NamMTI | Rasmiy kanali
3.84K subscribers
22.3K photos
1.34K videos
69 files
5.45K links
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali

nammti.uz
fb.com/nammtiuz
instagram.com/nammtiuz
x.com/nammtiuz
youtube.com/c/nammtiuz

Murojaat va takliflar uchun:
@murojaat24s_bot

Bank rekvizitlari:
t.me/nammtiuz/174
Download Telegram
NamMTIda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan sport musobaqalari boshlandi

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqalar boshlandi.

Turnir avvalida Iqtisodiyot va Muhandislik-texnologiya fakulteti dekanlari barcha sportsevarlarni samimiy qutladi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Mazkur kichik turnirda barcha fakultetlardan hamda ishchi xodimlardan iborat jamoalari 1-oʻrin uchun bellashmoqdalar.

Dastlabki uchrashuvda Iqtisodiyot hamda Muhandislik-texnologiya fakultetlarining jamoalari oʻzaro bahslarga kirishdilar.

Musobaqalar davom etmoqda.

NamMTI axborot xizmati
#yoshlarittifoqi #koordinatorlar

Namangan davlat universitetida vodiy oliy ta'lim muassasalaridagi talaba-yoshlar uchun “Do'stlik”forumi o'tkazildi

"Do'stlik” forumida Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar ittifoqi Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori Shohjahon Sultanov hamda Besh tashabbus loyihalar koordinatori Humoyunmirzo Mo'minjonov  taqdimotlar va "Zakovat-quiz" bellashuvlarida faol ishtirok etishdi.

Tashrif davomida talabalarga universitetda tashkil etilgan "Ekobog'", Til markazi, IT-park, Qalqon jamoatchilik markazi, axborot-resurs markazi faoliyati hamda talabalar tomonidan yaratilgan ko'rgazma va ilmiy ishlanmalar yaqindan tanishtirildi.

Ushbu forum talaba-yoshlarning ish faoliyati samaradorligini oshirib hamda ularning do'stlik aloqalarini mustahkamladi.

NamMTI axborot xizmati