Yurtimizda yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy va texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining yunon-rum va erkin kurash yo‘nalishidagi navbatdagi mintaqaviy bosqichi Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyat sport boshqarmasi sho'ba boshlig'i U.Qahhorov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Farhod Raxmonov, shuningdek jamoatchilik vakillari, sportchi va murabbiylar qatnashdilar.
Yakunda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qorin mushaklari mashqlari
💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Web-Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
Zarafshonda “Hududiy bolalar ligasi” start oldi!
🔺 Zarafshon shahrida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida futbol bo‘yicha “Hududiy bolalar ligasi” musobaqasi boshlandi. Uchrashuvlar Zarafshon shahar sport maktabining futbol maydonida o‘tkazildi.
🔹 Musobaqada Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarining yosh futbolchilardan iborat jamoalari ishtirok etmoqda. Turnir ikki yosh toifasida tashkil etilgan bo‘lib, 2012–2013 hamda 2014–2015 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.
🔸 Dastlabki 1- va 2-tur bahslari o‘tkazildi. Liga bellashuvlari joriy yil yakuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Web-Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥2👍2