NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.57K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“MAKONDA RESPUBLIKA TURNIRI

⚡️Viloyatimizda 2011-2012, 2013-2014 hamda 2015-2016-yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasida Respublika ochiq turniri tashkil etilmoqda.

🔺Bu musobaqa futbol va mini-futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan boʻlib, futbol bellashuvlari Navoiy shahridagi “Sputnik” sport majmuasida, mini-futbol bahslari esa Karmana tumanidagi “Makon” xususiy sport majmuasida oʻtkazilmoqda.

🔸Musobaqada yurtimizning turli viloyat va shaharlaridan koʻplab jamoalar ishtirok etishmoqda va kecha musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥2👌1
Olimpiya tarixidagi eng ko‘p oltin medal yutgan sportchi kim?

Bu savolga faqat bitta ism javob bo‘la oladi — Maykl Felps 🇺🇸

🏊 Maykl Felps — amerikalik suzuvchi, sport tarixida eng ko‘p Olimpiya medallari sohibi. U o‘z faoliyati davomida 28 ta Olimpiya medali qo‘lga kiritgan, shundan:
🥇 23 ta oltin
🥈 3 ta kumush
🥉 2 ta bronza

📍 U 2004, 2008, 2012 va 2016 yillardagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan. Ayniqsa, 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Felps 8 ta oltin medal yutib, bir Olimpiya o‘yinida eng ko‘p oltin medal olgan sportchi sifatida tarixga kirdi!

🏆 Uning suzishdagi asosiy yo‘nalishlari:
• 100m / 200m butterfly (kapalak uslubi)
• 200m freestyle
• 200m / 400m individual medley
• Estafeta musobaqalari (jamoa bilan)

🔆 Maykl Felps nafaqat rekordchi, balki sportga bo‘lgan fidoyiligi, mehnatsevarligi va ruhiy tayyorgarligi bilan ham millionlab insonlarga motivatsiya manbai bo‘ldi.



♻️Sizningcha, bu rekordni biror sportchi sindira oladimi?
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇


💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💼Navoiyda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari davom etmoqda

Bugun Navoiy viloyati Zarafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining taekvondo (WTF) yo‘nalishi bo‘yicha mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish marosimida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Farhod Raxmonov, sport murabbiylari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqada Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlaridan kelgan yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
Toshkentda CAVA U-16 va U-19 xalqaro voleybol musobaqalari yakunlandi

⚡️2025-yil 9–16-iyun kunlari Toshkent shahridagi "Jar" sport-sog‘lomlashtirish markazi yana bir bor yirik xalqaro sport musobaqasiga mezbonlik qildi. Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan tashkil etilgan U-16 va U-19 yosh toifalari o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha xalqaro turnir bugun o‘z yakuniga yetdi.

🔺Musobaqada 5 davlat – Eron, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi. Har ikki yosh toifasida jami 130 nafardan ortiq sportchi bellashdi.

🔺O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada har ikkala toifada ikki nafardan jamoa bilan qatnashdi.

U-16 natijalari:

🥇 1-o‘rin – Eron terma jamoasi
🥈 2-o‘rin – Qozog‘iston terma jamoasi
🥉 3-o‘rin – O‘zbekiston terma jamoasi

U-19 natijalari:

🥇 1-o‘rin – Eron terma jamoasi
🥈 2-o‘rin – O‘zbekiston terma jamoasi
🥉 3-o‘rin – Hindiston terma jamoasi


🔹Musobaqa davomida bir qator sportchilar individual nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandi.

🔸 Yopilish marosimida CAVA rasmiylari, O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi vakillari, xorijiy mehmonlar, sport tashkilotlari, OAV vakillari hamda sportchilar ishtirok etdilar. Tantanali nutqlarda musobaqaning yoshlar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

CAVA U-16 va U-19 musobaqalari sportiy raqobat bilan birga do‘stlik, madaniy almashinuv va mintaqaviy birdamlik ruhida o‘tdi. Bu turnir yurtimizda sportni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🔻 “Yangi O‘zbekiston – sportchilar yurti” tamoyili ostida sport sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

💠U-16 yosh toifasida Navoiy viloyatidagi NOPSTTMning 8-sinf o‘quvchilari – Davlat Ibodullayev, Akbar Musayev va Abdujalil Qarshiboyev muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

💠 U-19 toifasida esa markaz bitiruvchilari – Amirbek Narzullayev va Elbek Safarov g‘olib va sovrindorlar safidan munosib o‘rin egallashdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
SPORT – G’IYOHVANDLIKKA QARSHI KUCHLI QALQON!

Sport – bu sog‘lom hayot, intizom, maqsad sari intilish va g‘alaba ruhi!
Sportchi – bu jismonan kuchli, ma’nan pok, iroda va sabr timsoli.

Bugun dunyo bo‘ylab millionlab yoshlarni halokat yo‘liga boshlayotgan eng xavfli illatlardan biri bu – giyohvandlik. U nafaqat inson salomatligini yemiradi, balki orzu-umidlarni, kelajakni, jamiyatni yo‘q qiladi.

Shunday vaqtda biz – sportchilar, sog‘lom hayot tarafdorlari, giyohvandlikka qarshi qat’iy turamiz!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥛Nega issiq kunlarda qatiq ichish kerak.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Diyor 24" | Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha "Dolzarb 90 kun" tadbirlari.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Universitetida "Ayollar Kurashi" Yoʻnalishi Ochildi.

Hozirgi kunda ayollar sportiga, xususan, ayollar kurashiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor hamda keng jamoatchilikning talab va istaklarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Universitetida joriy 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab "Ayollar kurashi" alohida taʼlim yoʻnalishi tashkil etildi.

Ushbu yangi yoʻnalishga bakalavriat taʼlim dasturi boʻyicha qabullar davom etmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DOLZARB 90 KUN!
#yoshlar oyligi

Tumanda WORKOUT


❇️Bugun Turko MFY hududiga qarashli 5-maktab Workout maydonchasida yoshlarning ta’til vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari hamda oʻz salohiyatlarini oshirishlariga koʻmaklashish maqsadida, “Dolzarb 90-kunlik” tadbirlari doirasida Turko, Saydato, Istiqbol hamda Oqmachit MFY yoshlar oʻrtasida na’munali tarzda “Workout” musobaqasi oʻtkazildi.
🔰Ushbu tadbirlar doirasida 35-nafardan ziyodroq sportchilar ishtirok etib, yakunda gʻoliblar nomi aniqlandi.
Musobaqa soʻngida gʻolib va sovrindorlar estalik sovgʻa, diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

Rejalar doirasida tadbir va musobaqalar davom etmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2