Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Ayol kishi qanday pul topish haqida o’ylay boshlasa…

Qanday sevish haqida unuta boshlarkan..


@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥91
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Ha! Men o’zgardim.

O’z qadrimni tushuna boshladim.


@nodirbek_abdulhaev
🔥432❤‍🔥1👏1
21.05.2008 ♥️

Manchester United Chempionlar Ligasi kubogi bilan.

Bugun albatta kubok egasi bo’lamiz ♥️🔥

Qani boshlandi 🙂‍↔️

@nodirbek_abdulhaev
4
Yoshligingizda uylaning.
Chunki yoshingiz ulg’aygani sari siz dono bo’lasiz, donolar uylanmaydi.


Agata Kristi
4😁3🤔2
#challenge

📌 MAQSADLI AUDITORIYA (MA) – BU KIM?

Har bir biznes o‘z mahsulotini “hamma uchun” qilmaydi. Chunki har bir mahsulotni aynan unga muhtoj odamlar sotib oladi. Ana shu odamlar — sizning MAQSADLI AUDITORIYANGIZ, ya’ni asosiy mijozlaringiz.

🎯 MAQSADLI AUDITORIYA — bu sizning mahsulotingiz yoki xizmatingizni sotib olish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan odamlar guruhi.

MASALAN:

Agar siz bolalar kiyimi sotsangiz:
• Sizning MA — onalar va otalar, yoshi 25-45, bolalari bor, bolalar salomatligi va qulayligi ular uchun muhim.

Agar siz erkaklar kostyumi sotsangiz:
• MA — 25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, to‘ylarga, ishga yoki tadbirlarga borganida chiroyli ko‘rinishni xohlaydiganlar.

❗️NEGA MA MUHIM?

Agar siz MA ni bilmasangiz:
• Noto‘g‘ri reklama qilasiz.
• Noto‘g‘ri dizayn, narx yoki til tanlaysiz.
• Pul sarflaysiz, ammo natija bo‘lmaydi.

Ammo MA ni aniq bilsangiz:
Aynan o‘sha odamlar tilida gapirasiz.
Aynan ularga mos mahsulot, narx va taklif berasiz.
Reklama arzonroq va samaraliroq bo‘ladi.

📌 XULOSA:

Maqsadli Auditoriya — bu siz kimga sotyapsiz degan savolga aniq va tushunarli javob.

@nodirbek_abdulhaev
5👍1
Challenge boshlaymizmi?

Marketingdagi eng taniqli 25 ta terminni to’liq oddiy tilda tushuntirishga xarakat qilib ko’raman.

Kuzatib boring ♥️

Men siz bilan ♥️
Go, foydali bo’ladi 👍

@nodirbek_abdulhaev
5👍3
Erkak kishi doim o’zi bilan kurashib yashaydi:

- Tanasi uxlashni xohlaydi.
- Boshi qanday qilib pul topishni o’ylaydi.
- Yuragi oilasi bilan ko’proq vaqt o’tkazishni xohlaydi.

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥51🔥1👏1
#challenge

📌 UTP – UNIKAL SAVDO TAKLIFI

UTP degani – sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qilishini oddiy va tushunarli qilib aytish.

Bu sizning asosiy afzalligingiz. Xaridorni aynan sizdan sotib olishga undaydigan sabab.

🎯 UTP BU – NIMA UCHUN AYNAN SIZ?

Savol: “Nima uchun mijoz sizni tanlashi kerak?”
Javob: “Chunki bizda…”

eng yaxshi narx
faqat tabiiy material
24 soatda yetkazib beramiz
3 yoshgacha almashtirish kafolati
buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqaramiz

MISOLLAR:

👕 TIKUVCHILIK KOMPANIYASI:

“Biz 7 kun ichida sizning dizayningiz bo‘yicha 1000 dona futbolka tikib beramiz. Yetkazib berish bepul.”

👶 BOLALAR KIYIMI DUKONI:

“Bizda faqat 100% paxta kiyimlar – chaqalog‘ingiz terisi uchun xavfsiz.”

🥖 TANDIR NON:

“Har tong yangi tandirdan – 5:30 da birinchi non tayyor!”

KO‘PCHILIK QILADIGAN XATO:
• “Sifatli, tez, arzon” – bular umumiy gaplar. Barcha raqobatchilar ham shuni aytadi.
• Siz UTP ni aniqlik va foyda bilan aytishingiz kerak.

📌 XULOSA:

UTP – bu sizning reklamangizdagi asosiy gap. U orqali mijoz darrov tushunishi kerak: “Ha, aynan mana shu menga kerak!”

@nodirbek_abdulhaev
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kia K5 ni Test Drayv qilib ko’rdim.

Olishga arzirkan 🔥🔥🔥

Juda tez… 7 soniyada 100 ga chiqarkan.

@nodirbek_abdulhaev
🔥42👏1
❗️Faqatgina tirik baliqlar oqimga qarshi suzadi
Dead fish go with the flow.

Bugungi kunda har kim “trend” ortidan quvmoqda. Hammaning biznesi bir xil: reklama bir xil, mahsulot bir xil, gap-so‘zlar bir xil. Natijada esa — mijoz yo‘q, farqlanish yo‘q, o‘sish yo‘q.

Agar siz haqiqiy tadbirkor bo‘lsangiz — oqimga qarshi suzishingiz kerak.
O‘z yo‘lingizni toping.
Mijoz bilan boshqacha gaplashing.
Marketingda shaxsiy yondashuv bo‘lsin.
Sotuvda hissiyot bo‘lsin, faqat narx emas.

Esda tuting: tirik bo‘lish — o‘z gapingizni ayta olish, risk qilish, boshqalar qilmayotganini qilish. Aynan shunday yondashuv sizni bozorga olib chiqadi, mijozni jalb qiladi, brendingizni kuchaytiradi.

👉 Siz hozir tirik baliqmisiz yoki oqim bo‘ylab ketayotgan o‘lik baliqmisiz?

Fikringizni kommentda qoldiring 👇

@nodirbek_abdulhaev
🔥4👍21
#challenge

📌 SAVDO VORONKASI (VORONKA PRODAJ) – MIJOZ QANDAY QILIB SOTIB OLADI?

VORONKA degani – mijoz sizni qanday topadi, qanday qiziqadi va qanday qilib sotib oladi – shu yo‘lning bosqichma-bosqich sxemasi.

Bu savdo jarayonini tushunishga, muammoli joylarni aniqlashga va konversiyani oshirishga yordam beradi.

🔻 VORONKA NIMA UCHUN “VORONKA”?

Chunki boshida ko‘p odam kiradi, oxirida esa faqat bir qismi sotib oladi.

📶 ODDIY VORONKA MISOLI:
1. E’TIBOR (Reklama)
– Instagramda post ko‘rdi.
2. QIZIQISH (Profilga o‘tdi)
– Narx, dizayn, yetkazib berishga qaradi.
3. ISTAK (Yozdi yoki telefon qildi)
– “Menga yoqdi, bolamga mana shuni olmoqchiman.”
4. HARAKAT (Sotib oldi)
– Pul to‘ladi, buyurtma berdi.

AMALIY MISOL:

👶 BOLALAR KIYIMI DUKONI
• 10 000 odam reklama ko‘rdi →
• 2000 kishi profilga o‘tdi →
• 300 ta odam yozdi →
• 100 ta odam buyurtma berdi.

Sotuv: 100 ta
Konversiya: 1% (10 000 dan 100)

Agar siz qayerda odamlar chiqib ketayotganini bilsangiz, o‘sha joyni yaxshilaysiz.
Masalan, ko‘p odam yozadi, lekin kam sotib oladi? Balki:
• Narx tushunarli emas,
• Yetkazib berish uzoq,
• Ishonch yo‘q.


📌 XULOSA:

Voronka – bu mijozning xarid yo‘li. Kim qancha kiryapti, qancha chiqyapti – buni o‘lchab borish sizga pulingizni to‘g‘ri ishlatishga yordam beradi.

@nodirbek_abdulhaev
👍3