MKBANK
11.6K subscribers
2.15K photos
283 videos
1.16K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
#motivation

⚡️ Surxondaryolik sportchining biznesi!

Bugun Sizga bankdan kredit olib, sport maydonchasini ochgan yosh tadbirkor haqida hikoya qilamiz!

Baxtiyorjon yoshlikdan sportga juda qiziqqan, biroq oilaviy yetishmovchilik sabab, professional sport bilan shug'ullana olmagan. Unda yoshlikdagi hobbisini foydali tadbirkorlik sohasiga aylantirish haqida o'ylaydi.

"Menga o'xshab bolalarda armoni bo'lmasligi uchun ham arzon, ham foydali sport markazini tashkil qilish niyati paydo bo'ldi", deydi tadbirkor.

Xullas, Baxtiyorjon bankka keladi va sport va sogʼlomlashtirish markazini tashkil etish uchun 200 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit oladi.

👉 Hozirda sherobodlik tadbirkor 200dan ortiq yoshlarga sport mashg'ulotlarini o'rgatmoqda va o'ndan ziyod yangi ish o'rinlari yaratishga ulgurdi.

Bir kun kelib Baxtiyorning sport markazida yetishgan bolalar jahon chempionatida O'zbekiston faxri bo'lishi mumkin.

Harakat qiling, bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingni_kashf_qil #mikrokreditbank
#tavsiya

Tikuvchilik biznesini yo‘lga qo‘ying

Bankdan kredit olib, uni qanday sarflash mumkinligi haqidagi tavsiyalarimizni davom ettiramiz😉.

Tikuvchilik – har qanday mavsumda o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan, doimo kerakli bo‘lgan soha. Agar Siz o‘z malakangizni biznes ochish yo‘lida sarflasangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Bu borada esa Sizga Mikrokreditbankning "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasidagi kreditlari qo‘l keladi.

👉 Bu loyihani kichik miqyosda yo‘lga qo‘yish uchun avvaliga taxminan 7 mln so‘m mablag‘ yetarli bo‘ladi (tikuv mashinasi, dazmol va boshqa xarajatlar uchun). Keyinchalik doimiy mijozlar sonini ko‘paytirib olganingizdan so‘ng faoliyatingizni yanada kengaytirib olaverasiz. Unutmang, Sizga reklama hamda sifatli xizmat ko‘rsatish tizimi katta yordam beradi.

Mikrokreditbank bilan o‘z biznesingizni rivojlantiring

#mikrokreditbank #yangi_imkoniyatlar #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube