NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.86K videos
191 files
6.53K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
#sport_sinovlari

Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar oʻrtasida "Jismoniy tayyorgarlik" darajasi sport sinovlari belgilangan grafikka muvofiq fakultetlarda davom etmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#sport_sinovlari

Talabalar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutining 11 ta fakultetlarida ham jismoniy tayyorgarlik sinovlari belgilangan reja-grafikka muvofiq davom etmoqda.

Talabalar 100, 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.

10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

Web-Sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🏃‍♀️#SPORT_SINOVLARI

22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutining 11 ta fakultetida ham jismoniy tayyorgarlik sinovlari belgilangan reja-grafikka muvofiq davom etmoqda.

Talabalar 100 va 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.

Sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🏃‍♀️
#СПОРТ_СИНОВЛАРИ

22 апрелдан 22 майга қадар 2-босқичда Олий таълим муассасалари талаба-ёшлари ўртасида жисмоний тайёргарлик синовлари ўтказилмоқда.


Навоий давлат педагогика институтининг 11 та факултетида ҳам жисмоний тайёргарлик синовлари белгиланган режа-графикка мувофиқ давом этмоқда.

Талабалар 100 ва 3 000 метр масофага югуриш, узунликка сакраш, ерга таянган ҳолда қўлларни букиб ёзиш, гимнастика ўриндиғидан оёқ тиззаларини букмай олдинга эгилиш, чалқанча ётган ҳолатдан гавдани кўтариб тушириш каби махсус талабларни бажаришмоқда.

Спорт синовлари якунида ёш тоифасига қараб иштирокчилар I, II ҳамда III даражага эга бўлишади. 10 майга қадар жами 7072 нафар талаба махсус спорт синовларини бажариши белгиланган.

👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayteke_biy
#sport_tadbirlari

Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbir doirasida Navoiy shahridagi «Sport saroyi»da yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


#Айтеке_бий
#спорт_тадбирлари

Айтеке бий таваллудининг 380 йиллигига бағишланган халқаро маданий тадбир доирасида Навоий шаҳридаги «Спорт саройи»да ёшлар ўртасида спортнинг волейбол, шахмат турлари бўйича мусобақалар ўтказилди.

Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
#sport_sinovlari

Navoiy viloyati Sport boshqarmasining va sport maktabining mas'ul xodimlari ishtirokida Karmana tumanida joylashgan Navoiy Innovatsiyalar Universitetiga tashrif buyurildi.

Asosiy ko'zlangan maqsad Universitetida tahsil olayotgan talabalarni "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari topshirish jarayonlari shuningdek, adm.sport.uz saytidan baholash va my.sport.uz sayti orqali ro‘yhatdan o‘tkazish bo'yicha Universitetning mas'ul hodimlari tomonidan targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Sport #Talabalar_ligasi_final

🏅SHAXMAT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Talabalar ligasi sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.

Navoiy shahri mezbonlik qilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining shaxmat boʻyicha respublika final bosqichi Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 28 nafar sportchi: 14 nafar qiz va 14 nafar yigitlar ishtirok etgan bahslar 7 turda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni Kurbanov Abdulaziz (Toshkent shahri), 2-o‘rinni Javohir Shodiyev (Qashqadaryo viloyati) hamda 3-o‘rinni Temurbek Shernazarov (Samarqand viloyati) qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida
🥇1-o‘rin — Sitora Saparova (Toshkent shahri);
🥈2-o‘rin — Madina To‘xtayeva (Buxoro viloyati);
🥉3-o‘rin — Selbi Kakishova (Qoraqalpog’iston Respublikasi).

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sport vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_viloyati
#Yoshlar_ishlar_agentligi #Sport_boshqarmasi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Workout
#viloyat_bosqichi

⚡️Mahalladagi yoshlar o'rtasida besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning "Street Workout" turi bo'yicha viloyat bosqichi musobaqasi 18-30 yosh toifasidagi musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa natijalariga ko'ra..

Street Workout
18-30 yosh toifasi:
🥇Bobonazarov Shaxzod (Qiziltepa t.) Xo'jaqo'rg'on "MFY"
🥈 Tuymurodov Islom (Xatirchi t.) Novja "MFY"
🥉Qalandarov Samandar (G'ozg'on) Guliston "MFY"

Musoboqa g'olib va sovrindorlariga sport boshqarmasi va Yoshlar ishlar agentligi tomonidan diplom hamda estalik sovg'alar va Respublika bosqichiga yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi.   

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёевга оммавий спорт ва олимпия ҳаракатини кенгайтиришга оид ишлар юзасидан ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о проводимой работе по развитию массового спорта и расширению олимпийского движения.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #Olimpiada

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_sinovlari

🔴Live

Ayni vaqtda Navoiy shahridagi 14-sonli maktabda mahalla tizim xodimlari hamda aholidan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.


🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZILLAR:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

📝
IMTIHON TALABLARI


Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

📝 IMTIHON TALABLARI

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Sport_sinovlari

📍Konimex tuman sport maktabida mahalla tizimi xodimlari va mahallalarda istiqomat qilayotgan aholidan ham sport sinovlari qabul qilindi.

Mahalladagi faol xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar ixtiyoriy va maxsus talablar bo'yicha o'zlarining jismoniy qobiliyatlari va harakat faolliklarini sinovdan o'tkazishdi.


💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев Олимпия шаҳарчаси қурилишини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Олимпийского городка.

#Mirziyoyev #tanishuv #sport #olimpiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт соҳасида амалга оширилаётган ишлар ва истиқболли режалар тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о проводимой работе и дальнейших планах в области спорта.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #olimpizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Sport vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Diqqat, musobaqa!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.

Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#sport

“Universiada”
sport musobaqalarining voleybol turi boʻyicha hududiy saralash boschiqi boʻlib oʻtdi

Navoiy viloyati oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada” sport musobaqalarining voleybol turi boʻyicha hududiy saralash boschiqi oʻtkazildi. Unda Navoiy davlat universiteti talabalari (yigit va qizlar) Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ustida 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Talabalarga keyingi, respublika bosqichida ham omad yor boʻlsin!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport #Motivatsiya #NavoiyFahri #Og‘irAtletika

Marjona Abdumutalova – oltin medal sohibasi! 🏋️‍♀️

Navoiy viloyati olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi, yosh va istiqbolli sportchi Marjona Abdumutalova xalqaro va milliy sport musobaqalarida ajoyib natijalarga erishmoqda.

Osiyo chempionati (Doha, Qatar, 2024): 59 kg vazn toifasida uch karra oltin medal sohibasi.
O‘zbekiston chempionati (Chirchiq, 2024): Yoshlar o‘rtasida 1-o‘rin va oltin medal.
Jahon chempionati (Lima, Peru, 2024):

🥉 Dast ko‘tarish: 82 kg – bronza medal.
🥈 Siltab ko‘tarish: 100 kg – kumush medal.
🥉 Ikkikurash: 182 kg – bronza medal.

Marjona nafaqat Navoiy, balki butun O‘zbekistonning faxri hisoblanadi. 🌟

Marjonaning g‘alabalarga yo‘g‘rilgan mashg‘ulot jarayonlaridan tayyorlangan videorolikni tomosha qilish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🎥

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
👍👍👍👍👍
#sport

MURABBIY VA SPORTCHI YOSHLAR RAGʻBATLANTIRILDI

Ma’lumki, “Navoiyazot”AJ viloyatda sportning dzyudo turini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Yoshlarning ushbu sport turiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning muntazam shugʻullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, yechimtalab masalalarni ijobiy hal etishga koʻmaklashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilyapti.

Jamiyat mutasaddilari murabbiy va dzyudochi yoshlar bilan uchrashib, ularni erishgan yutuq va natijalari bilan tabrikladilar, sovgʻalar topshirildi.

Shuningdek, sport zalidagi sharoitlar oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha galdagi vazifalar belgilandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb 90 kun
#sport_

Bugun Zarafshon shahrida " Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha Zarafshon shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Unda Zarafshon shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik S.Sh.Latipov, shahar hokimi o‘rinbosari S.Uvaytov, shahar sport maktabi direktori R.Murodov hamda sport murabbiylari va yoshlar ishtirok etdi.
⚡️Musobaqa juda qizg‘in davom etdi va faol ishtirok etgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Олимпия ва Паралимпия ўйинларига тайёргарлик бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по подготовке к Олимпийским и Паралимпийским играм.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #Olimpiada #Paralimpiada

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X