Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Audio
“Oʻylab qarasam, urush teskari haqiqat degani. Odam boʻlging kelsa — shafqatsiz boʻl. Oʻlging kelmasa — oʻldir.”
— Oʻtkir Hoshimov

Urush — bu axloq bilan emas, omon qolish bilan o‘lchanadigan dunyo.
Bu yerda haqiqat — teskari.
Yaxshilik qilgan yutmaydi. Kim qattiqroq bo‘lsa — o‘sha qoladi.
Urush faqat o‘q bilan emas.
Hayotning o‘zi ham ba’zida maydonga aylanadi:
– bozorda raqobat,
– internetda e’tibor uchun kurash,
– hayotda prinsiplar uchun jang.

Ba’zida eng mehribon odamlar ichkarida eng ko‘p urilgan bo‘ladi.
Ba’zida eng muvaffaqiyatli insonlar — o‘zini yo‘qotmaslik uchun yuragini sovutishga majbur bo‘lgan bo‘ladi.

Marketingda ham, biznesda ham, hayotda ham bitta haqiqat bor:
Omon qolishni istasang — o‘zingni himoya qilishni o‘rgan.
Soddalik emas, strategiya seni olib chiqadi.

Bu haqiqat qattiq. Ammo aynan shuning uchun — u rost.

@nodirbek_abdulhaev
3
“Baliq boshidan chiriydi, biznes esa o‘quvsiz rahbariyat ortidan”

Har bir muvaffaqiyatsiz biznesning ildizi — rahbariyatda. Jamoa sust ishlayaptimi? Sotuvlar pasayganmi? Tizim ishlamayaptimi? Aybni boshqalardan izlashdan oldin, o‘zimizni ko‘raylik.

Bugun to‘qimachilikda yoki ITda raqobat kuchli. Lekin ko‘p kompaniyalar oddiy sabablardan qulab tushyapti:
— Rahbar zamonaviy bozorni tushunmaydi
— Xodimlar bilan ishlashni bilmaydi
— O‘rganmaydi, o‘rgatmaydi
— Tizim emas, “kayfiyat” asosida qaror qiladi

Natijada savdo yo‘q, eksport yo‘q, mijoz yo‘q.

Liderlik — bu lavozim emas, mas’uliyat. Biz har kuni o‘qishimiz, o‘rganishimiz, yetakchi bo‘lishimiz kerak. Chunki o‘rganmagan rahbar — o‘sishga to‘siq.

Men o‘zim bu yo‘lda doim izlanaman, jamoamni o‘rgataman. Chunki bilaman: sifatli mahsulotni ishlab chiqarish oson, lekin uni bozorga chiqarish — bilim va strategiyani talab qiladi.

Sizchi? Oxirgi marta qachon o‘z ustingizda ishladingiz?

@nodirbek_abdulhaev
👍32🔥2
Audio
“Hamma onalar bir-birlariga oʻxshaydi shekilli.”
— Oʻtkir Hoshimov

Ularning qo‘li doimo issiq.
Ko‘zi – tashvishli.
Yuragi – og‘ir, ammo sabrli.
So‘zlari oddiy, ammo ularning orqasida tog‘dek mehr yotadi.

Har bir ona — o‘z farzandining baxti uchun yashaydi.
U charchaydi, lekin bildirmaydi.
O‘ksinadi, lekin o‘zini tutadi.
Ko‘zida yosh bo‘lsa ham, labida tabassum bo‘ladi.

Onalar bir-biriga o‘xshaydi, chunki hammasining yuragida bitta so‘z yashaydi — “bolam”.

Siz bugun onangizga “rahmat” dedingizmi?

@nodirbek_abdulhaev
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu insonni qancha dard bilan gapirishini qarang, shunchaki respect.

Xursand bo’lganim agar rivojlanish boshlanmaganda shunday insonlar hech qachon ommaga chiqmasdi.

“Qog’oz narxi oshganini tualet qog’ozidan bilgan insonlar - o’ylayvering ular qayeri bilan o’ylashini” - Iqtibosning eng 🔥.

@nodirbek_abdulhaev
🔥431
Audio
“Dialektika qonunlari qiziq ekan. Bugun yoʻqotasan, ertaga topasan.”
— Oʻtkir Hoshimov

Hayotda ba’zan yo‘qotish — faqat yangi imkoniyatga joy yaratishdir.
Bugun yutqazgan narsang, ertaga seni yanada kuchliroq qiladi.
Har bir xato, har bir tushkunlik, har bir muvaffaqiyatsizlik — bu faqat yangi bosqichning boshlanishi.

Balki bugun sening uchun hammasi og‘ir ko‘rinadi.
Balki harorat yuqori, va qiyinchiliklar orqasida faqat qorong‘ulikni ko‘rasan.
Lekin esingda bo‘lsin: har bir yo‘qotish, seni yangi yutuqqa olib keladi.

Bugun yo‘qotilgan narsani, ertaga topasan — yangi kuch, yangi imkoniyatlar bilan.

@nodirbek_abdulhaev
3
Bir yosh bola 6-7 sinf bolasi magazindan chiqib savol beryapti:

- Oka, nega biz damaschilarga, magazinchilarga Pul xam berib, xam Rahmat aytamiz?

Aslida mani javobim aniq, chunki bizga maxsulot beradi, shunday desam, - biz pul beramiz, dedi u.

Qisqasi sizning fikringizcha kim kimga aytishi kerak rahmatni? 😅

🔥 - sotib oluvchi
♥️ - sotuvchi
💯 - boshqa gap aytilishi kerak

@nodirbek_abdulhaev
4💯3🔥2🤔1
SENNOP usuli chindan ham 14 kun ichida “vigoraniye” (charchoq xisi) yengishga yordam berishi mumkin — uning mohiyati quyidagicha:

S (Social network) — odamlar bilan muloqot qilish miyani tiklaydi, yolg‘izlik esa uni buzadi. Hech bo‘lmasa, “o‘zingizniki” bo‘lgan 1-2 kishini toping.

E (Exercises) — jismoniy faollik, hattoki kuniga 20–30 daqiqa yurish ham kayfiyat va xotirani yaxshilaydi.

N (Novelty) — yangilik (yangi mashg‘ulot, yo‘nalish, taom) dopamin beradi va odatdagi rutinni buzadi.

N (Nature) — haftasiga kamida 1,5 soat tabiatda bo‘lish xavotir va haddan ortiq zo‘riqishni kamaytiradi.

O (Omega-3) — yog‘li kislotalar miyani “ta’mirlaydi”, kayfiyat va fikrlashni yaxshilaydi.

P (Pause) — kun davomida kichik tanaffuslar qilish kechasi uxlash kabi muhim. Shunchaki jimlikda o‘tirish ham tiklanish hisoblanadi.


Saqlaymiz va davolanishni boshlaymiz.

@nodirbek_abdulhaev
2
O’zbekiston xavosi buzilib boryapti.

Toshkentda yashash xavfli.


Andijon va Farg’onaga xam iloji boricha bormagan maqul. Namangan xozircha ideal xolatda bular bilan taqqoslaganda.

@nodirbek_abdulhaev
4
“Menga shu ruchkani soting” savolining asl maqsadi nimada?

“Uoll-strit bo‘risi” filmidagi mashhur sahnani ko‘pchilik eslaydi: bosh qahramonga “Menga shu ruchkani soting” deyishadi va u ammalaydi. Ha, ha bu zo’r!

Lekin bu savol aslida nima uchun beriladi? Bilamizmi? Menimcha yo’q.

Agar bu savolni sizga professional bo’lmagan rahbar berayotgan bo’lsa (buni aniqlash uncha qiyin emas), u Instagram’da ko’p video ko’rib yuborganidan so’rayapti 😅va u sizdan o‘sha ruchkani qanday qilib bo’lsada “zor sotishingizni” kutmoqda. Ya’ni siz uni majburan xarid qilishga undaysiz deb o‘ylaydi.

Ammo professional rahbar bu savolni boshqa maqsadda beradi — u siz savdoning mohiyatini tushunasizmi yoki yo‘qmi, shuni tekshiradi.

To‘g‘ri yondashuv quyidagicha bo’ladi, siz maxsulot sotish uchun tog’ri savol berishni bilishingiz lozim.

Masalan:
— Siz hozir ruchkangiz bormi?
— Unda qanday kamchiliklar bor?
— Ruchkani asosan nima uchun ishlatasiz?
— Ruchka sizga qancha daromad olib keladi deb o‘ylaysiz?
— Agar ruchkangiz bo‘lmasa, nima yo‘qotasiz?

Savdo qilishda eng muhim narsa — bu mijoz ehtiyojini tushunish va mahsulotning qiymatini isbotlash. Shoshilmang, avval mijozni tinglang.

@nodirbek_abdulhaev
3👍3🔥1
📝 Shunchaki g'alaba qozoning.

1. Hech kimga farqi yo‘q, faqat yutish kerak
Muvaffaqiyatga erishmaguningizcha, sa’y-harakatlar ko‘pincha sezilmaydi. Odamlarga qanchalik qiynalganingiz, necha marta uringaningiz qiziq emas, hammaga natija qiziq. G‘alaba qozonishga e’tibor qarating va qolgan hammasi o‘z o‘rniga tushadi.

2. Muvaffaqiyatsizliklaringiz uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga oling
Muvaffaqiyatsizlikda boshqalarni ayblash oson, ammo haqiqiy o‘sish o‘z xatolaringizga egalik qilish orqali keladi. Mas’uliyatni bo‘yningizga olish tashqi omillarni bahona qilmasdan, ulardan o‘rganishga va oldinga intilishga yordam beradi.

3. Kamtarlik muvaffaqiyat kalitidir
Muvaffaqiyatli odamlar nimanidir bilmasliklarini tan olishdan va yordam so‘rashdan qo‘rqishmaydi. Kamtarlik sizga tezroq o‘rganish va kuchliroq bo‘lish imkonini beradi. Manmanlik yoki ego tufayli yordamdan qochish sizni rivojlanishdan to’xtatib turadi

4. Tavakkal qilish kerak
Tavakkal qila olish muvaffaqiyatning ajralmas qismidir. Xavf-xatarlardan qochsangiz, imkoniyatlardan ham qochasiz. Maqsadingiz biznes, munosabatlar yoki yangi ko‘nikma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘sish uchun tavakkal qilish zarur.

5. Shaxsiyat idrokda emas, balki harakatlarda ildiz otishi kerak.
Shaxsiyatingizni boshqalar sizni qanday ko‘rishiga bog‘lamang. Sizning haqiqiy shaxsiyatingiz boshqalarning fikrlari yoki umidlaridan emas, balki harakatlaringiz va qilayotgan ishlaringizdan kelib chiqishi kerak. Tashqi sharoitlar o‘zgarganda, sizning shaxsiyatingiz o‘zgarmasligi kerak.

6. Yordam so’rang va boshqalardan o‘rganing
Bormoqchi bo‘lgan joyingizda bo‘lganlardan yo‘l-yo‘riq so‘rashdan tortinmang. Boshqalarning tajribasidan o‘rganish o‘rganish uzoqni yaqin qiladi. Siz har qanday odamdan, uning mavqei va malakasidan qat’i nazar, har doim qimmatli narsalarni o‘rganishingiz mumkin.

7. Har bir muvaffaqiyatsizlik sizni kuchliroq qiladi
Har qanday qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlik sizni kuchliroq qilish salohiyatiga ega, xuddi "Griffindor" qilichi kabi, u faqat o‘zini kuchliroq qiladigan narsani oladi. Qiyinchiliklarni qabul qiling va ularga bardoshli bo‘lish va kuchliroq bo‘lish imkoniyati sifatida qarang.

@nodirbek_abdulhaev
4👍1🔥1
💵 Turli ilovalarning Premium xizmatlari narxi qancha?

1. YouTube – $11,99
2. Netflix – $8,99
3. Amazon – $8,99 (Prime Video)
4. Zoom Prime – $14,99
5. LinkedIn – $29,99
6. Apple Music – $10,99
7. Beeline TV VIP – 40 000 soʻm
8. TelecomTV Premium – 25 000 soʻm

— Telegram haqida batafsil:
– Oʻzbekistonda oddiy obuna:
• Bir oy uchun: 35 990 soʻm
• Bir yil uchun: 269 990 soʻm (-37,5%)

– Telegram kanalda «Giveaway» oʻtkazish orqali beriladigan Premium uchun narxlar:
• 3 oy uchun: 154 999 soʻm
• 6 oy uchun: 209 999 soʻm (-32%)
• 1 yil uchun: 379 999 soʻm (-39%)

— Telegramning xalqaro bozordagi bir oylik Premium obunasi narxi $2,99 dan $4,99 gacha oʻzgarib turadi.

@nodirbek_abdulhaev
4
Qo’shni mahalladagi mirshabning ta’ziyasiga borgan Afandi mehmonlar oldida Alpomishdan hirgoya qila boshladi.

- Afandim-afandim, ta’ziyada Qur’ondan o’qiladi, - dedi boy Afandining beliga turtib.

- Nima qilay shu mirshab Qur’on o’rganayotkanimda to’sqinlik qilgan, o’rniga Alpomishni o’rganganman, - dedi Afandi.

@nodirbek_abdulhaev
7
🔹 ESET NOD32 Antivirusni yangilash 🔹

🌐 Asosiy: https://20may.uz
🔒 Login: VICTORY
🔑 Parol: MAY

O’xshadimi? 👇 izohlarda yozib keting.

EsetNod32 yuklash 👉
O'rnatish va yangilash 👉

@nodirbek_abdulhaev
👍4
Apple telefonlarni emas, soddalik va uslubni sotadi.

Rolex soatlarni emas, maqomni sotadi.

Lego o’yinchoqlarni emas, ijodkorlikni sotadi.

Nike poyabzal emas, motivatsiya sotadi.

Amazon mahsulotni emas, qulaylikni sotadi.

Tesla kelajakni sotadi, avtomobillarni emas.

Shuning uchun agar siz muvaffaqiyatli brend bo’lish istagida bo’lsangiz, mahsulot yoki xizmatlarni emas, balki his-tuyg’ularni sotishingiz kerak.


@nodirbek_abdulhaev
4