Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
133 subscribers
602 photos
225 videos
2 files
103 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Global iqtisodiyot inqiroz yoqasida

Aprel boshida AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trump butun dunyo davlatlariga import bojlarini e'lon qildi.

Shundan so‘ng Xitoy ham barcha AQSh mahsulotlariga 34 foizlik boj joriy qildi. Natijada investorlar iqtisodiy inqirozni kutishni boshladi va bu bozorga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

🌪 Global fond bozorlari bo‘ylab tarixdagi eng yirik qulashlar kuzatildi.

S&P 500 indeksi — eng barqaror indekslardan biri — atigi 2 kunda 10 foizdan ko‘proq pasaydi. Bunday holat tarixda atigi 4 marta sodir bo‘lgan edi:

Oktyabr, 1987 yil (Qora dushanba)
Noyabr, 2008 yil (Global moliyaviy inqiroz)
Mart, 2020 yil (COVID-19 pandemiyasi)
Aprel, 2025 yil.

Agar bugun ham S&P 500 pasayishda davom etsa va “buqa bozori”dan chiqib ketib, rasmiy 20% pasayishga kirsa, bu tarixdagi eng katta inqirozlardan biriga aylanadi.

💥 Bozordagi pasayishdan Bitcoin ham chetda qolmadi — uning narxi 74 000 dollargacha tushib ketdi. Bu 2024 yil noyabridan beri eng past ko‘rsatkich.

⚡️ Inqiroz vaqtida narxi ko‘tariladigan odatiy aktiv — oltin ham arzonlay boshladi.

Bugun AQShda Federal Reserve raisi ishtirokida yopiq tarzda tezkor yig‘ilish o‘tkazilishi e'lon qilindi.

Iqtisodiy inqirozni oldini olish uchun AQShda import bojlarini 90 kunga to‘xtatish haqida mish-mishlar tarqamoqda. Ammo Oq Uy buni rad etdi.

AQSh murosa qilishi va yechim topishi kerak. Aks holda, bu tarixdagi eng yirik inqirozlardan biriga aylanishi mumkin. Agar allaqachon aylangan bo‘lmasa.

📷: The Economist

UPD: Hozirgina Donald Trump Xitoyga qo‘shimcha 50% bojlar kiritish bilan tahdid qildi. Madness!

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#unido #yangi_hamkorlik

🗣O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi amaliy qadamlar tashlanmoqda

Avval xabar berganimizdek, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) ko‘magida amalga oshirilayotgan texnik ko‘mak loyihasi doirasida UNIDO Bosh direktori o‘rinbosari janob Siyong Zou hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Loyiha doirasida Toshkent shahri va viloyati, Samarqand, Namangan, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida joylashgan to‘qimachilik korxonalariga diagnostik tashriflar amalga oshirildi. Tashriflar davomida korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati, mavjud ehtiyojlari va o‘sish imkoniyatlari chuqur o‘rganildi.

Endilikda loyiha doirasida pilot bosqichda ishtirok etadigan kompaniyalar-benefitsiarlar tanlab olinadi. Ushbu kompaniyalar uchun birgalikdagi (kollektiv) o‘quv dasturi, shuningdek, har bir korxona ehtiyojiga moslashtirilgan individual o‘quv va ko‘mak dasturi ishlab chiqiladi. Bu dasturlar fashion dizayn, marketing, menejment, shuningdek zaruratga qarab boshqa tegishli yo‘nalishlar — masalan, mahsulot sifatini nazorat qilish, eksport-yoritish strategiyasi, barqaror ishlab chiqarish va boshqa sohalarni ham qamrab oladi.

Bundan tashqari, tanlab olingan kompaniyalar asosida xalqaro bozorlarda yagona formatda ishtirok etish imkonini beruvchi “umbrella brand” konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu brend ostida benefitsiar kompaniyalar xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar va konferensiyalarda birgalikda qatnashadi va o‘z mahsulotlarini jahon bozorida ilgari suradi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parvo qilma, bilmaganni bildiramiz
Paymonasi to’lmaganni to’ldiramiz
Bir zamonlar otar edik, osar edik
Endi esa majlis qilib o’ldiramiz.

Abdulla Oripov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozircha 1:0 yutyapmiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM