯2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskva shahriga ikkita yirik tadbir o’tkazgani keldim.

Hozirda Moskvadaman. Bu yerga tekstil sohasidagi 20 dan ortiq korxonani olib kelganmiz.

Intertkan.Vesna ko’rgazmasiga va aynan o’zimiz boshchiligimizda tashkil qilingan Rossiya-O’zbekiston B2B uchrashuvlariga tadbirkorlar bo’yicha bosh qilib yuborishdi 🤯

Shuncha odamga javobgar bo’lish oson emas ekan…

⏱️ 09:30

@nodirbek_abdulhaev
5😁1
Ko’rgazma pavilioniga yetib keldik.

Albatta Rossiya oldingidaqqa dunyoni birlashtiradigan markaz emas.

Ammo bu uning 150 millionlik axolisiga hech narsa sotsa bo’lmaydi degani xam emas, demakki yaxshilab ishlansa albatta natija bo’ladi.

Rossiya bozorida kurashyotgan xozirda bu Turkiya, Xitoy va O’zbekiston bo’lmoqda, davlatimiz korxonalari ko’pliginj ko’rib xursand bo’ldim.

⏱️ 12:00

@nodirbek_abdulhaev
4
Intertkan ko’rgazmasi doirasida “Chestniy znak” bo’yicha Seminar o’tkazilmoqda.

Rossiya bilan ishlab kelayotkan korxonalar biladi yangi Markirovka tizimini yo’lgan qo’ygan.

Bugun bu bo’yicha seminar o’tkazildi.

Agar kanalimda shu yuzasidan muammoga dush kelganlar bo’lsa kontaktlarini qoldiraman:

+7 926 007 27 33
@VarvaraMikhailova101185

⏱️ 13:45

@nodirbek_abdulhaev
4
Mehmonxonaga keldim. Charchadim. Aylangani olib boring deyishyapti - qorin och bo’lmaganda bormasdim bir nima topib 😅

⏱️ 16:55

@nodirbek_abdulhaev
3🔥1
"Doim ochiq bo‘lsangiz, eshikka nima hojat?!" — KFC

KFC o‘zining 24/7 xizmatini shunchalik ishonch bilan targ‘ibot qilyaptiki, hattoki Dubaydagi ba’zi filiallaridan eshiklarni olib tashladi!

Endi siz Dubayda KFC yegingiz kelib qolsa, eshik itarishingiz ham shart emas — chunki u doim ochiq!

Bundan oldin ham mashhur bir ovqatlanish tarmog‘i o‘zining 24/7 xizmatini reklama qilish uchun bu usuldan foydalangan.

U qaysi kompaniya deb o‘ylaysiz?

@nodirbek_abdulhaev