NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.86K videos
191 files
6.53K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Forwarded from Sport vazirligi
#Talabalar_ligasi_final

TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIGA "START" BERILDI

24-28 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Yoshlar orasida sportni ommalashtirish maqsadida voleybol, futzal, stol tennisi, basketbol va shaxmat sport turlarida o‘tkazilayotgan liganing basketbol va shaxmat musobaqalariga Navoiy shahri mezbonlik qilayapti.

Bugun "NKMK jamg‘armasi"ga qarashli sport saroyida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan tegishli vazirliklar, oliy ta'lim muassasalari hamda Navoiy viloyati hokimligi mas'ullari respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlarga omad tilashdi.

Ayni daqiqalarda jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar davom etmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Sport #Talabalar_ligasi_final

🏅SHAXMAT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Talabalar ligasi sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.

Navoiy shahri mezbonlik qilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining shaxmat boʻyicha respublika final bosqichi Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 28 nafar sportchi: 14 nafar qiz va 14 nafar yigitlar ishtirok etgan bahslar 7 turda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni Kurbanov Abdulaziz (Toshkent shahri), 2-o‘rinni Javohir Shodiyev (Qashqadaryo viloyati) hamda 3-o‘rinni Temurbek Shernazarov (Samarqand viloyati) qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida
🥇1-o‘rin — Sitora Saparova (Toshkent shahri);
🥈2-o‘rin — Madina To‘xtayeva (Buxoro viloyati);
🥉3-o‘rin — Selbi Kakishova (Qoraqalpog’iston Respublikasi).

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube