NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.86K videos
191 files
6.53K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konimextumani
#Dxx_kubogi

Yoshlar ishlari agentligi Konimex tumani bo‘limi,. Konimex tuman BO'SM hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati hamkorligida "DXX kubogi futbol musobaqasi" Б guruh 2 tur oyinlari bo'lib o'tdi.



https://t.me/YoshlaragentligiKonimextuman
Forwarded from Umidjan___🥋👊
#DXX_kubogi

G‘ozg‘on shahrida shahar hokimligi, DXX, yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamkorligida yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha an’anaviy "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" G‘ozg‘on shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida shahar hokimi o‘rinbosari R.Shodiyev so‘zga chiqib, musobaqani ochiq deb e’lon qildi va tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklab, bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.

Keyingi navbatda namoyish etilgan turli xil chiqishlar marosimga o‘zgacha kayfiyat ulashdi...

📍G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati
#DXX_kubogi2023

DXX_KUBOGI_MUSOBAQALARINING UCHQUDUQ_TUMAN_BOSQICHIGA START BERILDI.

Uchquduq tumanidagi Yoshlar o'rtasida sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha "Davlat_xavfsizlik_xizmati_kubogi" tuman bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ramziy ma’nodagi musobaqalarning ochilish marosimida dastlab Uchquduq tuman hokimi Xamroyev Soli Farmonovich so‘zga chiqib, musobaqani ochib berdi.Tadbirda Uchquduq tuman DXX boshlig‘i, tuman sektor rahbarlari va Uchquduq tuman sport maktabi direktori, Yoshlar ishlari agentligi, XTB bo‘limi boshliqlari ham musobaqa ishtirokchilariga zafarlar yor bo‘lishini tilab qoldilar.

telegram| instagram| facebook| youtube|web site
#DXX_kubogi2023

Navoiy shahridagi "Yoshlik" o‘yingohida yoshlar o'rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha an’anaviy "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Ramziy ma'nodagi musobaqalarning ochilish marosimida
Dastlab Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Y. Dushanov so'zga chiqib, musobaqani ochiq deb e'lon qildi va ishtirokchilarni tabriklab, bo'lib o'tadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.

Tadbirda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i E.Urunov, shahar hokimi M.Egamqulov,Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i U.Baxromov ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqa Navoiy viloyati hokimligi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

telegram| instagram| facebook| youtube|web site
#DXX_kubogi2023

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Raisi kubogining Nurota tumani bosqichi start berildi.

Nurota tumani sektorlari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisi kubogining sektor bosqichiga start berildi.

Musobaqada tuman hokimi A.Fayziyev, tuman DXX boshligʻi A.Qudratov, sektor rahbarlari,tuman Sport maktabi Yoshlar Agentligi tuman boʻlimi hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

telegram| instagram| facebook| youtube|web site
Forwarded from Xudoyqulov Olimjon
#Live

🏆NAVBAHOR Tumani
#DXX KUBOGI
#Yoshlar Ishlari Agentligi #MINI FUDBOL SEKTOR BOSQICHI.

Joriy yilning 18 - aprel kuni⚽️ Navbahor tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida 16-30 yoshli yigitlar o‘rtasida sportning mini futbol yo‘nalishi bo‘yicha "DXX  kubogi" uchun  4- sektor mahalla yoshlari o‘rtasida bellashuvning sektor bosqichi bòlib òtdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_KUBOGI

⚽️Yoshlar oʻrtasida sportning futbol va mini futbol turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Raisi Kubogi Navbahor tumani 3-sektor bosqichi oʻyinlari davom etmoqda.

🏆Musobaqada 11 ta mahalla jamoalari gʻoliblik uchun kuch sinashdilar. Shuningdek musobaqada 1-2-oʻrinni egallagan jamoalar keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritadilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#DXX_Kubogi

📍Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan DXX kubogining Respublika bosqichi bahslarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha G‘ozg‘on shahri "Tumar" mahallasi jamoasi ishtirok etib, viloyatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Bugun, 19-avgust kuni o‘tkazilgan musobaqaning 1-tur bahslarida "Tumar" mahallasi yoshlari Andijon viloyati yoshlaridan tashkil topgan "Toptiq" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
#DXX_KUBOGI
#RESPUBLIKA_BOSQICHI

Ayni kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan DXX kubogining Respublika bosqichi bahslarida ayollar o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha Xatirchi tumanidagi "Jaloyir" mahallasi qizlaridan tashkil topgan jamoa ishtirok etib, viloyatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Bugun, 20-avgust kuni o'tkazilgan musobaqaning 2-tur o'yinlarida "Jaloyir" mahallasi yoshlari Xorazm viloyati yoshlaridan tashkil topgan "Yangi bog" jamoasiga qarshi g'oliblik uchun maydonda tushdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarning yakuniga ko'ra, jamoalar 1:1 natijani qayt etdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
#DXX_KUBOGI
#RESPUBLIKA_BOSQICHI

Toshkent shahrida o'tkazilayotgan DXX kubogining Respublika bosqichi musobasiqaning bugungi 3-tur o'yinlarida "Jaloyir" mahallasi yoshlari Andijon viloyati jamoasiga qarshi g'oliblik uchun maydonda tushdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarning yakuniga ko'ra, jamoalar 1:1 natijani qayt etdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube