Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
716 photos
264 videos
2 files
114 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
🌍 Ўзбекистон x Европа: Текстиль ишлаб чиқаришида янги имкониятлар 🇺🇿🤝🇩🇪

Ўзбекистон жаҳон текстиль бозорида ўз позициясини мустаҳкамлашда давом этмоқда! 🔥 Шу ҳафтада мамлакатга ARTIFEX CO. Ltd.**— Европанинг етакчи премиум бренди вакили ташриф буюрди.

Бу ташриф GUZ partners
, Gesamtmasche ҳамкорлигида ва Ўзтўқимачилик уюшмаси ҳодимлари кўмаги билан амалга оширилди. Мақсад — ўзбек корхоналарининг имкониятлари билан танишиш ва ҳамкорлик истиқболларини муҳокама қилиш.

👔 Ташриф доирасида 15 дан ортиқ фабрикалар кўриб чиқилди, жумладан: IDEAL, Molto Caldo, ADIM, FAZMAN, Teamdress, Mustang Textile, Sadokat Sanoat Servis, Yozvon Textile, Amira Textile, Yustex, Namuna Textile ва бошқалар.

📌 Ташрифнинг асосий натижалари:
Ўзбек фабрикаларининг юқори салоҳияти тасдиқланди!
Узоқ муддатли буюртмалар ва экспорт имкониятлари муҳокама қилинди.
Технология алмашинуви ва қўшма ишланмалар режалаштирилмоқда.
Жаҳон бозори учун ноёб коллекциялар яратишда янги қадам.

Бу ташриф Ўзбекистон текстиль саноати учун янги имкониятлар эшигини очмоқда, халқаро алоқаларни мустаҳкамламоқда ва мамлакатнинг мода ишлаб чиқариш соҳасидаги муҳим ўйинчи эканлигини тасдиқламоқда.

🔗 https://www.guz-partners.org/1297-2/

💬 Сиз бундай ҳамкорлик ҳақида нима деб ўйлайсиз? Ўзбекистонда яна қайси брендларни кўришни истар эдингиз? Фикрларингизни изоҳларда қолдиринг! 👇

#UzbekistanTextile #Artifex #Uztextilprom #FashionIndustry #GlobalPartnerships #TextileInnovation #MadeInUzbekistan
AQSHning Kaliforniya shtati AQSH tarkibidan chiqmoqchi...

— AQSH Grelandiya monarxiyasini qoʻshib olish fonida Kaliforniya shtati AQSHdan chiqishini bildirmoqda.

— Xabaringiz boʻlsa, AQSHning Kaliforniya shtati dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri boʻlib, uning yillik YALPI miqdori 2024-yilda $3 987 285 trln deb baholandi.

— Boshqa eng yirik shtatlar esa:
• Texas – $2 664 144 trln
• Nyu-York – $2 226 903 trln
• Florida – $1 647 446 trln
• Illinoys – $1 107 087 trln

— Maʼlumot uchun Markaziy Osiyo davlatlari:
• Qozogʻiston – $259,68 mlrd
• Oʻzbekiston – $115 mlrd
• Turkmaniston – $81,82 mlrd ($133 mlrd)
• Tojikiston – $68 mlrd
• Afgʻoniston – $14,93 mlrd

@nodirbek_abdulhaev
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universiteti xam muhim emas.

Shunchaki yangi g’oyalarga boy bo’lgan yoshlarni “daily routine” ga tiqib qo’yib ulardagi olovni so’ndirayotgan rahbarlar qancha..

Konservativ fikrlash, “aql boshda emas, tajriba va yoshda” deganlar bizni bir kun yo’q qiladi.

Shunchaki imkoniyat bersa edi bu yoshlarga tog’larni ag’darardi..

@nodirbek_abdulhaev
2
#meme

Bilgichlarning aytishicha, bugungi trendlar shu emish…

@nodirbek_abdulhaev
😁2💯2
📝 Qiynalmaysiz

Sport - qiyin, sog’liq pand berishni boshlaganda tiklash - yanada qiyinroq.


Muammolarni gaplashish qiyin, yechilmagan muammolardan kelgan arazlash, ajralish - qiyinroq.

O’qish, o’rganish qiyin. Bilimsizlik sabab yaxshi Ish topolmay tentirash - qiyinroq.

Qiyin ishlarni tanlaganda, aslida osonroq hayotni tanlayapmiz.

Oson yo’llarni tanlayotganda - qiyin hayotni tanlayapmiz. Shunchaki u hayot hali kelmagani uchun - bilmayapmiz.

Qiyin yo’llarni tanlang - qiynalmaysiz!

@nodirbek_abdulhaev
👍21
📝 Qiymat yaratishni bilsangiz, hech qachon och qolmaysiz.

Biz har kuni qiymat almashinuvida yashaymiz.

Siz taksi bilan foydalanganingizda, kirakash jismoniy mehnati evaziga sizga qiymat berdi, siz kitob sotib olganingizda, yozuvchi aqliy mehnati evaziga sizga qiymat berdi.

Siz esa ularga pul qiymatida javob qaytarasiz. 

Har qanday daromad qiymatga bog‘liq, uning miqdori esa qiymat noyobligiga.

Siz bera oladigan qiymatni qancha kam odam bera olsa, demak shunchalar yuqori darajadagi qiymat almashinuvida qatnashasiz.

Kirakash 1 soat mehnatiga 10$ daromad qilsa, kvant muhandisi 10 barobar qilishi mumkin.

Hammasi qiymat noyobligiga taqaladi.

Agarda kvant fizikani tushunadiganlar, kirakashlik qilishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan teng bo‘lganida ularning daromadi bir xil bo‘lar edi.

Majoziy ma’noda albatta.


@nodirbek_abdulhaev
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maslahat oshi...

"Maslahat oshi" atrofida dabdabali to‘y, ortiqcha chiqimlar haqida emas, farzandlarimizning kelajagi, ta’lim olishi, hunar o‘rganishi haqida gaplashaylik.

@nodirbek_abdulhaev
2
Endilikda qamoqdan chiqqan shaxslarga bir martalik nafaqa toʻlanadi

“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
 
Hujjatga muvofiq, 2025-yil 1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari (2,25 million soʻm) miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali toʻlanadi.
 
Shuningdek, farmonga koʻra, 2025-yil 1-apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
 
Fevral oyi boshlarida Oʻzbekistonda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 1 ta kitob oʻqib, belgilangan imtihonni topshirsa jazo muddati 3 kungacha qisqartirilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar berilgandi.

@nodirbek_abdulhaev
👍1
#meme

Bu qarorni eshitgan mahbuslar:

Expextation😃 Reality😱

@nodirbek_abdulhaev
🤣2👍1
#news

Ispaniyada ish haqi saqlangan holda ish haftasi 40 soatdan 37,5 soatga qisqartirilmoqda

Endi ofislardan 30 daqiqa oldin ketiladi. Qonun hamma uchun, shu jumladan, xususiy biznes uchun ham majburiydir.

Qonunda boshqa yoqimli bonuslar ham bor: masalan, ish vaqtidan tashqarida ishdan kelgan xabarlarni umuman e’tiborsiz qoldirish huquqi. Kompaniyalar aldamasligi uchun ish vaqtini raqamli nazorat qilish joriy etiladi.

Bu xabarni haftasiga 6 kun ishlaydigan doʻstingizga joʻnatib qoʻying!

@nodirbek_abdulhaev